5
I-BOB. BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASI FANIGA KIRISH
1.1.Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Buxgalteriya bu ancha yillardan beri mavjud bo‘lgan tushuncha hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi nazariyasi izchil o‘zgarishlarni,
tafakkur qilinish mavhum
bo‘lgan tushunchalarni o‘rganadi. Shunday qilib, Buxgalteriya hisobi nazariyasi
ko‘proq buxgalteriya usullari axborotlarni taqdim etish ko‘lami kabi
tushunchalarni o‘rganadi. Shuninngdek, buxgalteriya
nazariyasi oldindan sezish
uchun ham xosdir. Bu bobda biz buxgalteriya hisobi nazariyasi fanini tarixiy
ildizini bilishga harakat qilamiz. Buxgalteriya hisobi rivojlanishi AQShga borib
tarqaladi. Eramizdan oldingi arxeologlar tomonidan o‘tkazilgan arxeologik
qazishmalar har doim muvozanat dalillarni topishga harakat qilishgan. Bu esa erta
sivilizatsiyalarning ochib berishiga harakat qilgan. Arxeologik qazishmalardan shu
narsa aniq bo‘lganki, yozish, taxmin va arifmetik
hisob-kitob oldindan mavjud
bo‘lgan. Dehqonga ham ovchiga ham buxgalteriya muhim ahamiyat kasb etadi.
Arxeolog o‘rganishlar natijasida qariyb besh ming yil oldin pul muomalasi
yuzaga kelgani va shoh savdogar Ea-Nosir hisobni “yo‘qolgan savdo” deya ta’rif
bergani xabar berilgan. Yevropada 2000 yil oldin pul joriy bo‘lgan, Xitoyda
davlatni mansabdor shaxslari byudjet nazoratini amalga oshirganlar va u bilan bir
qatorda audit ham rivojlangan.
1
Buxgalteriya hisobi fan sifatida qachon shakllanganligi
shu soha vakillarini
qiziqtirishi tayin. Odatda bu borada uchta javobni uchratishimiz mumkin.
Birinchisi: buxgalteriya hisobi 3000 yil oldin odamlar jarayonlarni ro‘yxatga
olishni (natural shaklda) boshlagan paytdan boshlab;
Ikkinchisi: 500 yil oldin italyan matematigi Luka Pacholining (1445-1515
y.) “Schyotlar va yozuvlar haqida traktat” kitobining nashrdan chiqishi bilan
yuzaga kelgan;
Uchinchisi: 100 yil oldin, buxgalteriya hisobi sohasida birinchi nazariy
qarashlar paydo bo‘lgan davrdan yuzaga kelgan.
Shu sababli, bu tortishuvlar haligacha yakuniga yetmagan.
Biz uning ilk
ko‘rinishlari qachon yuzaga kelganligi haqida taxminlar asosidagina xulosa
chiqarishimiz mumkin.
Buxgalteriya hisobi fan sifatida shakllanishidagi evolyutsion jarayonning
sistematik tuzilishini quyida ko‘rishimiz mumkin:
1
“Accounting Theory” Paper-8 M. Com. (Final)Directorate of Distance EducationMaharshi Dayanand University,
2004. 23-26 b.
6
1-davr.
Naturalistik davr (ushbu davr eramizdan oldingi 4000 yildan bizning
eraning 500 yiliga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga olishi olimlar tomonidan
belgilangan). Ya’ni, bu ilk xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga
olinishi bilan
xarakterlanadi. Xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi esa yangi bir jarayonni
yuzaga keltirganki bu jarayon qiymat davriga o‘tishni belgilab bergan.
2-davr.
Qiymat davri. (bizning eraning 500 yilidan 1300 yiliga qadar
bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi). Ushbu davr pulni o‘ylab topilishi va muomala
vositasiga aylanishi bilan belgilanadi. Shu paytga qadar xo‘jalik
jarayonlari
naturada o‘lchangan bo‘lsa endilikda unga parallel ravishda qiymatda ham
baholashga o‘tildi. Qiymat ifodasini yuzaga chiqishi buxgalteriya hisobida
patrimonal va kameral hisobni shakllantirdi. Patrimonal hisobda mulkka egalik
birinchi o‘ringa qo‘yilsa, kameral hisobda uning kirimga
olinishi yoki hisobdan
chiqarilishi xarakterlangan.
Pul patrimonal hisobda qiymat o‘lchovi vositasi sifatida, komeral hisobda
to‘lov vositasi sifatida qaraladigan bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: