O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
 
1.
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimi 
qanday? 
2.
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 
mazmuni va ahamiyati nimadan iborat? 
3.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari nima va ularning ahamiyati 
qanday? 
4.
Nechta buxgalteriya hisobi milliy standarti mavjud va ularni qisqacha 
ta’riflang. 
5.
Korxona hisob siyosatining mazmuni nimadan iborat? 
6.
Buxgalteriya hisobining uslubiy, tashkiliy va texnik ta’minoti deganda nimani 
tushunasiz? 
7.
Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish bo‘yicha asosiy hujjatlarni 
aytib bering.
8.
Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish handay amalga oshiriladi? 
9.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish prinsiplari nimalardan iborat? 
10.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning asoslari va ahamiyati nimada? 
11.
Buxgalteriya hisobining qanday tizimlari mavjud? 
12.
Buxgalteriya xizmati qanday vazifalarni bajaradi?
13.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning qanday shakllarini 
bilasiz?
14.
Bosh buxgalterning huquqi, majburiyatlari va javobgarligi nimalardan iborat?


181 
X BOB. BUXGALTER KASBIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR 
 
10.1. Buxgalter kasbi 
Umumqabul qilingan jahon amaliyotida buxgalteriya xodimlari ikki toifaga 
bo‘linadi – buxgalter (accountant) va hisobchi (bookkeeper). Mamlakatimizda, 
MDH mamlakatlarining ko‘pchiligida bo‘lganidek, ushbu tushunchalar yahlit 
holga keltirilgan. Odatda buxgalteriya hisobi mutaxassislarining hammasini
malakasi va bajarayotgan ishi xususiyatidan qat’i nazar, buxgalter deb atashadi. 
Holbuki rivojlangan mamlakatlarda buxgalter va hisobchining malakasiga 
qo‘yiladigan talablar va ularning mehnatiga haq to‘lash ancha farqlanadi. Amerika 
Qo‘shma Shtatlarida hisobchining (buxgalteriyadagi klerk) o‘rtacha ish haqi 
soatiga 16,91 dollar yoki yiliga 35 171 dollarni tashkil etadi. Bunday ishni bajarish 
uchun oliy ma’lumot talab qilinmaydi, o‘rta maxsus ma’lumot yetarli. Ular joriy 
buxgalteriya 
yozuvlari, 
kassani 
yuritishlari 
va 
birlamchi 
hujjatlarni 
rasmiylashtirishlari shart. Ular uchun ikkiyoqlama yozuv va schyotlar asosida 
buxgalteriya provodkalarini bilish majburiy. Hisobchilar buxgalteriya dasturlarini 
bilishlari va Bosh kitobni yurita olishlari ham kerak. Mohiyatan olganda, ular 
buxgalter topshirgan ishni bajaradilar, biroq bunda moliyaviy va boshqaruv (ichki) 
hisobot shakllantiriladigan ichki hisobotlar va jadvallarni tuzish uchun yetarli 
darajada buxgalteriya bilimlari zaxirasiga ega bo‘lishlari shart. AQSh Mehnat 
statistikasi byurosining ma’lumotlariga ko‘ra 2012 yilda Amerikada qariyb 1,8 mln 
nafar hisobchi ishlagan. 2022 yilgacha bunday mutaxassislar uchun ish joylarining 
11 foiz o‘sishi kutilayapti. 
Buxgalterlarga nisbatan talablar, ularning mehnatiga to‘lanadigan haq kabi, 
ancha yuqori. O‘rta hisobda ish haqi soatiga 30,55 dollar yoki yiliga 63 550 
dollarni tashkil qiladi. Buxgalter kam deganda bakalavr diplomiga ega bo‘ladi. 
Uning vazifalariga buxgalteriya yozuvlarini tekshirish va ichki nazorat tizimini 
tashkil etish, buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish, soliq hisob-kitoblarini 
tayyorlash kiradi. Bundan tashqari, buxgalter byudjetlarni tuzish hamda moliyaviy 
ko‘rsatkichlarni yaxshilash va xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha menejment 
uchun tavsiyalar ishlab chiqish uchun javobgar bo‘ladi. 
Bunday 
mutaxassislarni 
Amerikada 
qasamyod 
qilgan 
buxgalterlar 
(auditorlarga aynan o‘xshash malakaga ega bo‘lgan), boshqaruv buxgalterlari 
(rahbariyat uchun ichki hisobotlarni tayyorlashga ixtisoslashgan), byudjet 
tashkilotlarining ichki auditorlari va buxgalterlariga bo‘ladilar. Qimmatli qog‘ozlar 


182 
va fond birjalari bo‘yicha AQSh komissiyasiga (SEC) taqdim etiladigan ommaviy 
kompaniyalar (ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari)ning moliyaviy hisobotini 
tuzishga faqat qasamyod qilgan buxgalterlar haqlidir. Ular Amerika qasamyod 
qilgan buxgalterlar institutining litsenziya yoki sertifikatiga (SRA) ega bo‘lishlari 
kerak. Litsenziya oliy ma’lumot, ish staji bo‘lganda va malaka imtihonlari 
muvaffaqiyat bilan topshirilganda beriladi. Amerikada alohida auditorlik 
litsenziyasi yo‘q, u erda qasamyod qilgan buxgalter litsenziyasi beriladi. U 
korxonada emas, balki auditorlik kompaniyasida ishlashi va auditorlik 
tekshiruvlarini o‘tkazishi mumkin. Qasamyod qilgan buxgalter, boshqalari bilan 
bir qatorda, Odob-axloq kodeksi, xususan insayderlik axborotidan foydalangan 
holda investitsiyalash bo‘yicha cheklovlar bilan bog‘langan. Tekshiruv 
o‘tkazadigan auditor bilan balansni imzolaydigan bosh buxgalter malakasi 
o‘rtasida farq yo‘q. Bunday holat bir qator rivojlangan mamlakatlarda mavjud. 
Odatda ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining ommaviy hisobotini qasamyod 
qilgan buxgalter tuzadi. 
Hisob ilmidan bexabar kishigina buxgalter kasbi bittagina kasb deyishi 
mumkin. Mutaxassislar esa ularni bajariladigan ishlarning turiga qarab bosh, 
moddiy, hisob-kitob buxgalterlari, buxgalterlarning yordamchilariga bo‘ladilar. 
Bunday taqsimlashni ish beruvchilarning ehtiyoji taqozo etadi. Bo‘sh ish 
o‘rinlarining ko‘pchiligi «bosh buxgalter» lavozimiga, eng oz talab esa «moddiy 
buxgalter» lavozimiga to‘g‘ri keladi. Yordamchilar va hisob-kitob buxgalterlari 
uchun ham ko‘p ish taklif etiladi. 
Bo‘sh ish o‘rinlariga talabgorni qidirish vaqtiga kelsak, bosh va moddiy 
buxgalterlarni yollash e’lonlari «faol» holatda bo‘ladi. Ushbu lavozimlarga ish 
tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar izlanadi, ularga katta talablar qo‘yiladi. 
Ish beruvchilar yaxshi ta’lim olmagan buxgalteriya hisobi mutaxassisi 
qanchalik xavfli ekanligini yaxshi biladilar. Avvalo noto‘g‘ri hisob soliq 
qonunchiligi talablari buzilishiga, buning oqibatida, birinchi navbatda rahbar 
javobgar bo‘lishiga olib keladi. Ayni shu sababli birinchi o‘rinda buxgalterning 
tajribasi bor-yo‘qligi baholanadi. Albatta, yoshlarni «o‘stiradigan» va talabalik 
davridan boshlang‘ich bilim beradigan tashkilotlar bor. Biroq bundaylar kam 
uchraydi, ish beruvchilar hatto «buxgalter yordamchisi» lavozimiga kechagi 
talabalar yoki kurs bitiruvchilarini olavermaydilar. Ushbu mutaxassis loaqal bir yil 
ishlashi kerak. Ish tajribasi muhim emas deb ko‘rsatadigan tashkilot juda kam. 
Bosh buxgalter lavozimiga da’vogarlardan ish tajribasi ko‘proq talab 
qilinadi: odatda shu kasbdagi staji 5 yildan oshadiganlarni olishni istaydilar. 
Kamida 3 yillik stajning bo‘lishi – ularning yordamchilari uchun mezon. Moddiy 
yo‘nalish mutaxassisiga bir yildan ko‘proq, hisob-kitob buxgalteriga 1–3 yillik 


183 
professional staji bo‘lganda e’tibor qaratishadi. Buxgalter yordamchisi qilib 
tajribasiz kishini olishlari ham mumkin, biroq loaqal 1 yillik amaliyot o‘tagan 
bo‘lishini ma’qul ko‘rishadi. 
Tajriba – ish beruvchi buxgalterlarni tanlashi uchun hisobga olinadigan 
birdan-bir mezon emas. Ma’lumoti ham muhim. Ilgari unga alohida talablar 
qo‘yishmagan, hozir esa diplomli mutaxassislarni kutadilar. Ko‘pincha ish 
beruvchilarni oliy ma’lumotli da’vogarlar qiziqtiradi (bo‘sh ish o‘rinlarining 
45,1%i). Bir ish beruvchi bo‘lg‘usi xodimda magistrlik darajasi bo‘lishi kerakligini 
qayd etgan. «Ahamiyati yo‘q» deganlar 29,6%ni tashkil etadi, bo‘sh ish o‘rinlari 
taklif etuvchilarning 22,5%iga o‘rta maxsus ma’lumot bo‘lishi zarur. 
Diplomi borligi uchungina buxgalterni yuqori darajadagi mutaxassis deb 
bo‘lmaydi. Ularning hammasi ham iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtidan 
kelmaydi. Shunday bo‘lsa-da, ko‘p hollarda bunday ta’lim muassasasini 
tugatmagan buxgalterlar ham tekshiruv yakunlari bo‘yicha a’lo natijalar 
ko‘rsatadilar. Mutaxassislarning ko‘pchiligi – amaliyotchilar, ko‘pincha xodimni 
tanlash chog‘ida, tajribasidan tashqari, u haqda avvalgi ish joylaridan olingan 
ma’lumotlarga ham e’tibor qaratadilar. 
Malakasini doimo oshirib boradigan, malaka sertifikatlariga ega bo‘lgan 
talabgorlarning imkoniyati ancha katta. Bugungi kunda ushbu sohada CAP/CIPA 
dasturi 
bo‘yicha 
buxgalterlar 
va 
auditorlarning 
sertifikatlanishi 
ancha 
ommalashgan. Ixtiyoriy asosda mutaxassislarni milliy sertifikatlashtirish dasturini 
barpo etish masalasi muhokama qilinayapti. O‘zbekistonda olish mumkin bo‘lgan 
sertifikatlashtirishning boshqa turlari ham mavjud. Kurs va seminarlarda ham 
malaka oshirish mumkin, ularda tarmoq va xususan buxgalteriya hisobini 
rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Shu sababli nafaqat 
mutaxassisning boshlang‘ich ma’lumoti, balki kasbda rivojlanish xohishini ham 
baholash muhimdir. 
Tarmoqda chop etilgan e’lonlarda ko‘pincha talabgorlarning yoshi 
ko‘rsatiladi. Ish beruvchilar uchun 20–50 yashar talabgorlar eng jozibali sanaladi. 
Hatto buxgalter yordamchisi lavozimiga 22 yoshli mutaxassislar uchun bo‘sh ish 
o‘rinlari kam uchraydi. Ehtimol, bunda gender masalasi rol o‘ynar, zero ushbu 
lavozimda ko‘proq ayollar ishlaydi, ular yoshroq bo‘lgan davrda ish o‘rniga oila 
to‘g‘risida ko‘proq o‘ylaydilar. Davlat organlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun ham 
talab qilinayotgan mutaxassislarning yoshi ko‘rsatilmaydi. 
Nomaqbul mutaxassisni ishga qabul qilishdan imkoni boricha xalos 
bo‘lishni xohlaydigan ish beruvchilar talabgor qanday ko‘nikma va xislatlarga ega 
bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib o‘tadilar. Nomzodning shaxsiy xislatlariga 
qo‘yiladigan eng ko‘p uchrovchi talablardan biri – zo‘riqishlarga bardoshli bo‘lish. 
Bu talabni tushunsa bo‘ladi – ish murakkab, aniqlikni talab etadi. Mutaxassisni 
batartib, kirishimli, amaliy muloqot ko‘nikmalarini egallagan shaxs sifatida 


184 
ko‘rishni xohlaydigan ish beruvchilar bor. Ehtimol, buxgalter bunday korxonada 
mijozlar bilan ham shunday muloqotda bo‘lar. Boshqalarga zararli odatlarga ega 
bo‘lganlar kerak emas – ularda chekuvchilarga o‘rin yo‘q! Yana bir talab – 
sarosimaga tushib qolmaslik talabidir. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin