O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 69,29 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü69,29 Kb.
#140802
  1   2   3   4   5   6   7
Ma\'lumotlar bazasidan mustaqil ish 1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Malumotlar bazasini boshqarish”
Fanidan
Mustaqil ish
Bajardi: KIF fakulteti
218-21-guruh talabasi
Toirov Doston
Qabul qildi: Gaipnazarov Rustam


TOSHKENT-2023
PostgreSQL
Reja:
1. Postgresqlda o’rnatish, ishlash prinsipi.
2. ‘’Markazlashtirilgan tizim” predmet sohasining ob`yektlari yaratish.
3. Infologik model.
4. Datalogik model.
5. Saqlanuvchi prodsedura nima va triger haqida ?
6. Tassavurlar, cheklovlar va sinonimlardan foydalangan holda dinamik so'rovlarni yaratish;
7. Ma'lumotlar bazasi ob'ektlaridan foydalangan holda murakkab so'rovlarni yaratish: indekslar (B-daraxt, noyob, Klaster indekslari), klasterlar
8.Xulosa.
9.Foydalangan adabiyotlar


Maqsad: PostgreSQLni o'rnatishning maqsad, sizning ma'lum bir ma'lumotlar bazasini yaratish va boshqarish imkoniyatini olish, ma'lumotlarni saqlash, so'rovlar yaratish, o'zgartirish va o'chirish uchun bir platforma yaratish, hamda ma'lumotlar bazasi tizimini o'chirish, ta'mirlash va boshqarishni osonlashtirishdir.
Ushbu ma'lumotlar bazasi, tashkilot yoki tizim tomonidan foydalanuvchilar toifalarini boshqarishni osonlashtirish, foydalanuvchilarga kerakli resurslarga kirish ruxsatini avtomatlashtirish va hisob-kitobni o'z ichiga olish uchun mo'ljallangan. Ma'lumotlar bazasi tizim administratorlari uchun juda muhimdir, chunki ular tizimni boshqarish va foydalanuvchilarni hisob-kitob va resurslarga kirishni osonlashtirish imkoniyatini beradi.


PostgreSQL - asosiy tushunchalar
PostgreSQL - bu relyatsion ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi. Ya'ni, ma'lumotlarni boshqarish tizimi bo'lib, u aloqalar(relation) ko'rinishida taqdim etiladi. Aloqa - jadvallarni matemetik aniq ifodalash. Ma'lumotlarni jadvallarda saqlash hozirgi vaqtda shunchalik tarqalganki, huddi bu ma'lumotlarni saqlashni eng tabiiy yo'li hisoblanadigandek. Lekin ma'lumotlarni saqlashni turli xil boshqa yo'llari mavjud. Masalan, Unix oilasiga kirivchi operatsion tizimlarda fayllar va kataloglar iyerarxik ko'rinishdagi ma'lumotlar ombori. Bundan tashqari hozirgi kunda, opyektga yo'naltirilgan ma'lumotlar ombori juda tez rivojlanmoqda.
Har qanday jadval, nomlangan qatorlardan tashkil topadi. Jadvaldagi hamma qatorlar bir xil nomlangan ustinlardan tashkil topadi. Bu holatda har bitta ustun uchun qandaydir bir tipni ko'rsatish mumkin. Ya'ni bu ustunga tegishli ma'lumotlar qaysi tipda bo'lishi mumkinligini aniqlab olish. Ustunlar tartibi hamma qatorlarda aniq o'zgarmas bo'lada, SQL jadvalda aniq bir tartibni saqlab bermaydi, lekin uni so'rov vaqtida tartiblash mumkin bo'ladi.
Jadvallar ma'lumotlar omboriga birlashtiriladi, aniq bir PostgreSQL serverdagi ma'lumotlar ombori esa ma'lumotlar ombori klasteri tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda PostgreSQL deb nomlanuvchi relatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi 1986 – yilda Berklindagi Kaliforniya universitetida yozilgan POSTGRES paketidan olingan. 20 yildan beri ilg’or rivojlanib kelayotgan PostgreSQL hozirgi kunda deyarli hamma joyda mavjud bo’lgan ochiq kodli ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Maykl Stonebraker ushbu POSTGRES loyihasi dastlab moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qilish, reaktiv dvigatelning ishlashini monitoring qilish va asteroidlar harakatini kuzatish uchun xizmat qilgan
PostgreSQL, shu paytgacha ma'lumotlar bazalari, tizimlarni qo'llash va web ilovalarini yaratish, qo'llab-quvvatlash va boshqarish uchun ommalashtirilgan, odamlar tomonidan ishlatiladigan kuchli va ishonchli bir manba ma'lumotlar bazasi tizimi hisoblanadi.

Yüklə 69,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin