O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
kirish tugatish balansi; 

 
oraliq tugatish balansi; 

 
yakuniy tugatish balansi. 
Ularning har biri tugatilayotgan korxona mulklarini sotish mumkin bo‘lgan 
bahoda baholanib tuziladi.
Balansga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir: 

balansning to‘g‘riligi; 

balansning realligi; 

balansning yaxlitligi; 

balansning izchilligi; 

balansning tushunarliligi. 
Balansning to‘g‘riligi balansni tuzishda asoslanilgan hujjatlarning to‘laligi 
va sifati bilan ta’minlanadi. Agar hisobot davrida xo‘jalik faoliyatining barcha 
muomalalari 
o‘z vaqtida hujjatli rasmiylashtirilmagan yoki noto‘g‘ri 
rasmiylashtirilgan bo‘lsa, unda balans korxona ishining haqiqiy yakunini aks 
ettirmaydi. Buxgalteriya balansining har bir moddasi hujjatlar, buxgalteriya 
schetlaridagi yozuvlar, buxgalteriya hisob-kitoblari va inventarlash bilan 
tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Buxgalteriya balansi ma’lumotlarini qasddan buzish
niqoblash deyiladi. Balansni niqoblash qoida buzilishlarini yashirish maqsadida 
atayin va balansni tuzish bo‘yicha ayrim qoidalardan bexabarlik oqibatida 
bilmasdan qilingan bo‘lishi mumkin. 
Balansning realligi moddalar bahosining obyektiv voqelikka muvofiq 
kelishini anglatadi. Balansning “to‘g‘riligi” va “realligi” tushunchalarini bir-biriga 


57 
aralashtirmaslik kerak. Balans to‘g‘ri, ammo noreal bo‘lishi mumkin, ya’ni balans 
ma’lumotlari hujjatlar asosida tuzilgan bo‘ladi va haqiqiy mavjud mablag‘larni 
ko‘rsatadi, ammo uning ayrim moddalari real sharoitni, masalan, asosiy vositalar
ma’naviy eskirganligi, debitorlik qarzini talab qilib olib bo‘lmasligi va shu 
kabilarni ko‘rsatmaydi. 
Balansning yahlitligi balansni yagona hisobga olish va baholash tamoyillari 
bo‘yicha tuzilishini, ya’ni korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalarida va 
tarmoqlarida buxgalteriya hisobi schyotlarining bir xildagi mazmuni, ularning 
korrespondensiyasi va shu kabilar qo‘llanilishini anglatadi. 
Balansning izchilligi har bir keyingi balans oldingi balansdan kelib chiqishi 
lozimligida ifodalanadi. Masalan, oldingi yil yakuniy balansi (yil oxiriga bo‘lgan 
ma’lumotlar) yil boshiga bo‘lgan boshlang‘ich balansi ma’lumotlari bo‘lishi kerak, 
chunki hisobot yili oldingi yilning davomi hisoblanadi. 
Balansning tushunarliligi - balansni tuzuvchilar va uni o‘qiydigan hamda 
tahlil qiladiganlar tushunishi uchun qulayligidir. Balansni aniq va tushunarli qilish 
uchun moddalar rekvizitlari va nomlari ikki tilda (o‘zbek va rus tilida) bayon 
qilingan, uning shakli ancha soddalashtirilgan. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin