136
jurnal order shakli
elektron-avtomatlashtirilgan shakl
Buxgalteriya hisobi shakllari bir biridan quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farq
qiladi:
1.
Shakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra.
2.
Registrlar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra.
3.
Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra.
4.
Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra.
5.
Yozuvlarni yozish tartibi va texnika vositalarning qo‘llash tartibiga ko‘ra.
Memorial - order shakl
Amaliyotda memorial-orderlar bir turdagi bir oylik xo‘jalik muomalalari
jami bo‘yicha tuziladi. Ushbu muomalalarni rasmiylashtiradigan memorial-
orderlarga oldindan raqam berilgan bo‘ladi. Masalan, «Kassa» schyotining debeti
va u bilan korrespondensiyalanadigan schyotlarning krediti bo‘yicha muomalalarni
yozish uchun №1 memorial-order, «Kassa» schyotining krediti bo‘yicha esa №2
memorial-order tuziladi. Bunday tajriba oy davomida analitik schyotlar bo‘yicha
ularni oy oxirida sintetik schyotga birlashtiruvchi
yozuvlar bo‘yicha
rasmiylashtiradigan memorial-order raqami ko‘rsatilgan holda yozib borish
imkonini beradi.
Memorial-orderni tuzish uchun asos bo‘luvchi barcha hujjatlar unga ilova
qilinib (biriktirilib), ustiga shtamp bosish yo‘li bilan so‘ndiriladi. Ro‘yxatga
olish
daftarining jami oylik summasi sintetik schyotlar bo‘yicha oborot vedomosti
oborotlarining jami bilan taqqoslash uchun foydalaniladi. Shu bilan sintetik hisob
tomonidan xo‘jalik muomalalarining to‘liq qamrab olinishini tekshirishga
erishiladi.
Memorial-orderlar tuzilib, ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinganidan
so‘ng yozuvlar Bosh daftardagi sintetik schyotlarga o‘tkaziladi. Memorial-order
shaklining Bosh daftari ikki tomonlama yoyiq shaklga ega bo‘lib, har bir sintetik
schyot uchun alohida yoyiq ikki bet ajratiladi.
Ushbu daftarda memorial-
orderlarning yozuvlari har bir schyot bo‘yicha korrespondensiyalanuvchi schyotlar
ko‘rsatilgan holda yozilib, u yoki bu davr uchun ko‘rsatkichlarni umumlashtirish
imkonini beradi.
19-jadval
Dostları ilə paylaş: