145
Hisob ishlari kompyuterlarda amalga oshiriladigan korxonalarda hisob
ma’lumotlari hisob registrlarida yoki hisoblash mashinalarini ma’lumot
tashuvchilarida saqlanadi, ya’ni masalan, disketlarda.
Buxgalter ish joylarini kompyuter bilan ta’minlanishi avtomatlashtirilgan ish
joylarini yaratilishiga asos bo‘ladi.
EHMlardan hisob ishlarida foydalanish iqtisodiy samaralar bilan birga
korxonalarda boshqarishning avtomatik tizimini yaratilishi bilan birga olib
boriladi.
Boshqarishning
avtomatik
tizimi
korxonalar
xo‘jalik
faoliyatini
boshqarishdagi vazifalar kompyuterlarni qo‘llash yordamida bajariladi.
Boshqarishning avtomatik tizimi (BAT) korxona xo‘jalik faoliyati davomida
yuzaga keladigan muammolar, vazifalarni operativ
hal etishni tegishli chora-
tadbirlar belgilanishini, qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi. Shuningdek, chora-
tadbirlarni amalga oshirilishi, qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni operativligi ham
BAT tizimi yordamida ta’minlanadi.
Buxgalteriya hisobida hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish,
natijasida vujudga kelgan, buxgalteriya hisobining jadval – avtomatlashtirilgan
shakli kompyuter dasturlaridan foydalanishga asoslangan.
Kompyuterlarni hisob ishlariga mo‘ljallangan dasturlari
hisob registrlarini
avtomatlashtirilgan tarzda tuzishga imkoniyat yaratadi.
Buxgalteriya hisobining takomillashgan avtomatlashtirilgan shaklida asosiy
bosqich buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlashdir.
Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun kompyuterga kiritilishidan oldin,
ma’lumotlar qayta ishlashga moslashtirilishi lozim.
Avtomatlashtirilgan hisob shaklida hujjatlar aylanishi ham shu shaklga
moslashgan holda tuzilishi lozim. Ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan
dasturlarni tayyorlash, ularni qo‘llashga doir texnologik va qo‘llash ko‘rsatmalari
ham ushbu shakldagi bosqichlardan hisoblanadi.
Ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma’lumotlar hisoblash markazi (HM) yoki
avtomatlashtirilgan ish joyida buxgalteriya xodimi turli mazmundagi hisob
registrlarini oladi. Dasturda ishlab chiqilganiga ko‘ra, bu hisob registrlari jurnal-
orderlar, vedomostlar, kitoblar, kartochkalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya
hisobi qaysi shaklidan
foydalanishni mustaqil ravishda belgilaydilar va bunda ular hisob-kitob ishlarini
hajmi, hisob xodimlarini soni, malakasi va boshqa omillarni e’tiborga oladilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xo‘jalik faoliyatlari hisobini yuritishda
buxgalteriya hisobining qaysi shakllaridan foydalanishlaridan qat’iy nazar,
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga va
boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga va ko‘rsatmalariga rioya etishlari shart.
146
Soddalashtirilgan shakl
Qonunchilikka binoan O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik
subyektlari quyidagi mezonlar bo‘yicha ajratiladi:
Ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni
20
kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador
bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy
ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar.
Quyidagi tarmoqlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni:
a) yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik,
yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida - 100
kishidan;
b) mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika
va kimyo sanoati,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa
sanoat-ishlab chiqarish sohalarida - 50 kishidan;
c) fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi
(sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda
boshqa, ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan sohalarda - 25 kishidan oshmagan
kichik korxonalar.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar korxonaning hisob siyosatini o‘zlarining
xo‘jalik faoliyatlari talablaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda tanlaydilar.
Buxgalteriya hisobi va hisobotlar kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan
qonunchilik asosida belgilangan yagona uslubiyat asoslariga muvofiq yuritiladi.
Hisobning soddalashtirilgan shaklda tashkil
qilinishi uchun kichik
korxonalar va
mikrofirmalar korxonalarning
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
buxgalteriya hisobining namunaviy schyotlar rejasi asosida mablag‘lar va ularning
manbalari hisobini asosiy schyotlarda yuritish imkonini beruvchi va bu orqali
umuman buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni
ta’minlash imkonini beruvchi xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi
schyotlarining qisqartirilgan ishchi rejasini tuzish huquqiga egadirlar.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi
registrlarini quyidagi talablarga rioya qilgan holda o‘z ishlari
mohiyatiga mustaqil
ravishda moslashtirib olishlari mumkin:
- yagona uslubiyat asosi (ikkiyoqlama yozuv tamoyili)ga;
- tahliliy va jamlama hisob ma’lumotlarining o‘zaro bog‘liqligiga;
- barcha xo‘jalik operatsiyalarining registrlarda yalpi aks ettirilishiga;
- hisobga olishning boshlang‘ich hujjatlari asosida hisobga olishga; xo‘jalik
faoliyatini boshqarish va nazorat qilish uchun, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni
tuzish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlar
ma’lumotlarini to‘plash va tizimlashtirishga.
147
Buxgalteriya hisobining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib barcha xo‘jalik
operatsiyalarini boshlang‘ich hisob axboroti ma’lum bir moddiy tashuvchilarining
to‘liq hujjatlashtirilishi hisoblanadi.
Hisobga olishning kelgusi bosqichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- buxgalteriya hisobi registrlarida qo‘llaniladigan boshlang‘ich hisob
hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarini qayd etish;
- moliyaviy hisobotlarni tuzish;
- buxgalteriya registrlari ma’lumotlaridan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyekt
uchun zarur bo‘lgan axborotni olish uchun foydalanish.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil ravishda ishlab
chiqiladigan boshlang‘ich hujjatlar shakllari mazkur subyekt mohiyatini aks
ettiruvchi timsollar qo‘shilgan holdagi tegishli namunaviy shakllarida ko‘zda
tutilgan majburiy rekvizitlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Shu tariqa, buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli chog‘ida
registrlarning ikkita turidan foydalanilishi mumkin:
- xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari;
- tegishli hisobga olish obyektlarining hisobga olish qaydnomalari (C-1-dan
C-11-songacha ilovalarga binoan).
Dostları ilə paylaş: