- 41 -
2. Nazoratchi hujjatni tekshiruvdan o’tkazib, kassa
kirim jurnalida undagi
yozuvlarini aks ettirgandan so’ng e’lonni kirim jurnali bilan birga kassaga uzatadi.
3. Mijoz kassaga naqd pul topshiradi.
4. Kassir pulni sanab, e’lon va kirim jurnalidagi
summa bilan solishtiradi,
hujjatlarni rasmiylashtirib, kvitantsiyani mijozga qaytaradi.
5. Order va kirim jurnali nazoratchiga qaytariladi.
6. Nazoratchi kun oxirida kassa kirim jurnali ma’lumotlarini kassa kitoblari
bilan solishtiradi.
7. Solishtirishdan so’ng bu ma’lumotlar bank hisob markaziga (kompyuter
bo’limiga) yuboriladi.
8. Orderdagi ma’lumot shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi va mas’ul
ijrochiga beriladi.
9. Mas’ul ijrochi shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma bilan orderni birgalikda
mijozga berishga tayorlaydi.
Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga
asosan uzaytirilmagan bo’lsa, bank shu kunning o’zida
bank ish kuni
yakunlangandan so’ng, ya’ni soat 18-00 dan so’ng yoki agarda Markaziy bankning
farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilgan bo’lsa
keyingi bank ish kuni soat 10-00 dan kechiktirmagan holda Markaziy bankka
elektron balans (0106BS) hisobotini jo’natadi.
Bankda ish kuni bank operatsiyalari buxgalteriya hisobotida to’liq aks
ettirilib, kunlik
balans hisoboti tahlil qilinib, bank filiali rahbari hamda bosh
buxgalteri tomonidan imzolangandan so’ng yakunlanadi.
Bank
ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib O’zbekiston Respublikasi
Markaziy bankiga jo’natilganidan so’ng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu
xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga ertasi bank ish
kuni teskari buxgalteriya
yozuvlari kiritish (storno berish) yo’li bilan, tuzatish memorial orderlari asosida
to’g’rilanishi lozim. Bunday hollarda hisobvaraqlardan
summalar mijozlarning
roziligisiz hisobdan chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz o’rtasida tuzilgan
shartnomada ko’rsatib o’tilgan bo’lishi shart.