O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
 
 


59 
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
 
1.
“Balans” so‘zining ma’nosi nimani anglatadi? 
2.
Balans aktivi va passivining bo‘limlari nimalardan iborat? 
3.
Balansni tuzish va taqdim etish tartibi qanday? 
4.
Buxgalteriya balansi necha qismdan iborat? 
5.
Buxgalteriya balansini tuzishdagi asosiy ma’lumot manbalari.
6.
Buxgalteriya balansining aktiv qismida nimalar aks ettiriladi? 
7.
Buxgalteriya balansining passiv qismida nimalar aks ettiriladi? 
8.
Balans turlariga ta’rif bering. 
9.
Jarayonlar natijasida balansdagi o‘zgarishlar qanday aks ettiriladi? 
10.
Oylik, choraklik va yillik balanslarning o‘rni nimada? 
11.
Balansning quyidagi bo‘limlari mazmunini ochib bering: 
a) aktivning birinchi bo‘limi “Uzoq muddatli aktivlar”;
b) aktivning ikkinchi bo‘limi “Joriy aktivlar”;
с) passivning birinchi bo‘limi “O‘z mablag‘lari manbalari”; 
d) passivning ikkinchi bo‘limi “Majburiyatlar”. 
12.
Balans nima maqsadda va qanday tuziladi? 


60 
IV BOB. XO‘JALIK OPERATSIYALARIDA IKKIYOQLAMA YOZUV
 
4.1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi 
Korxonalarda ko‘p miqdorda xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lib, xo‘jalik 
mablag‘lari doimo harakatda bo‘ladi. Korxonaga rahbarlik qilish uchun xo‘jalik 
mablag‘larining harakati to‘g‘risida umumlashgan ma’lumotlarni olish talab 
qilinadi. Bunday ma’lumotlarni balans yordamida olish mumkin emas. Shuning 
uchun bu maqsadda buxgalteriya hisobining schyotlari qo‘llaniladi. 
Buxgalteriya hisobi schyotlari– mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va 
shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash 
hamda nazorat qilish usulidir. 
Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari yoki 
ularning manbalarining boshlang‘ich holati hisobga olinadi, keyingi bo‘ladigan 
joriy o‘zgarishlar o‘z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim 
turdagi aktivlar yoki passivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni istalgan paytda olish 
mumkin bo‘ladi. 
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan jadval 
shaklida bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu 
jadvalning chap qismi “Debet” (D-t), o‘ng qismi “Kredit” (K-T) deb ataladi. 
“Debet” va “Kredit” so‘zlari buxgalteriya hisobiga uning rivojlanish davri 
boshlanishida kiritilgan bo‘lib, bu so‘zlar XII asrlarda sotuvchi va bankir 
o‘rtasidagi hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan. 
“Debet” so‘zi lotincha bo‘lib “u qarzdor”, “Credit” so‘zi esa “ishondi” 
degan ma’noni bildiradi.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin