O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
9
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press,
2014. 6b.
24
1.
Buxgalteriya hisobini qanday tarixiy zarurat vujudga keltirgan?
2.
Buxgalteriya hisobi qachon paydo bo‘lgan?
3.
Buxgalteriya hisobining rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatgan?
4.
Buxgalteriya hisobining qanday asosiy maktablari bo‘lgan va ularning
xususiyatlari qanday?
5.
Buxgalteriya hisobining: Italiya, Fransiya, Germaniya, Anglo-amerika va
Rossiya maktablarining xususiyatlari,ularning asosiy vakillari va uslubiy
ishlanmalari to‘g‘risida ma’lumot bering.
6.
Temuriylar davlatida hisob ishlari qanday bo‘lgan?
25
II-BOB. “BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASI” FANINING
PREDMETI VA METODI
2.1. Buxgalteriya hisobi nazariysi fanining predmeti va metodi
Korxona, tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini
kuzatish, boshqarish hamda nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning
mazmunida ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish yotadi. Buxgalteriya
hisobining predmeti unda hisobga olinadigan obyektlar iqtisodiy mazmuni asosida
belgilanadi.
Har bir xo‘jalik muomalasi qayd qilinishi lozim. Barcha muomalalar pul
qiymatiga ega, hamda biznes aloqalar xo‘jalik faoliyati kitobida qayd qilinishi
shart. Har bir korxona, daromadli bo‘ladimi yoki daromadsiz, o‘zlarining xo‘jalik
muomalalari qaydlariga ishonadi. Shuning uchun qaydlar ilmiy shaklda
yozilganligi muhim hisoblanadi. Xo‘jalik muomalalarini aniqlash va qayd qilish
jarayoni kitob saqlash, yuritish deb ataladi. Kitob yuritishni samarali bajarish
uchun, qaydlar guruhlanadi, jamlanadi va daromadlar hisobotida, xususiy kapital
hisobotida, balansda va pul oqimlari hisobotida, moliyaviy natijalarda maxsus
ko‘rinishda taqdim etiladi. Bu buxgalteriya hisobi deyiladi, kitob esa hisob-kitobi
deyiladi. Bu jarayonlarni boshqarib turadigan subyekt esa buxgalter deyiladi.
10
Buxgalteriyaning to‘liq ma’nosini ochib berish uchun quyidagi misollarni
ko‘rib chiqamiz.
Qayd qilish jarayoni muomalalar sodir bo‘lgandan so‘ng aniqlanib amalga
oshiriladi. Muomalalar aniq ketma-ketlik va tizimli tarzda qayd qilinadi. Qaydlar
vaqt o‘tgani sayin xronologik tarzda amalga oshirilishi kerak. Qayd qilish faoliyati
o‘z ichiga qayd qilish, tasniflash va jamlashni oladi.
Ishlab chiqarish sohasiga (moddiy ishlab chiqarish sohasi)ga moddiy
boyliklarni ishlab chiqaruvchi (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar)
hamda moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazib
berish bilan band bo‘lgan (savdo va umumiy ovqatlanish) tarmoqlari kiradi.
Buxgalteriya hisobi o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda metodlar
asosida o‘z oldidagi vazifalarni to‘la–to‘kis yechib berish uchun maxsus usullarni
o‘z ichiga oladi va bu usullar yordamida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida
o‘rganiladi.
10
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press,
2014. 3b.
26
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya
hisobida mulkchilikning har xil shakllaridagi korxonalar kapitallarining mavjudligi
va harakatini aks ettirgan holda qayd qilinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida
ularning o‘zgarishini ko‘rsatib, buxgalteriya hisobi mulkning rivojlanishini
tavsiflaydi va shu bilan birga ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab
chiqarish haqida zarur ko‘rsatkichlarni beradi.
Buxgalteriya hisobi iqtisodiyotdagi har bir korxona, tashkilot muassasa,
uyushmalarda yuritilib, ularning xo‘jalik faoliyatini to‘liq yoritib beradi. Jamlanib,
butun iqtisodiyot bo‘yicha ma’lumotlar olinadi, natijada ular faoliyati ustidan
nazorat va boshqaruv olib boriladi. Korxona, 2016-yil 13-aprelda tashkilot
muassasa, uyushmalar buxgalteriya hisobini qabul qilingan yangi tahrirdagi
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga
asoslanib olib boradi.
Korxonalar buxgalteriya hisobi shu korxonalar faoliyatini uzluksiz,
yoppasiga kuzatib, hujjatlashtirib, olingan ma’lumotlarni baholash orqali schyotlar
tizimida ikki yoqlamayozuv yordamida aks ettiradi, hamda hisob ma’lumotlari
haqiqiyligini inventarizatsiya yordamida tekshirib, aniq va to‘g‘ri hisob
ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzadi.
Xorijlik olimlar qarashlariga ko‘ra “buxgalteriya hisobi - xo‘jalik yurituvchi
subyekt faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni o‘lchash, qayta ishlash va yetkazib
berish hamda foydalanuvchilarga cheklangan resurslar bo‘yicha mavjud muqobil
yechimlardan eng maqbulini tanlash imkoniyatini yaratish tizimi”
11
hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining predmeti – korxonani xo‘jalik mablag‘lari va ularni
tashkil topish manbalarini, ularni xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib
borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda to‘liq, aniq,
to‘g‘ri aks ettirib borish hisoblanadi.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining
predmeti
-
takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va
muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati va ulardan unumli
foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.
Metod (usul, yunoncha metodos) tushunchasi ikki ma’noni bildiradi:
– ayrim voqealarni bilish o‘rganish usuli;
– alohida usul, harakat usuli yoki ko‘rinishi.
Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega. Hisob yuritish tartibini belgilab
beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos bo‘lgan usullarni
quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin:
11
B.Nidiz, H. Anderson, D. Kolduyell “Princibles of Accounting”.
27
1-jadval
Dostları ilə paylaş: |