O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
9
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 
2014. 6b. 


24 
 
1.
Buxgalteriya hisobini qanday tarixiy zarurat vujudga keltirgan? 
2.
Buxgalteriya hisobi qachon paydo bo‘lgan? 
3.
Buxgalteriya hisobining rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatgan? 
4.
Buxgalteriya hisobining qanday asosiy maktablari bo‘lgan va ularning 
xususiyatlari qanday? 
5.
Buxgalteriya hisobining: Italiya, Fransiya, Germaniya, Anglo-amerika va 
Rossiya maktablarining xususiyatlari,ularning asosiy vakillari va uslubiy 
ishlanmalari to‘g‘risida ma’lumot bering. 
6.
Temuriylar davlatida hisob ishlari qanday bo‘lgan? 
 
 
 


25 
 
 
II-BOB. “BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASI” FANINING 
PREDMETI VA METODI 
 
2.1. Buxgalteriya hisobi nazariysi fanining predmeti va metodi 
Korxona, tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini 
kuzatish, boshqarish hamda nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning 
mazmunida ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish yotadi. Buxgalteriya 
hisobining predmeti unda hisobga olinadigan obyektlar iqtisodiy mazmuni asosida 
belgilanadi. 
Har bir xo‘jalik muomalasi qayd qilinishi lozim. Barcha muomalalar pul 
qiymatiga ega, hamda biznes aloqalar xo‘jalik faoliyati kitobida qayd qilinishi 
shart. Har bir korxona, daromadli bo‘ladimi yoki daromadsiz, o‘zlarining xo‘jalik 
muomalalari qaydlariga ishonadi. Shuning uchun qaydlar ilmiy shaklda 
yozilganligi muhim hisoblanadi. Xo‘jalik muomalalarini aniqlash va qayd qilish 
jarayoni kitob saqlash, yuritish deb ataladi. Kitob yuritishni samarali bajarish 
uchun, qaydlar guruhlanadi, jamlanadi va daromadlar hisobotida, xususiy kapital 
hisobotida, balansda va pul oqimlari hisobotida, moliyaviy natijalarda maxsus 
ko‘rinishda taqdim etiladi. Bu buxgalteriya hisobi deyiladi, kitob esa hisob-kitobi 
deyiladi. Bu jarayonlarni boshqarib turadigan subyekt esa buxgalter deyiladi.
10
Buxgalteriyaning to‘liq ma’nosini ochib berish uchun quyidagi misollarni 
ko‘rib chiqamiz.
Qayd qilish jarayoni muomalalar sodir bo‘lgandan so‘ng aniqlanib amalga 
oshiriladi. Muomalalar aniq ketma-ketlik va tizimli tarzda qayd qilinadi. Qaydlar 
vaqt o‘tgani sayin xronologik tarzda amalga oshirilishi kerak. Qayd qilish faoliyati 
o‘z ichiga qayd qilish, tasniflash va jamlashni oladi.
Ishlab chiqarish sohasiga (moddiy ishlab chiqarish sohasi)ga moddiy 
boyliklarni ishlab chiqaruvchi (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) 
hamda moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazib 
berish bilan band bo‘lgan (savdo va umumiy ovqatlanish) tarmoqlari kiradi. 
Buxgalteriya hisobi o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda metodlar 
asosida o‘z oldidagi vazifalarni to‘la–to‘kis yechib berish uchun maxsus usullarni 
o‘z ichiga oladi va bu usullar yordamida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida 
o‘rganiladi. 
10
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 
2014. 3b. 


26 
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya 
hisobida mulkchilikning har xil shakllaridagi korxonalar kapitallarining mavjudligi 
va harakatini aks ettirgan holda qayd qilinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida 
ularning o‘zgarishini ko‘rsatib, buxgalteriya hisobi mulkning rivojlanishini 
tavsiflaydi va shu bilan birga ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab 
chiqarish haqida zarur ko‘rsatkichlarni beradi. 
Buxgalteriya hisobi iqtisodiyotdagi har bir korxona, tashkilot muassasa, 
uyushmalarda yuritilib, ularning xo‘jalik faoliyatini to‘liq yoritib beradi. Jamlanib, 
butun iqtisodiyot bo‘yicha ma’lumotlar olinadi, natijada ular faoliyati ustidan 
nazorat va boshqaruv olib boriladi. Korxona, 2016-yil 13-aprelda tashkilot 
muassasa, uyushmalar buxgalteriya hisobini qabul qilingan yangi tahrirdagi 
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga 
asoslanib olib boradi. 
Korxonalar buxgalteriya hisobi shu korxonalar faoliyatini uzluksiz, 
yoppasiga kuzatib, hujjatlashtirib, olingan ma’lumotlarni baholash orqali schyotlar 
tizimida ikki yoqlamayozuv yordamida aks ettiradi, hamda hisob ma’lumotlari 
haqiqiyligini inventarizatsiya yordamida tekshirib, aniq va to‘g‘ri hisob 
ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzadi. 
Xorijlik olimlar qarashlariga ko‘ra “buxgalteriya hisobi - xo‘jalik yurituvchi 
subyekt faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni o‘lchash, qayta ishlash va yetkazib 
berish hamda foydalanuvchilarga cheklangan resurslar bo‘yicha mavjud muqobil 
yechimlardan eng maqbulini tanlash imkoniyatini yaratish tizimi”
11
hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobining predmeti – korxonani xo‘jalik mablag‘lari va ularni 
tashkil topish manbalarini, ularni xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib 
borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda to‘liq, aniq, 
to‘g‘ri aks ettirib borish hisoblanadi.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining 
predmeti

takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va 
muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati va ulardan unumli 
foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.
 
Metod (usul, yunoncha metodos) tushunchasi ikki ma’noni bildiradi: 
– ayrim voqealarni bilish o‘rganish usuli; 
– alohida usul, harakat usuli yoki ko‘rinishi. 
Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega. Hisob yuritish tartibini belgilab 
beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos bo‘lgan usullarni 
quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin: 
11
B.Nidiz, H. Anderson, D. Kolduyell “Princibles of Accounting”.


27 
1-jadval 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin