O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Falsafa tarixida harakat haqidagi tasavvurlar



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə37/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   250
majmua

Falsafa tarixida harakat haqidagi tasavvurlar. Harakatni dialektik tushunish kurtaklariga Geraklit asarlaridayoq duch kelamiz. U olovni barcha o‘zgarishlar substansiyasi sifatida tavsiflab, birinchi moddiy asos doimo o‘zi bilan birga, ayni vaqtda, doimiy o‘zgarish holatida bo‘lishi haqidagi fikrni sodda obrazli shaklda ifodalagan. Geraklit harakatni miqdor jihatidan joydan-joyga ko‘chish sifatida emas, balki uzlukli va uzluksiz, barqaror va o‘zgaruvchan narsa va jarayonlarning o‘zaro nisbati nuqtai nazaridan tushuntirishga harakat qilgan. Antik davrdayoq Geraklit, undan keyin Epikur har qanday harakat manbaini ichki jarayonlarning qarama-qarshiligidan topgan. Ayni shu antik davrda tushunchalar mantig‘ida harakat jarayonini mantiqiy dalillar yordamida tushunib etish bilan bog‘liq qiyinchiliklar qadimgi faylasuf Zenonni mashhur aporiyalarni ta’riflashiga turtki berdi. Aporiya – muhokamalardagi ziddiyat tufayli hal etib bo‘lmaydigan yoki hal etilishi mushkul bo‘lgan holat, mantiqiy qiyinchilik, muammo. Zenonning «Axilles va toshbaqa», «Uchayotgan kamon o‘qi» kabi aporiyalari, hissiy tasavvurlarga zid o‘laroq, harakat materiyaning atributi ekanligiga shubhalanishga majbur qilgan. «Axilles va toshbaqa» aporiyasi mazmuniga ko‘ra, chopqir Axilles hayvonot olamining eng uquvsiz yuguruvchisi toshbaqani quvib boradi, deb faraz qilinadi. Bundan Zenon Axilles hech qachon toshbaqaga eta olmaydi, degan mantiqiy xulosa chiqaradi. Zenon bu aporiyasida quyidagicha fikr yuritadi: «Biror odam A nuqtadan V nuqtaga borishi lozim bo‘lsin. U V nuqtaga eta oladimi?» Zenon bu savolga yo‘q, deb javob qiladi. Chunki A nuqtadan V nuqtaga qarab yo‘l olgan odam, avvalo, shu masofaning teng yarmidan o‘tishi zarur. Bu masofaning teng yarmiga etishiuchun esa, shu yarim masofaning yana yarmini o‘tishi zarur. Yarim masofaning yarmiga etishi uchun esa, qolgan masofaning yarmidan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Xullas, oraliq masofa cheksiz miqdordagi yarim bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Cheksiz yarim bo‘laklarni bosib o‘tish uchun esa cheksiz vaqt lozim.
Hech kim cheksiz vaqt yashay olmaydi. Shunday ekan, hech qachon u A nuqtadan V nuqtaga etib bora olmaydi. Bularning hammasi harakat jarayonini formal-mantiqiy tavsiflash mushkulligini ko‘rsatadi. Ayrim faylasuflar Zenon aporiyalarini rad etish uchun sezgi organlariga suyanganlarida, bunda ham ancha asosli e’tirozlar topilgan. Sezgi harakatni «ko‘rishi» qadimgi falsafa vakillari – eleatlar tomonidan tan olingan, lekin aql uni «tushunish»ni xohlashi va tushuna olmasligi qayd etilgan. Aql mohiyatni, sezgilar esa hodisalar va ko‘z ilg‘aydigan narsalarni o‘rganishini hisobga olsak,eleatlar mantig‘iga ko‘ra, aynan mohiyatda harakat mavjud emas. Zenon harakatni ziddiyatsiz tarzda tavsiflash mumkin emasligini ko‘rsata olgani e’tirof etilgan. Binobarin, harakat qaramaqarshilik demakdir. Zenon aporiyalarining alohida qimmati shundaki, ular amalda mavjud qaramaqarshiliklarni ko‘rsata olgan. Balki, shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘plab qadimgi manbalarda Zenon dialektika asoschisi sifatida qayd etiladi. Zenon o‘zi asarlarini Parmenidning «Hamma narsa bir» degan shiorini «Hamma narsa ko‘pdir» degan qarama-qarshi yondashuvdan himoya qilish uchun yozganini ta’kidlagan.Harakatni o‘rganishning muhimligini barcha faylasuflar teran anglagan. Aristotel harakatni bilmaslik sabablarni bilmaslikka olib keladi, deb hisoblagan va borliqning turlari qancha bo‘lsa, harakat va o‘zgarishlarning turlari ham shuncha, deb qayd etgan. Uning fikricha, «Miqdor uchun ko‘payish va kamayish, sifat uchun – o‘zgarish, makon uchun – ko‘chib yurish, mohiyat uchun – vujudga kelish va yo‘q bo‘lish mavjud»12. Harakatning vujudga kelish, yo‘q bo‘lish, o‘zgarish,


12 Аристотель. Органон. –М.: 1990 г. с. 159Аристотель. Органон. –М.: 1990 г. с. 159
3 Forobiy // Falsafa qomusiy lug’at. –Т.: «Sharq», 2005 й. 431-b.
ko‘payish, kamayish, ko‘chib yurish kabi turlarini farqlash lozim. Ammo Aristotel jonsiz, passiv materiya konsepsiyasini rivojlantirib, pirovard natijada, muayyan birinchi harakatlantirgich – har qanday faollikning negizi sifatidagi sof shakl harakat manbaidir, degan xulosaga keldi. Binobarin, harakat materiyaning atributi emas, balki uning modusi, ayrim xossasi va belgisidir,u faqat birinchi turtki vositasida beriladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, falsafiy tafakkur rivojlanishining keyingi ancha uzoq davri mobaynida harakat materiyaning atributi sifatida qaralmadi, balki uning ayrim va qo‘shimcha xossasi hisoblandi. O‘rta asr Sharq mutafakkiri Forobiy fikricha, harakat va sukunatning ibtidosi, biron-bir narsaga yoki irodaga borib taqalmasa, uni tabiat deb atash mumkin. Harakat vaqt bilan belgilangan. Harakat ibtido va intiho bilan chegaralanmagan3. Ibn Sino fikricha, harakat vujudi mumkinning ichki mohiyatidan kelib chiqadi va osoyishtalik bilan mavjud bo‘ladi. Harakat bu ashyolar, voqealarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishdir3.
Uyg‘onish davri mutafakkirlari har qanday borliq – olamdan tortib mayda zarragacha – unga xos bo‘lgan ruh tomonidan harakatga keltiriladi, degan fikrni ilgari surdilar. Ular panpsixizm – butun olamni ilohiylashtirish ta’limotiga asoslandilar.Yangi davr mexanikasi mazkur yondashuv mutlaqo asossizligini ko‘rsatdi. Mexanika nuqtai nazaridan, biron-bir jismni harakatga keltirish uchun unga qandaydir tashqi kuch ta’sir ko‘rsatishi lozim. XVII–XVIII asrlarda mexanikaning jadal rivojlanishi, u ayrim nomexanik hodisalarni (masalan, issiqlik hodisalari, hattoki, fiziologik hodisalarni) tushuntirishda erishgan yutuqlar shunga olib keldiki, harakatga ancha tor ma’noda mexanik harakat, ya’ni makonda oddiy ko‘chib yurish sifatida qarala boshlandi. Umuman olganda, metafizik yondashuvlarning nomukammalligi so‘zning o‘z ma’nosidagi harakatni, uning alohida turi – ko‘chib yurish bilan tenglashtirish; harakatga atribut emas, balki modus sifatida qarash; birinchi turtkining zarurligiga ishonch bilan bog‘liq edi.Bunday yondashuvlarning nomukammalligini ko‘pgina mutafakkirlar tan olgan. Masalan, ingliz faylasufi Jon Toland (1670–1722) dinni tanqid qilar ekan, harakatni materiya atributi, deb hisoblaydi. U, «Men harakatni materiyaning muhim xossasi, deb bilaman. Boshqacha aytganda, o‘tkazmaslik va ko‘lamlilik materiya tabiatiga qanday xos va u bilan uzviy bo‘lsa, harakat ham materiya tabiatiga shunday xos va u bilan uzviydir. Binobarin, harakat materiya ta’rifidan uning tarkibiy qismi sifatida o‘rin olishi lozim»4, deb yozgan.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin