O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
5.4. Ta’minot jarayonining hisobi 
Ta’minot jarayoni korxona rejasiga asosan amalga oshiriladi. Ta’minot 
jarayoni hisobining asosiy vazifalari esa, quyidagilardan iborat:
Ta’minot haqiqiy hajmini aniqlash. Buxgalteriya hisobot davrida qabul 
qilingan mehnat buyumlarining miqdori va turi haqidagi haqiqiy ma’lumotni 
beradi. Ushbu ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida ifodalanadi. 
Buxgalteriya hisobining hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyumlari haqidagi 
ushbu ma’lumotlari yordamida, ularni har bir turlari bo‘yicha ta’minot jarayoni 
ko‘rsatkichlari umumiy bajarilishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘linadi.
Qabul qilingan mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxini hisoblash. 
Buxgalteriya hisobi mehnat buyumlari har bir turlarini tayyorlash yuzasidan 
korxonaning haqiqatdagi xarajatlarining miqdorini aniqlaydi. Bunda sotib olingan 
mehnat buyumlari tannarxining ko‘rsatkichi nafaqat xarajatlar umumiy hajmini, 
balki xarajatlarning alohida turlari ko‘rsatkichlarini ham ifodalaydi. 
Ta’minot jarayonida korxona xo‘jalik faoliyatini davomiyligi va rivojlanishi 
uchun zaruriy mablag‘lar kirim qilinadi. Sanoat korxonasini faoliyati uchun zaruriy 
mablag‘lar quyidagilardan iborat:


95 
-uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar); 
-aylanma mablag‘lar (xomashyo, materiallar, ehtiyot qismilar, pul 
mablag‘lari va boshqalar); 
Korxonalar faoliyatida quyidagi mablag‘larga ham zaruriyat tug‘iladi: -qisqa 
va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (aksiya, obligatsiya, qarzlar, depozitlar. va 
h.k.); 
Korxonalarda asosiy vositalar quyidagi usullar orqali kirim qilinadi: 
a) sotib olish; 
b) ta’sischilarning hissasi tariqasida; 
c) bepulga olish; 
d) Moliyaviy yoki operativ ijaraga olish. 
Asosiy vositalar hisobi 0100–“Asosiy vositalar” aktiv schyotda yuritiladi. 
Demak, asosiy vositalar ta’sischilardan hissa tariqasida olinsa, uning oldin 
foydalanilgani va foydalanmaganligiga qarab buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi. 
Asosiy vositalarni kirim qilish AV-1, ya’ni “Asosiy vositalarni qabul qilish-
topshirish” dalolatnomasida rasmiylashtiriladi.
Ushbu hujjatda qabul qilinayotgan asosiy vositalar bilan bog‘liq ma’lumotlar 
aks ettirilgan bo‘lib, shu ma’lumot asosida buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi.
1-misol. Yangi asosiy vositalar ta’sischilardan olindi. Boshlang‘ich qiymati 
1000000 so‘m.
Debet 0110-0190 
Kredit 4610 
2-misol. Oldin foydalanilgan asosiy vositalar ta’sischilardan hissa sifatida 
olindi.
Boshlang‘ich qiymat 1000000 so‘m.
Eskirish summasi 240000 so‘m. 
Qoldiq qiymati 760000 so‘m. 
Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatiga: 
Debet 0110-0190 1000000 so‘m. 
Kredit 4610 1000000 so‘m. 
Asosiy vositaning eskirish summasiga: 
Debet 4610 240000 so‘m. 
Kredit 0200 240000 so‘m. 
Asosiy vosita xarid qilinganda, uni sotib olish, keltirish, o‘rnatish va 
umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq hamma xarajatlar 0800–
“Kapital qo‘yilmalar” schyotida yig‘iladi, hamda asosiy vosita qiymatini 
oshiruvchi xarajatlar hisoblanadi va ushbu xarajatlar yig‘indisi asosiy vositasining 
boshlang‘ich qiymatini tashkil etadi.
3-misol. a) Kompyuter xarid qilish maqsadida “A4TECH” kompaniyasiga 


96 
to‘lov hisoblandi 500000 so‘m. 
Debet 0820 500000 so‘m. 
Kredit 6010 500000 so‘m. 
b) Transport tashkilotiga asosiy vositani keltirish yuzasidan to‘lov 
hisoblandi 20000 so‘m 
Debet 0820 20000 so‘m. 
Kredit 6990 20000 so‘m. 
c) Kompyuterni tayyor holatga keltirish yuzasidan firmaga to‘lov hisoblandi 
60,000 so‘m. 
Debet 0820 60000 so‘m. 
Kredit 6990 60000 so‘m. 
d) “TECH” firmasiga kompyuter keltirish uchun to‘lov o‘tkazildi 500.000 
so‘m.
Debet 6010 500000 so‘m. 
Kredit 5110 500000 so‘m. 
e) Transport tashkilotiga to‘lov o‘tkazildi 20000 so‘m. 
Debet 6990 20000 so‘m.
Kredit 5110 20000 so‘m. 
f) Programmalash xizmati firmaga to‘lov o‘tkazildi 60000 so‘m. 
Debet 6990 60000 so‘m. 
Kredit 5110 60000 so‘m. 
g) Asosiy vositalarni qabul qilish topshirish dalolatnomasi (AV-1) asosida 
asosiy vosita kirim qilindi.
Debet 0150 580000 so‘m. 
Kredit 0820 580000 so‘m. 
Asosiy vositalar bepul ko‘rinishida ham korxonalarda qabul qilinishi 
mumkin. Ushbu jarayon yuzasidan quyidagi xususiyatlarga e’tiborni qaratmoq 
kerak:
1. 
Asosiy vositalarni yangi va oldin foydalanganligiga; 
2. 
Asosiy vositalarni davlat yoki nodavlat korxonasiga bepul kirim 
qilinayotganligiga. 
Korxonada mehnat buyumlarining ta’minoti ham zaruriy ta’minot 
jarayonlaridan biri hisoblanadi. mehnat buyumlariga xomashyolar, materiallar, 
yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqalar misol bo‘lib, ularni xarid qilish baholari 
bilan birga tashish, keltirish, tushirish xarajatlari ham mavjudki, biz ularni 
transport-tayyorlov xarajatlari deb ataymiz. Demak, sotib olingan mehnat 
buyumlari tannarxini ularni sotib olish qiymati va tayyorlov xarajatlari yig‘inidisi 
tashkil etadi.
Mehnat buyumlari hisobi 1000–“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”da 


97 
yuritiladi. Mehnat buyumlari bilan haqiqiy ta’minotning miqdor ko‘rsatkichi ushbu 
schyotning debetida reja (shartnoma) tannarxida aks ettiriladi. Mehnat 
buyumlarining haqiqiy tannarxi sotib olish qiymati va transport tayyorlov 
xarajatlari yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Ta’minot jarayonini hisobga oluvchi schyotlar korxonaning asosiy vositalar, 
nomoddiy aktivlar, xomashyo va materiallar, yoqilg‘i, qurilish materiallari va 
o‘rnatiladigan 
asbob-uskunalar, 
ehtiyot 
qismlar 
bilan 
qay 
darajada 
ta’minlanganligi, sotib olingan, qurilgan, ishlab chiqarilgan mehnat qurollari va 
buyumlarining haqiqiy tannarxi haqida tegishli ma’lumotlar beradi va ular ustidan 
to‘la nazorat o‘rnatadi. 
Demak, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, xomashyo va materiallar, 
yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqa mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxi mol 
yetkazib beruvchilarning schyot-fakturasida ko‘rsatilgan qiymati, ta’minot 
tashkilotlariga to‘langan ustamalar, transportga yuklash va tushirish chiqimlari
tashib keltirish uchun transport tashkilotlariga to‘lovlar, mehnat buyumlarini 
tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat safari chiqimlari, ularni tashib keltirish 
yo‘lidagi tabiiy kamayish va boshqa chiqimlardan tashkil topadi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin