O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Balans aktivi 
bo‘yicha jami 
 
 
 
Balans passivi 
bo‘yicha jami 
Buxgalteriya balansi yordamida korxona mablag‘larining joylanishi va 
ularining tashkil topish manbalarining bir-biriga tengligi ta’minlanadi, ya’ni balans 
summasi aktiv va passiv tomonlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi. 
Buxgalteriya balansi 60-yillarda aktiv va passiv tomonlari bo‘yicha besh 
bo‘limdan tashkil topgan bo‘lsa, 80-yillarda 3 bo‘limdan va hozirgi paytda ikki 
bo‘limdan iboratdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabr №140 sonli 
buyrug‘iga binoan (AV 24.01.2003 yil №1209) mulkchilik shaklidan qat’iy nazar 
tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan barcha yuridik shaxslar (bank, sug‘urta va 
byudjet tashkilotlaridan tashqari) yagona shakldagi buxgalteriya balansini 
tuzadilar. 
Balansning aktiv va passiv qismlari bo‘limlarga, bo‘limlari guruhlarga, 
guruhlari esa moddalarga bo‘linadi. Buxgalteriya balansining moddalari 
korxonaning ayrim mulk turi, uning tashkil topish manbai va majburiyatlarni 
tavsiflovchi satr ko‘rsatkichidir. Balansning aktiv va passiv qismlari ikkitadan 
bo‘limdan iborat. 
“Aktiv”- faol, amal qilish, mavjud bo‘lish degan so‘zlardan kelib chiqqan. 
Shundan kelib chiqib, aktiv deganda mablag‘lar qanday amal qilayotganligini, 


49 
ishlayotganligini ko‘rsatuvchi mablag‘lar guruhlanishini tushunish kerak. 
Aktivlar – bu oldingi amalga oshirilgan muammolarni yoki oldin sodir 
bo‘lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ulardan foydalanish 
kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir. 
Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo‘lishi kerak: 
a) kelajakdagi iqtisodiy nafni o‘zida mujassamlanishi, bevosita yoki 
bilvosita pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlarini ko‘paytirish imkoniyati; 
b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobiliyatini mujassamlash; 
c) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealarning natijasi bo‘lishi. 
“Passiv”

nofaol, xolis (betaraf) turmoq, tushuntirish kabi so‘zlarning 
ildizidan olingan. Tarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan mablag‘larga 
nisbatan, ya’ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan qo‘llanilar edi. 
Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag‘larga bo‘lgan munosabatda 
o‘zboshimchalik (bemalollik)dan o‘zini tutishi kerakligi ta’kidlangan edi. 
Keyinchalik “passiv” atamasi manbaalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan 
bo‘lib, faqat korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag‘lar turlarini 
qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo‘ldi. 
Manbaalarning tarkibiy qismini majburiyatlar tashkil etadi. Subyektning 
majburiyatlari – bu oldingi amalga oshirilgan muammolarni natijasi yoki kelajakda 
o‘zida mujassamlangan iqtisodiy nafni chiqib ketishi yoki yangi majburiyatlarni 
vujudga kelishi bilan yakunlanadi. 
Majburiyatlar uch xil xususiyatga ega bo‘lishi kerak: 
a) aktivlarni chiqib ketishi yoki xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan to‘lashni 
vujudga keltiradigan mavjud doimiy majburiyatni o‘zida mujassamlashtirishi; 
b) subyekt uchun majburiyatni bajarilishi majburiyligi; 
c) oldingi bitim yoki oldingi voqealar natijasi bo‘lishi. 
Balans ko‘rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlab olish 
mumkin. 
Xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektning 
o‘z mablag‘lari aktivlaridan 
majburiyatlarini ayirganiga teng. Buxgalteriya balansining xususiyati bo‘lib, uning 
aktiv qismi bo‘yicha umumiy summasi passiv qismi bo‘yicha umumiy summasiga 
teng kelishidir.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin