O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jalik vazirligi andijon qishloq xo’jalik instituti qishloq xo’jaligida menejment fakulteti



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/21
tarix19.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#127270
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
atb agrobank andijon viloyat boshqarmasi xududiy filialida hujjatlar (1)

Mijozlarga xizmat ko’rsatish: 
Mijozlarga bankning barcha xizmatlar majmuasi faqat Front-ofis bo’limida 
ko’rsatilganligi bois, mazkur bo’lim bank xizmatlarining barcha turlarini yaxshi 
biladigan malakali mutaxassislardan tashkil etilishi shart. Bunda, shart-sharoitlar 
va bank tomonidan mijozlarga ko’rsatilayotgan xizmatlar ro’yxati e’lon qilinishi 
hamda mazkur xizmatlardan bankning mavjud va bo’lg’usi mijozlari xabardor 
qilinishi shart. 
Xizmat ko’rsatish jarayonida nostandart - ko’zda tutilmagan holatlar kelib 
chiqishi ehtimoli mavjudligini inobatga olgan holda, aniq xizmatlar turi (misol 
uchun, eksport yoki import shartnomalarini ro’yxatga olish va hisobi) bo’yicha 
paydo bo’lgan savollarni joyida hal qiluvchi va tegishli operatsiyalarni butunlay 
nazorat qilish salohiyatiga ega bo’lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan 
jamlangan bo’lishi kerak.
SHundan kelib chiqqan holda, operatsiyalarni amalga oshirishda mas’ul 
ijrochi bilishi lozim bo’lgan qonunchilik doirasi qanchalik kichik bo’lsa, uning ishi 
tez va sifatli bo’ladi. SHuning uchun, Front-ofis mas’ul ijrochilari o’rtasida 
mijozlarni taqsimlashda, bir mas’ul ijrochida bir toifali mijozlar bo’lishi maqsadga 
muvofiqdir. Bunda, mijozning mavjud barcha hisobvaraqlariga bir mas’ul ijrochi 
tomonidan xizmat ko’rsatilishi shart. 
Front-ofis xodimlarini mijozlarning jismoniy va yuridik shaxslar toifasi 
bo’yicha guruhlash lozim. Qonunchilik bazasi turli (yoki bir) xilligiga bog’liq 
holda, yuqorida qayd etib o’tilgan mijozlarni yanada kichik bo’lgan quyidagi 
turlarga bo’lish mumkin: 
 faqat milliy valyutada operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar; 
 milliy va chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshiradigan 
mijozlar. 


- 26 -
Turli qonunchilik ta’sir doirasida bo’lgan mijozlarning quyidagi toifalari 
bo’yicha guruhlarga bo’lish tavsiya etiladi: 
Korxona va tashkilotlar: 
 o’z faoliyatini mamlakat doirasida va xorijda amalga oshiradigan har 
qanday tashkilotlar, shuningdek, chet el vakolatxonalari, yoki milliy va chet 
el valyutasida hisobvaraqlari mavjud bo’lgan har qanday tashkilotlar; 
 o’z faoliyatini faqatgina mamlakat doirasida amalga oshiruvchi yirik 
(korporativ) mijozlar; 
 kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari hamda boshqa tashkilotlar, 
shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar. 
Jismoniy shaxslar: 
 milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari mavjud bo’lgan jismoniy 
shaxslar; 
 faqat milliy valyutada hisobvaraqlari mavjud bo’lgan jismoniy 
shaxslar. 
Bankning Front-ofis bo’limidagi har bir guruh mutaxassisi mijozlarga 
ko’rsatiladigan to’liq standart xizmatlar ro’yxatini ularga taqdim etadi. Xodimlar 
guruhi tomonidan mijozlarga ko’p operatsiyalar turi bo’yicha xizmat ko’rsatilsa, 
mazkur guruhga kamroq mijoz taqsimlanishi lozim. CHunki, ko’p turli 
operatsiyalar bajaruvchi mijozning bitta tashrifi bo’yicha unga xizmat ko’rsatish 
bank xodimining ko’p vaqtini egallaydi. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin