8.2. Buxgalteriya hisobotlarini tuzish tartibi
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobotlari uchta asosiy mezon bo‘yicha
turkumlanadi:
axborotlar hajmiga ko‘ra;
tuzilish maqsadiga ko‘ra;
davriyligi bo‘yicha.
Hisobotdagi ma’lumotlar hajmiga ko‘ra xususiy hisobot va umumiy
hisobotlarga bo‘linadi.
Xususiy hisobot xo‘jalik yurituvchi subyektning bitta faoliyat uchastkasidagi
ishi to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi.
Umumiy hisobot xo‘jalik yurituvchi subyektning butun moliya-xo‘jalik
faoliyatini tavsiflaydi.
Hisobotlar tayinlanishiga ko‘ra tashqi va ichki hisobotlarga bo‘linadi.
Tashqi hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat tavsifi,
daromadliligi mulkiy hamda moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi axborotdan tashqi
foydalanuvchi-manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni axborot bilan ta’minlash
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunining 20-
moddasiga muvofiq tashqi yillik moliyaviy hisobot e’lon qilinishi lozim.
Ichki hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki ehtiyojlaridan kelib
chiqqan holda tuziladi.
Hisobot qamrab oladigan davrlar bo‘yicha davriy (joriy) va yillik
hisobotlarga bo‘linadi.
Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli organlarga topshirishidan
oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun bilan
yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan:
1 - «Korxona balansi» (1-shakl);
2 - «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» (2-shakl);
3 - «Pul oqimi to‘g‘risida hisobot» (4-shakl);
154
4 - «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot» (5-shakl).
Yuqoridagi hisobot shakllariga izohlar hisob-kitoblar va tushuntirishlar ilova
qilinadi.
Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans
bo‘lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to‘g‘risida axborot
beradi. Chunki mumkin qiymati jami ko‘rsatkichga quyidagi moddalar bo‘yicha
eskirishni chiqarib tashlab ko‘rsatiladi.
Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqalar, foyda summasi esa,
jamiga faqat hisobot davrida tasdiqlanmagan foyda hajmigina qo‘shiladi. Lekin
xo‘jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda quyidagi ko‘rsatkichlar saqlanib
kelgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda.
Shu’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo‘lgan korxonalar
konsolidallashgan (birlashgan) moliyaviy hisobot tuzadi.
Shu’ba korxonalarga qo‘yilgan qo‘yilmalar bosh korxonaning moliyaviy
hisobotida uning moliyaviy qo‘yilmalari sifatida aks ettiriladi.
Yuridik shaxslar o‘zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturaviy
bo‘linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va
boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsining konsollidatsiyalashgan
hisobotiga, albatta, qo‘shiladi.
Konsolidatsiyalashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti
andozasiga binoan tuziladi. Lekin vazirliklar, idoralar va byudjet tashkilotlari
bo‘yicha tuziladigan yig‘ma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno.
Moliyaviy hisobot yil boshidan yig‘ilib boruvchi jami bilan har chorakdan
tekshiriladi.
Byudjet muassasalari chorak va yillik hisobotlarini yuqori organi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda
topshiradi.
Ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Moliyaviy hisobot topshirish bo‘yicha boshqa
muddatlar belgilanishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi
banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi.
Ochiq tipdagi aksionerlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, fond
va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda
keltirilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini auditorlar tomonidan tasdiqlagandan so‘ng
yillik moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha,
albatta, nashr etishlari kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda xotima moliyaviy hisobot tuziladi.
Korxonani tugatish bo‘yicha muammolarning buxgalteriya hisobi, tugatish
155
balansi va hisobatini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish
komissiyasiga yuklatiladi.
Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga qo‘shiladi.
Tugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqtiga hisoblangan
foizlar bilan birga aks ettiriladi.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot ma’lum yuridik va moliya-xo‘jalik
munosabatlarida bo‘lgan ikki va undan ortiq korxonalarning hisobotlarini
umumlashtirishdan iborat. Konsolidatsiyalash metodologiyasi va texnikasi xalqaro
hamda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning milliy standartlarida ishlab
chiqilgan va bayon qilingan. Konsolidatsiyalashning maqsadi korporativ guruhga
kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risidagi axborotlarni yagona xo‘jalik
yurituvchi subyekt sifatida umumlashtirilgan holda taqdim etishdan iborat. Bunda
korporativ guruhga kiruvchi har bir mustaqil korxona barcha xo‘jalik
muomalalarini amaldagi standartlarga muvofiq hisobga olishi va ularning
natijalarini moliyaviy hisobot ko‘rinishida rasmiylashtirishi lozim.
Moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiyalash XIX asrning o‘rtalarida AQShda,
kapitalning konsentratsiyalashuvi va kompaniyalarning birlashishi natijasida
vujudga kelgan. Keyinchalik Yevropa mamlakatlarida ham konsolidatsiyalash
masalalariga kirishilgan. Hozirgi vaqtda ikki va undan ortiq korxonalarning
birlashishi, xoldinglar, korporatsiyalar va moliya-sanoat guruhlarining tashkil
etilishi mamlakatimiz amaliyotida ham keng tus olmoqda. Konsolidatsiyalashning
zarurligi uning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bilan belgilanadi.
Agar guruhga kiruvchi korxonalar turli mamlakatlarda joylashgan bo‘lsa,
guruhning konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotini tuzishda ularning hisobot
ma’lumotlari yagona valyutaga keltiriladi. Guruhga kiruvchi korxonalar bosh
kompaniya bilan bitta mamlakatda joylashganda ularning moliyaviy hisobotlarini
bitta valyutaga keltirishga ehtiyoj bo‘lmaydi va konsolidatsiyalashning yagona
uslublaridan foydalaniladi.
Konsolidatsiyalangan
moliyaviy
hisobot
O‘zbekiston Respublikasi
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuninng 17-moddasi, buxgalteriya
hisobining xalqaro va milliy standartlariga muvofiq tuziladi. Bunda bosh
korxonadan ajralib chiqib faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar guruhi uchun
umumlashgan moliyaviy moddalarni tuzish va taqdim qilish to‘g‘risida so‘z
yuritiladi. Qonunning mazkur moddasiga muvofiq bir yoki bir necha shu’ba
korxonalar, filiallar va vakolatxonalariga ega bo‘lgan korxonalar umumlashgan
moliyaviy hisobot tuzadilar.
Ushbu moddaning talablari vazirliklar, idoralar va byudjet tashkilotlarining
jamlama moliyaviy hisobotiga nisbatan tadbiq etilmaydi. Umumlashgan moliyaviy
hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tuziladi.
156
Bosh korxonaning shu’ba korxonalarga qo‘shgan hissalari uning moliyaviy
hisobotida moliyaviy qo‘yilma sifatida aks ettiriladi.
Yuridik shaxslar o‘z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy
bo‘linmalarini, ularning balanslari va hisobot shakllarini belgilangan tartibda
tegishli yuridik shaxsning umumlashtirilgan hisobotiga kiritish sharti bilan
mustaqil balansga ajratib chiqarishlari mumkin.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot, agar bosh kompaniya o‘zining
barcha shu’ba korxonalarini yopib, ular faoliyatini boshqarishni bitta yuridik shaxs
doirasida amalga oshirsa, kompaniyaning hisoboti qanday bo‘lishini ko‘rsatadi.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot rahbariyatga va korporativ guruhga
kiruvchi korxonalar kuzatuv kengashiga, shuningdek, mavjud va potensial
investorlar, kreditorlar, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va davlat kabi tashqi
axborotdan foydalanuvchilarga ham taqdim etiladi. Shunisi bilan u axborot
funksiyasida yopiq bo‘ladi.
Axborotlardan tashqi foydalanuvchilar uchun konsolidatsiyalangan hisobot
xususiy balanslarning cheklanganliklarini bartaraf etadigan, qo‘shimcha axborot
manbai hisoblanadi. Konsolidatsiyalangan hisobot bosh kompaniya uchun o‘z
hisobotini o‘ziga xos «kengaytirish» va «to‘ldirish» hisoblanadi.
Yuqorida bayon qilinganlarni umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash joizki,
konsolidatsiyalangan hisobot bir necha xususiyatlarga ega:
konsolidatsiyalangan hisobot yuridik mustaqil korxonaning hisoboti
hisoblanmaydi. Uning maqsadi korporativ guruh faoliyatining natijalari to‘g‘risida
umumiy tasavvurni shakllantirishdan iborat. U aniq axborot bilan ta’minlash va
tahlil uchun yo‘naltirilgan;
korporativ guruh a’zolari hisoblangan korxonalar o‘rtasidagi kelishuvlar
konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotga kiritilmaydi. Unda faqat aktivlar va
majburiyatlar, tashqi kontragentlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha
daromadlar va xarajatlar ko‘rsatiladi. Har qanday guruh ichidagi moliya-xo‘jalik
operatsiyalari identifikatsiyalanadi va konsolidatsiyalash jarayonida chiqarib
tashlanadi (konsolidatsiyalanayotgan hisobotga kiritilmaydi). Konsolidatsiyalash
bosh kompaniya tarkibiga kiruvchi kompaniyalar moliyaviy hisobotlarining bir xil
nomdagi moddalarini oddiy (arifmetik) jamlash emas.
guruhlar hisoboti birlashma tarkibiga kiruvchi har bir kompaniyaning
moliyaviy ahvoli va faoliyat natijalari to‘g‘risidagi yig‘ma axborotlarni aks
ettiradi. Bu demak, bitta shu’ba korxonaning foydasi boshqasining zararini
«yashirishi», bitta shu’ba korxonaning mustahkam moliyaviy ahvoli boshqasining
potentsial to‘lov layoqatini “yashirishi “ mumkin;
agar guruh biznesning har xil turlari bilan shug‘ullanuvchi
kompaniyalardan
iborat
bo‘lsa,
u
holda
mazkur
guruh
bo‘yicha
157
konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot ayrim muhim tafsilotlarni ochib
bermasligi mumkin. Guruh faoliyatining har bir segmenti to‘g‘risida qo‘shimcha
axborotlar yetishmagan hollarda esa №27 MHXS va EH Yettinchi direktivasi
bunday ochib berishni talab qiladi.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotning ushbu xususiyatlari uning
guruh faoliyatidagi rolini to‘liq ochib berishga imkon yaratadi. Xususan:
guruh to‘g‘risidagi ijobiy fikrlarni qo‘llab quvvatlash va uning fond
bozoridagi mavqeini mustahkamlash (guruh va guruhdagi boshqa kompaniyalar
aksiyalari kotirovkasining o‘sishi) uchun butun guruh bo‘yicha umumlashgan
axborotni taqdim etish;
yagona iqtisodiy birlikning moliyaviy ahvolini va xo‘jalik muomalalarini
aniqroq tasvirlaydi, ammo alohida moliyaviy hisobotlarining o‘rnini bosmaydi;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo‘ladi;
guruh a’zolarining iqtisodiy o‘zaro bog‘liqliligi va o‘zaro ta’sirini
tavsiflaydi;
ushbu hisobot bosh kompaniyaning valyutasida tuzilganligi sababli bosh
kompaniya uchun nazorat funksiyasini ham bajaradi;
guruh faoliyatini moliyaviy rejalashtirish va moliyalashtirishga ta’sir
ko‘rsatadi va b.
Moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiyalash zaruriyati eng avvalo axborotdan
foydalanuvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Konsolidatsiyalangan moliyaviy
hisobot axborotlaridan foydalanuvchilarga aksiyadorlar, investorlar, kreditorlar,
korporativ guruhning boshqaruv xodimlari va davlat boshqaruv organlarini kiritish
mumkin.
Albatta, konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotdan asosiy foydalanuvchilar
aksiyadorlar bo‘lib hisoblanadi. Bosh kompaniya aksiyasining egasi uning
aksiyalar paketiga to‘g‘ri keladigan sof aktivlar hajmini baholay olmaydi. Chunki,
bosh kompaniya balansi faqat shu’ba korxonalarga qilingan qo‘yilmalar summasini
o‘z ichiga oladi va ushbu qo‘yilmalarning jami real qiymatini va aksiyadorlarning
ulushini aks ettirmaydi. Aksiyadorlarga esa ular qo‘yilmalarining qiymatini
obyektiv aks ettiradigan, bosh kompaniyaga qarashli barcha shu’ba va tobe
korxonalar faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan axborotlar zarur.
Investorlarga konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot, bir tomondan, guruh
aktivlari va kapitalining umumiy miqdorini (uning imkoniyatlarini) baholash
uchun zarur. Boshqa tomondan, guruhning o‘zi konsolidatsiyalangan moliyaviy
hisobotni taqdim etishdan manfaatdor. Chunki, bu o‘zining to‘lov layoqatini va
moliyaviy barqarorligini ko‘rsatish uchun ham zarur.
158
Xalqaro Hisobot Tashabbusi (XHT) va Barqarorlik hisoboti.
27
XHT o‘z ishini 1997-yilda Ceres tashkiloti ostida boshladi. 2002-yilda uning
ilk erkin hisobot statistikasi taqdim etilganda Ceres qaramog‘idan chiqdi. Quyidagi
yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan: globallashtiruv, global boshqaruvning yangi
shakllarini izlash, ma’lum iqtisodiy holatlarning roli va boshqalar. Braziliya,
Hindiston, Janubiy Afrika kabi davlatlarning hukumati ham bozori ham ishonchli
hisobotlarga tayanadi. Ishonchli hisobotlar bo‘yicha XHT dunyoning eng ishonchli
statistika manbasidan bo‘lgan va statistika tizimida eng so‘ngi ularning avlodi J-4
hisoblanadi.
Yillik xabar berishlaricha XHT tashkil qilingan XHT ma’lumotlarining
foydali tomonlaridano‘z ichiga quyidagilarni oladi:
ommaviy iqtisodiyotda samarali boshqaruvi.
tashqi partiyalar bilan aloqasi bo‘lgan kompaniyaga ko‘proq e’tibor
berish.
statistik hisobot funksiyalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ta’minlaydi.
yordamchilar tashkilotning tabiiy, insoniy va ijtimoiy kapitalga bo‘lgan
hissasini baholash uchun o‘zining qobiliyatini kuchaytiradi.
narxlarning o‘zgaruvchanligidagi bo‘lgan ulushini kamaytirishi mumkin.
J-4 hisobotning ikki turi mavjud:
1.
Umumiy standart hisoboti. Bu hisobot umumiy holda beriladi, korxona
faoliyati haqida bayonot va uning ishlab chiqarish jarayoni yoritiladi. Bular
ularning materiallar bo‘yicha tahlilidan qat’iy nazar korxonalar uchun muhimdir.
Korxonaning istiqbolda qachongacha dosh berishi va bu jarayonga investorlarni
qanday jalb qilishi, ahloq va to‘g‘rilik yo‘li bilan qanday bartaraf etishiga qarab
umumiy standart hisobot berishning 7 turi bor.
2.
Maxsus standart hisoboti. Bu hisobot firmalar o‘zlarining mol-mulklarini
qanday boshqarishlari haqida tushuntiradigan, atrof-muhitni va aholiga ta’sir
ko‘rsatishi, raqobatga dosh bera olishini ta’minlash haqida yoritiladigan J-4
hisobotning tarkibiga kiradigan boshqaruv hisobotidir. Boshqaruv hisobotida 3
jihatga e’tibor beriladi: mol-mulklar holati haqida,ularni qandayboshqarish va
baholash kerakligiga.
Xalqaro yig‘ma hisobot konsolidatsiyasi (XYHK). XYHK hisobotning
mohiyati bilan shug‘ullanadi, qisqartmasi YH deb nomlanib, yig‘ma hisobot
korxonaning strategiyasi, boshqaruvi, ijro etishi va kelajakdagi rejalari,
shuningdek, tashqi muhitdagi o‘rni bo‘yicha o‘zaro qisqa aloqasiga aytiladi. Shuni
nazarda tutish lozimki, yig‘ma hisobot korxonaning moliyaviy holati haqidagi
hisobot emas, balki korxonaning narx qo‘yishni qanday tanlashi kerakligi
to‘g‘risidagi hisobotning yangi turi hisoblanadi.
27
“An Introduction to Accounting Theory” Gabriel Donleavy.2016.141-149 b.
159
Yig‘ma hisobotning aniq auditoriyasi moliyaviy kapitalni ta’minlab
beruvchilar sifatida tasdiqlanadi. Xalqaro yig‘ma hisobot konsalidatsiyasi shuni
ta’kidlaydiki, yig‘ma hisobotning oliy maqsadi bu moliyaviy kapitalni
ta’minlovchi investorlarga korxona ma’lum vaqt davomida narxni qanday
tanlashini tushuntirishdir. Shuning uchun yig‘ma hisobot bir qancha ma’lumotlar,
ham moliyaviy va ham boshqaruv ma’lumotlaridan tashkil topadi. Narx nafaqat
firmaning bozordagi mahsuloti narxining ko‘tarilishini, balki xalqaro yig‘ma
hisobot tasdiqlagan kapitalning 5 turidan istalgan birining ko‘tarilishini ham
anglatadi. Bu kapitalga moliyaviy, ishlab chiqarish, intellektual, inson, ijtimoiy
munosabatlar va tabiat kiradi. Korxonaning aktivlari va ishlab chiqarish hajmi
kapitallardan ba’zi yoki bir qanchasining o‘zgarishiga olib keladi. Bular oshkor
etilishi shart.
Yig‘ma hisobot korxonaning biznes rejasi qanday degan savolga javob
berishi lozim. Korxonaning biznes rejasi bu korxonaning strategik maqsadlari va
narxlarni belgilashni aniqlashi kerakligi uchun uning aktivlari, ularning kirimi va
samaradorligini yoritish tizimi hisoblanadi.
Yig‘ma hisobot korxonaningboshqaruv strategiyasi qisqa, joriy va uzoq
muddatli mavsumlarda narxni qanday qilib tanlash va ushlab turish kerakligiga
javob berishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |