O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


 Xo‘jalik hisobi turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

1.4. Xo‘jalik hisobi turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari 
 
Korxona va tashkilotlarda mavjud mablag‘lar kuzatish davomida o‘zining 
tuzilishinigina emas, balki miqdoriy holatini ham o‘zgartirib boradi. Hisob turlarini 
to‘g‘ri belgilash kuzatilayotgan hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri nazorat qilish 
imkonini berish bilan ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlaydi. 
Hisobning har bir turi bir xil xo‘jalik operatsiyasini turli vaziyatlarda ko‘rib 
chiqadi, bu esa ayrim bosqichlarda uning foydalanuvchilarini qiziqtiradigan 
axborot oqimlarining kesishishini istisno qilmaydi. Bunga erishish hisobning 
barcha turlariga hos bo‘lgan muhim xususiyat, ya’ni bir xil o‘lchovlardan: natura, 
mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalanish tufayli mumkin bo‘ladi.
Hisob ishlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklaridan alohida-alohida 
foydalanish mumkin. 
Shunday xo‘jalik jarayonlari amalga oshiriladiki, ularda bir vaqtda natural 
va pul o‘lchov birliklaridan foydalaniladi. O‘lchov birliklarini qo‘llash birinchidan 
hisob turiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan amalga oshirilayotgan xo‘jalik jarayoniga 
ham bog‘liqdir. Hisob turlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
o‘lchov birliklaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi. 
Natura o‘lchovlari – hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning 
xarakatlarini natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi. Natura o‘lchovlarini 
qo‘llash hisobga olinayotgan obyektning xususiyatlari, ya’ni uning fizik va 
iste’mol hossasi farq qiladi. Masalan, hisob obyektlari: og‘irlik birligida (gramm, 
kilogramm, sentner, tonna); hajm birligida (metr, kubometr); uzunlik birligida 
(santimetr, metr, kilometr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda o‘lchanadi. 
Natura o‘lchov birliklari moddiy qiymatliklarni hisoblash, tortish va 
o‘lchash natijasida olingan ma’lumotlarni hisobga olish, ularning miqdor hamda 
sifat o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish uchun qo‘llaniladi. Ular yordamida 
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarning olinishi istisno qilinadi. 
Mehnat o‘lchov birligi – mahsulotni ishlab chiqarish yoki sarf qilingan 
mehnat sarfini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ularning o‘lchov birligi bo‘lib 
minut, soat, kun va dekadalar hisoblanadi. Ular yordamida mahsulot ishlab 
chiqarish me’yorlari, mehnat unumdorligi, ish haqini hisoblash va boshqalar 
nazorat qilinadi. Mehnat o‘lchov birligi yordamida mehnat unumdorligini aniqlash 


23 
imkoni natura o‘lchov birligi bilan birga ishlatilgandagina aniqlash mumkin. 
Mehnat o‘lchov birligi ko‘p hollarda bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda 
ishlatiladi. 
Pul o‘lchov birligi – korxonaning moddiy va mehnat resurslaridan 
foydalanish bilan bog‘liq, mahsulotning aniq turlarini tayyorlash, ishlar bajarish 
yoki xizmatlar ko‘rsatishga doir xarakatlarni hisoblash imkonini beradi. Bu 
vazifani O‘zbekiston Respublikasida milliy valyuta so‘m va uning tiyini bajaradi. 
Pul o‘lchovi yordamida boshqa ko‘rsatkichlarni olish, ulardan hosila 
ko‘rsatkichlarini korxona darajasida ham iqtisodiyot darajasida ham hisoblash 
mumkin.
Korxona va tashkilotlarda qaysi o‘lchov birligi ishlatilmasin, ularning asosiy 
ko‘rsatkichi foyda yoki zarar ko‘rsatkichlari pul ifodasida ko‘rsatiladi. Hisobda pul 
o‘lchov birligini ko‘proq qo‘llanilishi boshqa o‘lchov birliklariga nisbatan ko‘proq 
ishlatilishi hisob mazmunini pasaytirmaydi. Pul o‘lchov birliklarini hisob ishlarida 
keng qo‘llanishiga asosiy sabablardan biri bu har xil o‘lchov birliklarida aks 
ettirilgan ko‘rsatkichlarni yagona pul o‘lchov birligida umumlashtirish imkonini 
bersa, ikkinchidan, korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni bir me’yorda yuritish 
imkonini beradi. 
O‘lchov qoidalari buxgalteriya prinsiplari ham deb bilish mumkin. 
Quyidagilar o‘lchov qoidalari:
9
1.
Pul o‘lchovi:
ma’lumotlar moliyaviy shaklda pul qiymatida ifoda etilishi 
kerak, ya’ni Malayziyada Riggitda va Britaniyada Funtsterlingda. Pul qiymati 
o‘zgarmas qilib qabul qilinadi. 
2.
Eski narx:
moliyaviy ma’lumotlar buxgalteriya kitobi yoki jurnal orderga 
haqiqatda muomala sodir bo‘lgan vaqtdagi narx bilan qayd qilinishi kerak. 
3.
Realizatsiya:
bu konsepsiyasi daromadga bog‘liq hisoblanadi qachonki 
qonuniy ruhsat berilganda 1 ta partiyadan boshqasiga, garchi puli to‘langanmi yoki 
yo‘qmi. 
4.
Muvofiqlik:
yaratilgan daromadlarda sekinlik bilan xarajatlar bo‘lishi va 
o‘sha davrdagi foyda yoki zararni aniqlashda mutanosiblik bo‘lishi kerak. 
5.
Ikkiyoqlama yozuv:
barcha muomalalar hech bo‘lmaganda moliyaviy 
hisobotning ikki qismiga ta’siri bo‘lishi kerak ya’ni qabul qilish kerak va ta’sir 
berishi kerak. Bu ikki yoqlama yozuvning shakli (debit va kredit) 
6.
Materialistik:
ma’lumotlar faqat muomalalardan ya’ni qaror qabul qilishga 
ta’sir ko‘rsatuvchi materiallar hisobga olingandan so‘ng hisobga olinishi kerak. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin