2.1. Mashg‘ulotning maqsadi: Bu topshiriqning asosi insonni elektr tokining urish xavfining darajasini aniqlaydigan omillarini o‘rganish hisoblanadi. Tok zanjiriga insonni ulanish sxemalarining tahlili va erga qisqa tutashuvda elektr tokining tarqalish jarayoni tushuntiriladi. Elektr xavfsizlikni ta’minlash uslublari sifatida izolyasiyaning himoyalash uslublari, erga ulash, shaxsiy himoya vositalari, himoyaviy uzish, to‘sish (blokirovka) va signalizatsiya, yuqori kuchlanishni past kuchlanish tarmog‘iga o‘tishi va saqlanib koladigan zaryadlardan himoyalashlar o‘rganiladi. Elektr qurilmalarga xavfsizlik talablari, elektr qurilmalarning xavfsizlik nuqtai nazaridan sinflarga bo‘linishi, ishlab chikarish binolarining sinflarga bo‘linishi, elektr qurilmalarda bajariladigan ishlar tafsiflari va sinflarga bo‘linishi ko‘rib chiqiladi.