O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


 Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
7.3. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi 
Buxgalteriya hisob registrlarida ko‘rsatkichlar aks ettirilayotganda
e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato yozuvlar yozilishi 
mumkin. 
Xato yozuvlar aks ettirilgani quyidagi holatlarda aniqlanishi mumkin. 
1.
Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan.
2.
Xato yozuv noto‘g‘ri buxgalteriya provodkasi natijasida vujudga kelgan.
3.
Buxgalteriya provodkasi to‘g‘ri, ammo aks ettirilgan summa ko‘p yoki 
kam yozilgan. 
Xato yozuvni yuqorida keltirilgan qaysi holatlardan birida aniqlanganiga 
ko‘ra tuzatish yozuvlari amalga oshiriladi. 
Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud: 
1. «Korrektura» usuli. 
2. «Qizil storno» usuli. 
3. «Qo‘shimcha yozuv» usuli. 
Korrektura usuli ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga qadar 
topilgan xatolarni tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usulda noto‘g‘ri yozuv ustidan, uni 


134 
o‘qish mumkin qilib, ingichka bitta chiziq tortiladi va yuqorisiga to‘g‘ri yozuv 
yozib qo‘yiladi. Bunday tuzatish to‘g‘risida tegishli registrning bo‘sh joyiga izoh 
berilib, xatoni tuzatgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jurnal-order shaklida hisob yuritishda hisob registrlaridagi xatolar 
korrektura usuli bilan ularda hisobot oyi uchun jami chiqarilgunga qadar tuzatiladi. 
Registrlar jamlangandan so‘ng, lekin yozuvlar bosh daftarga o‘tkazilmasdan oldin, 
registrlardagi xatoni tuzatish, buning uchun belgilangan bo‘sh qator yoki grafada, 
maxsus buxgalteriya ma’lumotnomasi (spravkasi) asosida amalga oshiriladi. 
Jamlangan ma’lumotlar daftarga o‘tkazilgandan so‘ng registrlarda xatoni 
tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday vaqtda ham xatoni tuzatish maxsus 
tuziladigan buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu 
ma’lumotnomadagi yozuv Bosh daftarga alohida o‘tkaziladi. Ma’lumotnoma esa 
xato topilgan jurnal-orderga ilova qilinadi (tikib qo‘yiladi). 
Masalan: «Materiallar» hisob schyotini debeti bilan buxgalteriya hisob 
reestriga 40050 so‘m o‘rniga, 40000 so‘m yozilgan 
40000 (14.03.17) «to‘g‘rilanganligiga ishonilsin» (imzo). 
«Qizil storno» usulidan buxgalteriya provodkasi noto‘g‘ri berilganida, yoki 
ko‘p summa aks ettirilganida foydalaniladi. 
«Qizil storno» usuli yordamida xato yozuv qizil rangli siyoh orqali 
to‘g‘rilanadi. Ya’ni qizil rangda yozilgan raqam, shu raqam yozilgan oborot jami 
summasidan ayirilishi kerak. 
Qizil siyohdagi yozuv aks ettirib, xato yozuv to‘g‘rilanganidan so‘ngra, 
to‘g‘ri buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib qo‘yiladi. 
«Qizil storno» usuliga misolni keltirish orqali talabalarni, ushbu usul 
mohiyati bilan yaqindan tanishtiramiz. 
Masalan: «Asosiy ishlab chiqarish» uchun ombordan material berildi
60000 so‘m. Ushbu jarayon uchun buxgalteriya provodkasi quyidagicha bo‘ladi: 
Debet «Asosiy ishlab chiqarish» 60 000 
Kredit «Materiallar» 60 000
Buxgalteriya xodimi tomonidan esa, hisob registrlariga 600 000 so‘m aks 
ettirilgani aniqlandi. 
Xato yozuvni bir «O» raqamini o‘chirish orqali to‘g‘rilash mumkin emas. 
Demak, «qizil storno» usulidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
600 000–540 000 = 60 000 
Buxgalteriya hisob registrlariga 540 000 so‘m ortiqcha yozilganligi sababli, 
600 000 dan 540 000 ayirilishi shart. Sxema ko‘rinishida sintetik schyotlarga 
taalluqli buxgalteriya hisob registrlaridagi yozuvlar quyidagicha aks ettiriladi. 


135 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin