O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


 Xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
5.2. Xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari 
Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning ko‘pchilik qismi moliyaviy xo‘jalik faoliyati iqtisodiyotning qaysi 
tarmog‘iga qarashliligidan qat’iy nazar xo‘jalik hisobi tizimiga asosan ish yuritadi. 
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektlari mulklarining xarakatini 
to‘liq, yoppasiga, uzluksiz o‘z usullariga asosan hisobga olishga asoslangandir. 
Korxonalarda xo‘jalik jarayonlarini kuzatish, faoliyat moliyaviy natijasiga baho 
berish zarur bo‘lib, bu zaruriyatni amalga oshirish uchun ko‘rsatkichlardan 
foydalaniladi.
Ko‘rsatkichlar yordamida korxona biznes-rejasining bajarilishi, tovar-
moddiy zaxiralari me’yoriga, xodimlar shtat ro‘yxati va boshqa me’yoriy 
ko‘rsatkichlariga rioya etilishi shuningdek, reja (mahsulot ishlab chiqarish, tovar 
aylanishi, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa) ko‘rsatkichlar bajarilishlari 
nazorat qilinadi.
Ko‘rsatkichlar 
iqtisodiy 
mazmuniga 
ko‘ra, 
miqdoriy 
va 
sifat 
ko‘rsatkichlariga bo‘linadi.
Miqdoriy ko‘rsatkichlar korxona xo‘jalik faoliyatidagi u yoki bu jarayon 
haqidagi ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatidagi asosiy va muhim jarayonlardan biri 
sotish jarayonidir. Xo‘jalik yurituvchi subyekt iqtisodiyotning qaysi tarmog‘iga 
qarashligiga ko‘ra, sotish jarayoni ko‘rsatkichining tarkibi turlicha bo‘ladi. Sotish 


85 
jarayoni ko‘rsatkichi miqdoriga esa, xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat 
ko‘lami hamda turli ichki va tashqi omillar ta’sir etadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt 
iqtisodiyotning sanoat tarmog‘iga qarashli bo‘lsa, sotish jarayoni ko‘rsatkichi 
mazkur korxonada sotilgan tayyor mahsulotning umumiy miqdori, hamda alohida 
turlari bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Savdo korxonalarida 
sotilgan tovarlarning umumiy va alohida turlari bo‘yicha olingan miqdoriy 
ko‘rsatkich sotish jarayoni haqidagi ma’lumotni beradi. Agar korxona qurilish 
tashkiloti bo‘lsa, ushbu korxona bajargan va sotilgan ishlari qiymati mazkur 
korxona sotish jarayonining miqdoriy ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Iqtisodiyotning tarmoqlari turlicha bo‘lib, ular orasida xizmat ko‘rsatuvchi 
sohalar ham mavjud. Masalan, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, bank 
muassasalari, mehmonxonalar va hokazo. 
Mehmonxona, shifoxonalar uchun asosiy miqdoriy ko‘rsatkichlardan biri 
bo‘lib, xizmat ko‘rsatilgan mijozlar soni, oliy o‘quv yurtlari uchun esa 
tayyorlangan mutaxassislar soni hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulot (ish, xizmat) sotish 
jarayonlaridagi miqdoriy ko‘rsatkichlar nafaqat umumiy, balki mahsulot (ish, 
xizmat) alohida turlari bo‘yicha ham zarur bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlarni o‘rganish, 
tahlil etish natijasida korxonalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini yanada rivojlantirish 
imkoniyatini beruvchi ichki va tashqi omillari aniqlanadi.
Miqdoriy ko‘rsatkichlarga nafaqat sotish jarayoni ko‘rsatkichlari balki, 
ta’minot, ishlab chiqarish jarayoni ko‘rsatkichlari ham misol bo‘ladi. Ta’minot va 
ishlab chiqarish jarayonlari miqdoriy ko‘rsatkichlarining qay darajadaligi bevosita 
sotish jarayoni miqdoriy ko‘rsatkichiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin