Buxgalteriya hisobi
– bu ichki boshqaruv va tashqi iste’molchilar uchun
joriy, yakuniy ma’lumotlarni tayyorlash, taqdim qilish maqsadida ularga uzluksiz
hamda o‘zaro bog‘liq kuzatishlar, o‘lchovlar, ro‘yxatga olish, ma’lumotlarni qayta
ishlash va korxonalar, birlashmalar, muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan
nazorat o‘rnatish tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari turli xil bo‘lgan
subyektlarning tashkil topish jarayonida ularni boshqarish, faoliyatini nazorat va
tahlil qilish; ma’muriyat tomonidan tezkor qarorlarning qabul qilinishiga asos
bo‘ladigan zarur ma’lumotlarni asosan buxgalteriya hisobi taqdim etadi.
Shu bilan birga bu fan boshqa mamlakatlar buxgalteriya hisobini yuritish
usullarining ilg‘or shakllarini iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish yo‘llarini ishlab
chiqadi va amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi.
Har bir jamiyatning ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab
chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun
kishilar ijtimoiy hayotida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni kuzatish,
jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat buyumlari, mehnat qurollarini, hamda mehnat
jarayonlarini hisobga olib borish zarur bo‘ladi.
Tovar ayirboshlash davrida iqtisodiyot hisobi ahamiyati ko‘paydi, chunki
tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalent esa
faqat hisob-kitobni tahlil etish, to‘g‘ri yurgizish orqaligina ega bo‘lishi mumkin,
7 B.Nidiz, H. Anderson, D. Kolduyell “Princibles of Accounting”
8 B.Nidiz, H. Anderson, D. Kolduyell “Princibles of Accounting”
19
ya’ni almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy
mehnat miqdorini aniqlash kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish jarayonini o‘sishi natijasida xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish
murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan iqtisodiyot
hisobi ahamiyati oshgan, jamiyatni hamma sohalarida mulklarni hisobga olish
borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan.
Xo‘jalik hisobi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) iqtisodiyot tarmoqlarida sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib
borish;
b) kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash;
c) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini
maxsus hujjatlarda qayd etish;
d) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va
guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish hamda ularga ta’sir
etish.
Xo‘jalik hisobining yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa,
tashkilot va umuman butun iqtisodiyotning iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va
kelgusidagi reja ko‘rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishini ustidan nazorat olib
borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, tashkil qilish tegishli manbalarni
o‘zgarishiga olib kelish bilan birga ularga bo‘lgan talabni o‘rganish imkonini
beradi. Bu imkoniyatni faqat hisob yuritish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.
Ishlab chiqarishni o‘sib borishi tovar ayirboshlashni kuchayishiga olib keladi.
Iqtisodiy o‘zgarishlarni o‘rganishda, mulkiy munosabatlarni tartibga
solishda hisobning o‘rni alohida bo‘lib, uning yordamida korxona mablag‘larini
to‘liqligi, boshqaruv tizimini takomillashtirishda hisob ko‘rsatkichlaridan to‘g‘ri
foydalanish,
korxona
xarajatlarini
kamaytirish,
mablag‘lardan
samarali
foydalanishga olib keladi.
Hisobni takomillashib borishiga birinchidan, ishlab chiqarishni o‘sib borishi
o‘z ta’sirini o‘tkazib borsa, ikkinchidan, boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar ham
hisobni rivojlanib borishiga asos yaratadi.
Hisob yordamida turli mulkchilikka asoslangan korxona va tashkilotlarda
amalga oshirilgan iqtisodiy jarayonlar (o‘zgarishlar) kuzatiladi.
Xo‘jalik hisobining turlarini quyidagi chizmada ko‘rishimiz mumkin:
20
1-chizma.
Dostları ilə paylaş: |