O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


Hujjatlar va ular haqida tushuncha



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
6.1.Hujjatlar va ular haqida tushuncha 
Xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalarini nazorat qilish, kuzatish, o‘lchash 
va ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi. Kuzatish orqali korxona va 
tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatini tashkil etuvchi ko‘p sonli va turli xil faktlar 
olinadi. Bu faktlarni esa ma’lum o‘lchov birliklarida ifodalash, hamda tegishli 
ravishda guruhlarga ajratib qayd qilib borish zarur. Shu tariqa xo‘jalik faoliyatiga 
baho berish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘linadi. 
12-chizma.
Dastlabki kuzatish 
Buxgalteriya hisobi uslubi elementlaridan biri hujjatlashtirish bo‘lib, uning 
ahamiyati xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, shuningdek 
hisob ishlarini yuritish oldiga qo‘yilgan vazifa hamda talablarga javob berishda 
zaruriydir. 
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan biri 
bo‘lib, uning mazmuni xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda dastlabki qayd 
qilish va ularning haqiqatda sodir bo‘lganligini isbotlashdan iboratdir. 
Buxgalteriya hujjati - bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda 
mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini isbotlovchi, 
mas’ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan yozma guvohlikdir. Hujjatlar xo‘jalik 
muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi bilan tuzilishi va ularning 
mazmunini to‘liq aks ettirishi kerak. 
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi statistika tashkiloti ishlab chiqqan va 
tasdiqlagan maxsus blankalarda ro‘y bergan yoki sodir etilishi kerak bo‘lgan 
xo‘jalik jarayonlarini hamma rekvizitlarini aks ettirgan holda tuziladi. Bundan 
Dastlabki
kuzatish 
Hisobning maqsad va 
vazifalaridan kelib 
chiqqan holda iqtisodiy 
hodisalar faktlarini 
baholash va tanlash 
mezonlari 
Hisobda aks 
ettiriladigan 
obyektlar va 
hodisalarni bir xil 
talqin qilish 
Iqtisodiy hodisalar 
faktini kuzatish, 
o‘lchash va 
rasmiylashtirishni 
vaqt oralig‘ida 
muvofiqlashtirish 
Iqtisodiy hodisalarni, 
ularga keyinchalik 
ishlov berish uchun 
kuzatish va uzatish 
ustidan nazorat 
o‘rnatish 


104 
tashqari korxonada maxsuslashtirib ishlab chiqqan blanka shakllari ham 
qo‘llaniladi, ushbu hollarda ishlab chiqilgan blankalar shakli moliya tashkilotlari 
tomonidan tasdiqlanishi kerak. 
Hozirgi davrda korxonalar o‘z buxgalteriya hisobini yuritishda zamonaviy 
texnika vositalaridan keng foydalanmoqdalar. Bunda korxonalarga birlamchi 
hujjatlarni hamma standartlar talabiga rioya etgan holda, hisoblash texnikalari 
orqali ishlab chiqarishga ruxsat etilgan. 
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan 
belgilanadi, albatta korxona muhri, mas’ul xodimi imzosi bilan ham tasdiqlanishi 
zarur. 
Blankalarda ma’lumotlar aks ettirilish ahamiyati shundaki, avvalambor 
xo‘jalik jarayoni isbotini bersa, ikkinchidan mulkchilik saqlanishini ta’minlaydi va 
yana korxona ichki boshqaruvi uchun hamda yuqori boshqaruvi, audit nazorati, 
tekshiruvi uchun ham xizmat qiladi. Hujjatdagi ma’lumotlardan foydalanib 
korxona, muassasalar, tashkilotlar faoliyati o‘rganiladi, tahlil qilinadi, baho 
beriladi va tegishli xulosalar chiqarilib ular asosida chora-tadbirlari belgilanadi, 
tegishli qonun qoidalar qabul qilinadi va hayotga tadbiq etiladi.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin