9.3. Buxgalteriyada ishni tashkil qilish
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini hozirgi zamon talabiga to‘liq javob
berishini ta’minlashni yana bir omili, buxgalteriya hisobi bo‘limi xodimlarini ish
joylarini oqilona tashkil etish hisoblanadi. Buxgalteriyada xodimlar ish joyini
oqilona tashkil etilishi, birinchidan, mehnat unumdorligini oshishiga, ikkinchidan,
xodimlarni sog‘ligini saqlashga, uchinchidan, ortiqcha xarajatlar kamayishiga
yordam beradi.
20-chizma.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy
talablar
Buxgalteriya hisobini tashkil etishga
qo‘yiladigan asosiy talablar
Hisobot davridagi xo‘jalik
operatsiyalarini hisobda to‘liq aks
ettirish
Hisobda joriy xarajatlar va kapital
qo‘yilmalarni alohida hisobga olish
Daromadlar va xarajatlarni hisobot
davrlariga to‘g‘ri olib borish
Sintetik va analitik hisobning
tengligi
173
Buxgalteriya hisobi xodimlarini ish joyini oqilona tashkil etishda
quyidagilarga ahamiyat berishi kerak bo‘ladi:
xodimlarni yorug‘ xonalar va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganligiga;
buxgalteriya bo‘limi xodimlarini asosiy faoliyatlari ish joylarida amalga
oshirilishiga;
xodimlarni buxgalteriya hisobi qaysi bo‘limida ishlashiga ko‘ra ish joyi
ta’yinlanganiga.
Masalan, bosh buxgalter va uning o‘rinbosarlariga hamda, moddiy javobgar
shaxslar, mijozlar bilan muloqotda bo‘ladigan buxgalteriya hisobi xodimlariga
alohida xonalar ajratilishi kerak. Sababi, buxgalteriya bo‘limi boshqa xodimlarni
mehnat unumdorligiga shovqinlar (telefon bilan so‘zlashuvlar, mijozlar bilan
muloqotlar) salbiy ta’sir etishi mumkin.
Xodimlarni xona ichida ish joyini tashkil etayotganda, hujjatlarni qayta
ishlash ketma-ketligini yoki xodimlarni ish faoliyatidagi o‘zaro aloqadorligini
hisobga olmoq kerak.
Xodimlar ish joyini oqilona tashkil etishda texnikalar (kompyuter, printer,
faks, telefon va boshqalar)ni joylashishini ham e’tiborga olmoq kerak.
Xodim ish stoli tomonida qayta ishlash tarkibiga ko‘ra joylashgan holda
qo‘yilishi lozim. Stolning o‘ng tomonida esa, qayta ishlangan hujjatlar turishi,
buxgalteriya bo‘limi xodimi ish faoliyati samaradorligini oshishi omillaridan biri
hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi obyektlar menejment, marketing bo‘limi xodimlari
uchun kerakli ma’lumotlarni tez va to‘g‘ri uzatilishi ham ish joyini oqilona tashkil
etilishiga bevosita bog‘liqdir.
Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo‘linmalar bilan
aloqa qilish shakllarini aniqlashda buxgalteriya hisobini markazlashtirilgan yoki
markazlashtirilmagan shaklda tashkil etish to‘g‘risidagi masalani hal etish zarur.
Bosh buxgalter
Bosh buxgalter muovini
Bo‘limlar
Ta’minot
jarayoni
hisobi
bo‘limi
Ishlab
chiqarish
jarayoni
hisobi
Sotish
jarayoni
hisobi
bo‘limi
Hisob
moliya
bo‘limi
Ish haqi va
unga doir
hisob-
kitoblar
Yig‘ma
hisob
bo‘limi
174
bo‘limi
bo‘limi
Dostları ilə paylaş: |