O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə80/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   250
majmua

Falsafa metodlari. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog‘liq. Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatga ega bo‘lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni ko‘rsatadi. Mazkur metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya va hokazolar taalluqli. Agar maxsus metodlar ob’ektning qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy usullari sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy metodlar shu ob’ektlarda namoyon bo‘ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aynan shu o‘rinda tajriba hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir metod ob’ektning alohida tomonini bilishga imkoniyat yaratadi. Falsafaning eng qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri dialektika bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik, (hozirgi zamon analitik falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa turlari ham mavjud. Endilikda turli metodlarni birlashtirish jarayoni ham ro‘y bermoqda (masalan, Gadamer germenevtikani ratsional dialektika bilan birlashtirishga harakat qiladi).
«Dialektika» (yunon. «dialektike» – «bahs», «suhbat») tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish san’ati, degan ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib, dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishga asoslanadi. Unga ko‘ra, olamda o‘z o‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon bo‘ladi.
Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risida xilma-xil qarashlar bo‘lgan. Antik davr dialektikasi sodda va stixiyali bo‘lib, asosan, hayotiy tajribaga asoslangan. O‘sha davrda «Dialektika» so‘zini birinchi bo‘lib, Suqrot (er.av. 469–399 y.) o‘z falsafiy faoliyatida qo‘llagan. Suqrot dialektikani mayevtika (harflarni yaratish san’ati) bilan taqqoslagan. Zotan, mulohaza qilish shunday dialektik usuldirki, uning natijasida raqib nutqidagi ichki ziddiyatlar ochiladi yoki fikrlash jarayonida yangi ixtilofli fikr-mulohazalar paydo bo‘ladi. Suqrot boshqalarni haqiqatni izlashga da’vat etar ekan, o‘z onasi doya Fenareti ishini davom ettirayapman, deb izohlaydi. «Dialektika» so‘zi paydo bo‘lishiga qadar antik falsafada mazmuniga ko‘ra, dialektik bo‘lgan nazariyalar shakllana boshlagan. O‘tmish mutafakkirlar o‘z vaqtida dunyoning yagona birligi sokinlik, bu bir butunlik ichida doimiy uzluksiz o‘zgarishlar, yaratish jarayoni sodir bo‘luvchi koinot haqidagi fikrlarni ilgari surganlar. Ular koinotni o‘zgaruvchanlik va barqarorlikning ziddiyati sifatida tasavvur qilganlar. Borliqning
umumiy o‘zgaruvchanligi bir narsaning ikkinchi narsaga – erning suvga, suvning havoga, havoning olovga, olovning efirga aylanishi va qayta takrorlanishi bilan xarakterlanadi, deb hisoblaganlar.
Dialektik metod yangi davrda, xususan, nemis falsafasida, ayniqsa, Kant, Fixte, SHelling va Gegel tomonidan yanada chuqurroq tahlil qilingan. YAngi davrning o‘ziga xoc xususiyati shundaki, bu davrga kelib taraqqiyotga yangicha munosabat shakllandi. Dialektik metod predmetlarda emas, balki munosabatlarda o‘z aksini topa boshladi. Bu cheksizlik haqidagi g‘oyani qayta ishlash bilan bog‘liq edi. CHeksizlik g‘oyasining yangicha talqini paradoksal nazariya shaklida namoyon bo‘ldi. Bu Kantning planetar tizimlarning tumanlikdan paydo bo‘lganligi haqidagi gipotezani yaratishi bilan bog‘liq. Bilish nazariyasida Kant ikki mulohazaning ziddiyatliligi antinomiyasini ochib tashlar ekan, bunda har ikkalasini etarli asosga ega, deb hisoblaydi. Masalan: 1. Dunyo vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega va vaqtda cheklidir. 2. Dunyo vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega emas va vaqtda cheksizdir. Kant ziddiyatlarga eskicha, ya’ni inson aqlining illyuziyasi sifatida qaraydi. U bu ziddiyatlarni yangi nazariya yaratish jarayonida kashf qiladi, biroqundan qutilish yo‘lini ko‘rsata olmaydi. Ularga aqlning xatosi sifatida qarash kerakmi? Hissiy idrok qilishda xatoga yo‘l qo‘yilar ekan, aqlning xatoligidan shubhalanish to‘g‘rimikan? – degan savollarga javob izlagan Kant aqldagi ziddiyatlarni bartaraf qilish yo‘lini topadiki, aynan shu yo‘l pozitiv dialektikaning asosi bo‘ladi. Bunda inson aqli o‘zgaruvchanligining tarixiyligi tan olinadi, aqlning xatosi esa, tarixiy asosga ega bo‘lib, u taraqqiyotning cheksizligi, bilish jarayonini to‘g‘ri tushunish qobiliyatiga ega emas. Kant dialektika metodidan yangicha foydalanish imkoniyatini ko‘rsatdi, taraqqiyot muammosini yangicha qo‘yish va hal qilish zaruriyatini e’tirof etdi. Taraqqiyotning yangi nazariyasini Kant sub’ekt aqlining dialektik xarakteri bilan bog‘laydi va sub’ektiv dialektikani asoslab beradi. Dialektika taraqqiyotining keyingi imkoniyatlari Gegel falsafasida o‘zifodasini topdi. Gegel dialektikani falsafa taraqqiyotining umumiy nazariyasi sifatida asoslab bergan. Ma’lumki, o‘rta acp ratsionalizmi tajribaning ahamiyatini va nazariyaning empirik paydo bo‘lishini tan olishi bilan xarakterlangan. Gegel fikrlari boshqacha xarakterga ega. U, falsafa o‘z xususiyatlarini asoslovchi metodga ega bo‘lmas ekan, fan bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi. Gegel dialektik metodni mukammallashtirish mumkinligini va u yagona haqiqiy metodligini ta’kidlaydi. Falsafa metodi tabiat va ruh taraqqiyotini ifodalovchi fikr harakatiga adekvat bo‘lishi lozim. Gegel o‘z metodida shunday adekvatlikka erishilganligiga ishonadi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin