O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə90/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   250
majmua

Madaniyat funksiyalari. Ijtimoiy hodisa sifatida madaniyat ko‘p sonli funksiyalarni bajaradi. U insonning bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi, ijtimoiy tajribani avlodlarga qoldirish va boshqa


xalqlar madaniyatini o‘zlashtirish vositasi sifatida informativ funksiyani bajaradi. Madaniyatning rivojlanishi u boshqa madaniyatlar bilan aloqa qilishini taqozo etadi.
Madaniyat normativ funksiyani ham bajaradi: u muayyan sivilizatsiyada shakllangan me’yorlarni amalga joriy etadi, shuningdek, o‘z me’yorlari va qadriyatlarini yaratib, ularni inson hayoti va faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq etadi.
Ijtimoiy-madaniy jarayonda davlat hayoti qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etadi: ideokratik, teokratik yoki siyosiy davlat boshqa-boshqa madaniy mo‘ljallarga tayanadi. Davlat o‘z negizini mustahkamlaydigan me’yorlarning ustunligini ta’minlaydi va o‘ziga tahdid solishi mumkin bo‘lgan me’yorlarni siqib chiqaradi. O‘z navbatida, madaniyat ham ijtimoiy tajribani saralash, uni ramziy tizimlarda mustahkamlashni amalga oshiradi.
Madaniyatning yana bir muhim funksiyasi insonni kamol toptirish hisoblanadi: individ madaniyatni o‘zlashtirish jarayonida shaxsga aylanadi. Madaniyat normativ tartibga solinadigan faoliyat sanalgani bois, u qadriyatlarni yaratish sohasi sifatida namoyon bo‘ladi. Madaniyat hodisalari ijtimoiy o‘zgarishlarni boshqaradi, ularni ijtimoiy muhim maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltiradi. Madaniyat qadriyatlari mazkur hamjamiyatda ijtimoiy mo‘ljal berish va tartibga solish funksiyasini bajaradi. Madaniyat ijtimoiy munosabatlar tizimiga xizmatlar ko‘rsatadi, bu erda yuz beruvchi o‘zgarishlar va siljishlarni belgilaydi va tayyorlaydi, inson xulqatvorini tartibga solishni ta’minlovchi maxsus mexanizmlarni yaratadi. Bu, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita tartibga solish bo‘lishi mumkin (huquq, axloq, taqiq). Bu, jamiyatning, u yoki bu qadriyatlari va talablarini aks ettiruvchi ba’zi bir harakatlarni bajarishni buyurish orqali amalga oshiriladigan bilvosita tartibga solish bo‘lishi ham mumkin.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin