Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash
Hujjatlarni guruhlash - bu ularni mazmuniga ko‘ra bir xil guruhlarga
to‘plashdir. U bir xil hujjatlar bo‘yicha umumiy xulosa chiqarish imkonini beradi.
Bu esa guruhlangan ma’lumotlarni ishlatishni ancha osonlashtiradi.
Guruhlashning maqsadi har xil mablag‘lar yoki manbalar bo‘yicha ma’lum
davr uchun yig‘ma (umumlashgan) ma’lumotlarga ega bo‘lishdan iborat. Shu bilan
birga dastlabki hisobni yuritish ham soddalashadi. Masalan, materiallar harakatiga
doir hujjatlar har bir nomenklatura raqamining kirimi va chiqimi bo‘yicha; kassa
hujjatlari pul mablag‘larining maqsadli tushumi va sarflanishi bo‘yicha va h.k.
guruhlanishi mumkin. Hujjatlarni guruhlash maxsus jamlovchi yoki guruhlovchi
vedomostlarda amalga oshiriladi.
Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash
Guruhlash
Taksirovka
Kontirovka
So‘ndirish
114
Jamlovchi vedomostlar dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga kelib
tushishiga qarab to‘ldiriladi. Hisobot davri oxirida ularda tegishli ko‘rsatkichlar
bo‘yicha jami hisob-kitob qilinadi. Masalan, sotilgan mahsulotlarni xaridorlar
bo‘yicha jo‘natish jamlama vedomosti.
Guruhlovchi vedomostlar buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan xo‘jalik
muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir tizimga keltirish uchun tuziladi. Ular
ma’lum belgilari bo‘yicha tanlangan hujjatlardan ma’lumotlarni o‘tkazish bilan bir
vaqtda to‘ldiriladi. Masalan, butun korxona bo‘yicha hisoblangan ish haqi va
ushlanmalar turlari bo‘yicha guruhlash vedomosti.
Hujjatlarni taksirovka qilish ularda ko‘rsatilgan natural va mehnat
o‘lchovlarini umumlashtiruvchi pul o‘lchoviga o‘tkazishni nazarda tutadi.
Agar xo‘jalik muomalasi natural o‘lchovlarda (metr, kg, dona va h.k.)
ifodalangan bo‘lsa, ularning miqdori bir birligining bahosiga ko‘paytiriladi.
Masalan, limit-zabor vedomostlarini taksirovka qilish.
Agar hujjatlarda mehnat to‘lovlari (soat, ish kuni) ko‘rsatilgan bo‘lsa, u
holda vaqt birligining qiymatiga ko‘paytiriladi. Masalan, ish vaqtini hisobga olish
tabelidagi ishlangan vaqt bo‘yicha ish haqi hisoblash. Hujjatlar taksirovka
qilingandan so‘ng aloqa qiluvchi schyotlar va xarajat moddalari bo‘yicha
kontirovka qilinishi kerak. Kontirovka qilish usullari buxgalteriya hisobining
korxonada qo‘llaniladigan shakliga bog‘liq.
Kontirovka – bu dastlabki va yig‘ma hujjatlarda xo‘jalik muomalasining
summasi debeti va krediti bo‘yicha aks ettirilishi lozim bo‘lgan schyotlarning
ko‘rsatilishi. Ushbu maqsadda ko‘pchilik dastlabki hujjatlarda maxsus joy
ajratiladi (avans hisobotida, kirim va chiqim kassa orderlarida, kassa daftarida va
b.).
Agar jamla hujjat bo‘lsa, ko‘rsatilgan yozuv uning oxirida keltiriladi.
Hujjatlarni so‘ndirish – hujjatlarda ularning ishlatilganligi to‘g‘risida
«olindi», «to‘landi» yoki «so‘ndirildi» degan shtamplarni bosish yo‘li bilan belgi
qo‘yish.
Barcha pul hujjatlari ularni qayta ishlatishning oldini olish maqsadida tezkor
tarzda so‘ndiriladi. Boshqa barcha hujjatlar ular schyotlarga yozilganidan so‘ng
adashib qayta yozish yoki qandaydir suiste’mollarning oldini olish uchun joriy
tartibda so‘ndirilishi lozim.
Agar korxonada hisobning avtomatlashtirilgan shakli qo‘llanilsa, hujjatlarni
buxgalteriyada ishlash hisob nomenklaturalarini (buxgalteriyada) tegishli xos
raqam (kod) bilan belgilash va hujjatlarni pachkalarga komplektlashdan iborat
bo‘ladi.
Qayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi lozim. Bu bilan
hujjatni yana qayta ishlashni oldi olinadi. Agar hujjat qo‘lda qayta ishlansa, hisob
115
registriga yozilgan muddati, agar qayta ishlash hisoblash qurilmasi orqali amalga
oshirilsa, ularni qayta ishlashga javobgar nazoratchi shtamp orqali belgi qo‘yadi.
Kassa jarayonlariga asos bo‘luvchi kassa kirim va chiqim orderlariga, to‘lov
vedomotslariga jarayon amalga oshirilgan zahoti qo‘lda yoki shtampda “olindi”
yoki “to‘landi” degan so‘zlar muddatni (kun, oy, yil) ko‘rsatilib aks ettirilish shart.
Buxgalteriya hisobida hujjatlar xarakati, ya’ni tashkil etish yoki boshqa
korxonalar, tashkilotlar, muassasalardan hisobga, qayta ishlashga, arxivga uzatish
uchun olinishi ro‘yxat bilan tartibga solinadi.
Hujjat aylanishi ro‘yxatini tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil etadi va
hujjat aylanishi ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ro‘yxatni tuzishdan maqsad, hisob ishlarini osonlashtirish, hujjat aylanishini
oqilona tashkil etishdan iborat. Hujjat aylanishi ro‘yxati sxema ko‘rinishida
rasmiylashtirilishi mumkin. Yoki jadval ko‘rinishida bo‘lib, quyidagi rekvizitlarga
ega bo‘ladi: hujjat nomi, hujjatni tuzish (nusxa soni, rasmiylashtiruvchi mas’ul,
bajarilishga mas’ul, bajarilish muddati) hujjatni tekshirish (tekshirishga mas’ul,
kim keltirishi, keltirish tartibi, keltirish muddati), hujjatni qayta ishlash (kim
bajarishi, qayta ishlash muddati) arxivga berish (kim beradi, berish muddati),
hamda ro‘yxatni tasdiqlash buyrig‘i tartib raqami va muddati, korxona muhri,
korxona bosh buxgalteri va rahbari imzosi .
Korxona xodimlari hujjat aylanishi ro‘yxatiga asosan, ular faoliyatiga
taalluqli hujjatlarni tuzadi va taqdim etadi. Hujjatni o‘z vaqtida to‘g‘ri to‘ldirilishi,
belgilangan, muddatda taqdim etilishi, ulardagi ma’lumotlar ishonchliligiga
javobgarlik shu hujjatni tuzgan va imzo chekkan shaxsga yuklatiladi.
Korxona bo‘yicha hujjat aylanishi ro‘yxati bo‘yicha ishlar o‘z vaqtida
bajarilishini bosh buxgalter nazorat etib boradi.
Dastlabki hujjatlar, hisob vedomostlari, buxgalteriya hisobotlari va
balanslari arxivga topshirilishi majburiydir.
Hujjatlar arxivga topshirilgunga qadar buxgalteriyada maxsus binoda yoki
korxona rahbari tayinlagan moddiy javobgar shaxs mas’ulligida bekitiladigan
shkaflarda saqlanadi.
Qat’iy hisobdagi blankalar esa, ular saqlanishini ta’minlaydigan seyflarda,
metall shkaflarda, maxsus binolarda saqlanadi. Aniq bir, hisob vedomostiga
taalluqli, joriy oyda qayta ishlangan dastlabki hujjatlar xronologik tartibda yig‘ilib
arxivga ma’lumotnoma bilan uzatiladi.
Kassa orderlari, hisobdorlik hisobotlari, bank ko‘chirmalari, ularni ilovalari
bilan birga xronologik tartibda yig‘iladi va taxlanadi. Ba’zi bir hujjatlar
taxlanmasligi mumkin, ammo ular yo‘qotilishi yoki suiiste’mollikni oldini olish
maqsadida tikib qo‘yiladi.
116
Korxona arxivida dastlabki hujjatlar, hisob registrlarini, hisobotlarni saqlash
tartibi O‘zbekiston Respublikasi arxivi bosh boshqarmasini materiallarini saqlash
ko‘rsatmasiga ko‘ra, o‘rnatiladi.
Hujjatlarni buxgalteriyadan va arxivdan boshqa tarmoq xodimlariga berilishi
korxona bosh buxgaletriya ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Korxonadan hujjatlarni faqat aniqlash dastlabki tergov, prokuratura va sud
tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilikga javob bergan hollardagi
qarorlariga asosan olinishi mumkin. Hujjat olinishi bayonnoma bilan
rasmiylashtirilib, uni bir nusxasi korxona tegishli mas’ul xodimiga imzo bilan
beriladi. Hujjat olgan tashkilot ruxsati va vakili ishtirokida, tegishli mas’ul xodim
olingan hujjatdan nusxa olishi mumkin va unda asosni ko‘rsatilishi va olingan
muddati ko‘rsatilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |