O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə83/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   250
majmua

Eklektika. Eklektika hech qanday bilim faoliyati bilan bog‘lanmagan, bir-biriga zid dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg‘on aks ettiradi. U bilim tizimi rivojidagi yo‘nalish, u hech qanday yagona nazariy asosga ega emas va ba’zida ob’ektni o‘rganishning ziddiyatli jihatlarini xarakterlovchi bilim elementlaridir.Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘ldi va iqtiboslarga asoslangan o‘rta acp sxolastik bahslarida,yangi davr XV–VIII asrlar falsafiy bahslarida keng foydalanildi. U hozirgi davrda ham reklama va tashviqotda, ommaviy kommunikatsiya tizimida qo‘llanilib,inson psixikasidagi an’analar, ko‘nikmalar, intilishlarni bo‘rttiradi. Bunday usulning bema’niligini Suqrot va Aristoteldan boshlab, hozirgi davr mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni anglatmaydi. Eklektika olam, narsa va hodisalarning bir butunligini, umumiy asoslarini parchalab tashlash uslubiga tayanadi.
Sinergetika. Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo‘llanilmokda.Sinergetika so‘zi yunoncha («sinergena») bo‘lib, kelishuv, hamkorlik, o‘zaro ta’sir kabi ma’nolarni anglatadi. German Xakenning fikricha, sinergetika ko‘p qismlardan iborat bo‘lgan, o‘zaro murakkab aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o‘rganadi. Xaken fikricha, sinergetika hamkorliqdagi harakat bo‘lib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati ma’nosida talqin qilinadi. Xullas, sinergetika – olamning o‘z-o‘zini tashkil etishi, makon va vaqtda narsa va voqealarning azaliy ketma-ketligi, o‘zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat sababiy bog‘lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. Bu ta’limotni dialektika asosida shakllangan va uni to‘ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi, deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o‘laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan almashtirish lozim, deb hisoblovchilar ham yo‘q emas. Sinergetikada bifurkatsiya, fluktuatsiya, tartibsizlik, dissipatsiya, g‘alatiat traktorlar, chiziqsizlik singari tushunchalar mashhur. Ulardan tizimlar barcha turlarining, jumladan, old organizmik, organizmik, ijtimoiy, etnik, ma’naviy va boshqa tizimlarning xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin