O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


Tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullari



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullari 
AVECO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar har birligining qiymati 
shunga o‘xshash zaxiraning davr boshida o‘rtacha o‘lchangan qiymatidan va davr 
davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash zaxira birligining 
qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar birligining qiymatini AVECO usuli bo‘yicha 
aniqlash shunga o‘xshash zaxiralar umumiy tannarhini ularning umumiy miqdoriga 
bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda umumiy tannarh mos ravishda davr boshiga 
bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va miqdori va davr davomida olingan 
Tovar-moddiy zaxiralarni 
baholash usullari 
Tegishli birligining 
identifikatsiyalangan 
tannarxi bo‘yicha 
O‘rtacha tannarxi 
bo‘yicha
(AVECO) 
Birinchi kirimga 
olingan materiallar 
tannarxi bo‘yicha 
(FIFO) 


94 
zaxiralarni tannarxi bilan miqdoridan tashkil topadi. O‘rtacha miqdor korxona 
tomonidan tanlangan usulga qarab, vaqti-vaqti bilan yoki zaxiralarning har bir 
yangi partiyasi olinishiga qarab, hisob-kitob qilinadi.
FIFO usuli – bu birinchi kirim qilingan baho bo‘yicha chiqim qilish.
FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy zaxiralar 
tannarhida birinchi navbatda sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar qiymati 
olib boriladi. Tovar-moddiy zaxiralarning davr oxiridgi qiymati so‘nggi sotib 
olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarning umumiy qiymatidan iborat.
Subyektning hisob siyosatida tovar-material zaxiralarining belgilangan 
ulgurji shartnoma bahosi, haqiqiy tannarx yoki LIFO, FIFO usullarida tannarxi 
hisoblanadi. 
Agarda TMZ tegishli tannarxda hisobga olinsa shu narx bilan haqiqiy 
tannarxi o‘rtasidagi farq 1610–“Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotida hisobga 
olinadi. 
Majburiyatlar baholanishi tomonlar kelishuviga asosan, pul ko‘rinishida aks 
ettiriladi. Sud qaroriga ko‘ra, vujudga kelgan majburiyat summasi esa, sudning 
tegishli qaroriga asosan aks ettiriladi. 
Moliyaviy qo‘yilmalar joriy va bozor baholarida hisobga olinadi. 
Nomoddiy aktivlar baholanganda boshlang‘ich qiymatda bozor qiymatida, 
balans (hisob) qiymatda va hakozolarda hisobga olinadi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin