- 34 -
Ichki nazorat xizmati rahbari yoki xodimi lavozimiga
quyidagi shaxslar
tayinlanishi mumkin emas:
o’z faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan bo’linmani
noto’g’ri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyati uchun avval sud tomonidan jinoiy
javobgarlikka tortilgan shaxslar.
Tijorat banki ichki nazorat tizimi tuzilmasini shakllantirish,
Ichki nazorat
xizmati rahbarini tayinlash to’g’risidagi qarorni qabul qilgandan so’ng 10 (o’n) ish
kuni mobaynida tayinlangan shaxslar to’g’risidagi anketa ma’lumotlarini ilova
qilgan holda bu haqida Markaziy bankka xabar berishi lozim.
Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari ichki nazoratni amalga oshirish
maqsadida tijorat banki bo’linmalari rahbarlari
va xodimlaridan kerakli
boshqaruvchilik va buxgalteriya hujjatlarini talab qilib olishlari, shuningdek, ichki
nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa ko’chirish, tijorat
bankining elektron ma’lumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtonom
kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllardan va boshqa yozuvlardan nusxalar
olishi, tijorat bankining boshqa bo’linmalari mutaxassislaridan yordam so’rash
va olishlari mumkin. Bundan tashqari o’z xizmat vazifalarini bajarish davomida
banki bo’linmalarining
xonalariga kirish, shuningdek tijorat banki boshqaruvi
raisining yozma ruxsatnomasi bilan hujjatlar saqlanishi uchun foydalaniladigan
(arxivlar), naqd pul va qimmatliklar saqlanadigan (pul omborlari),
kompyuter
ma’lumotlarini qayta ishlash va ma’lumotlarni elektron shaklda saqlash xonalariga
kirishlari, boshqaruv raisining yoki tegishli vakolatga ega bo’lgan uning
o’rinbosarining yozma roziligi bilan terrorizmni moliyalashtirish bilan bog’liq
bo’lgan operatsiyalarni to’xtatib turish haqida bank filiallari rahbarlariga
ko’rsatmalar berishi, mijozlarning operatsiyalariga
nisbatan kelgusi harakatlari,
jumladan, qonun hujjatlariga muvofiq qo’shimcha ma’lumot olish yoki mavjud
ma’lumotlarni tekshirish bo’yicha tijorat banki boshqaruvi raisiga takliflar taqdim
etishi va ichki hujjatlarga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga
xam ega.
- 35 -
Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari tijorat banki nomidan to’lov
(hisob-kitob), kredit va buxgalteriya hujjatlarini imzolash
yoki vizalash huquqiga
ega emas.
Tijorat banki boshqaruvi ichki va tashqi vaziyatlarning o’zgarishini inobatga
olgan holda, tijorat banki ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qilib
boradi va
samaradorligini baholab boradi, shuningdek zarur holda samarali
ishlashini ta’minlash uchun uning faoliyatini kuchaytiradi.
Ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish tijorat banki ichki audit
xizmati tomonidan ham olib borilishi mumkin.
Ichki audit xizmati yoki boshqa nazorat xizmatlari tomonidan aniqlangan
ichki nazorat tizimining kamchiliklari o’z vaqtida tijorat
banki boshqaruvi raisiga
ma’lum qilinadi. Ma’lumotni olgandan so’ng tijorat banki boshqaruvi raisi
aniqlangan kamchiliklarning o’z vaqtida bartaraf qilinishini ta’minlashi lozim.