O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universitet mavzu


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish



Yüklə 229,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix26.11.2023
ölçüsü229,97 Kb.
#136259
1   2   3   4   5   6   7
Kitob 2582 uzsmart.uz

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish,
uning maqsadi va vazifalari 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish haqida ko‟plab iqtisodchilar 
turli fikrlarni bildirganlar. Ya„ni, bozorning kamchiliklari, uning ko‟plab iqtisodiy 
muammolarni hal eta olmaslik holatini ko‟rsatadilar. Bular ma„lum ma„noda 
to‟g‟ri bo‟lsada, biroq, iqtisodiyotga davlat ta„sirining ob„ektiv zarurligini eng 
avvalo ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob„ektiv asosi bo‟lib ham 
milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining 
rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi. Bu 
jarayon quyidagilarda namoyon bo‟ladi: 
-chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab 
chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o‟zaro aloqasi va o‟zaro bog‟liqligi 
yanada kuchayadi; 
-ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasia alohida 
xo‟jalik birliklarining mayda bo‟laklarga ajralib ketish holatlari barham topadi; 
-ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‟planuvi jarayoni o‟sadi; 
-turli iqtisodiy mintaqalar o‟rtasidagiiqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi 
jadallashadi. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
deganda davlatning jamiyat 
a„zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab 
chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta„minlovchi, umumiy 
iqtisodiy muvozanatga erishiga yo‟naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish 
jarayonini tashkil etish bo‟yicha faoliyat tushuniladi. 


Iqtisodiyotni davlat tomonian tartibga solish mexanizmi to‟g‟risida to‟laroq 
tasavvurga ega bo‟lish uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari 
hamda vosita yoki dastaklarini to‟laroq tavsiflash lozim. 

Yüklə 229,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin