O‘zbekiston respublikasi sog‘


-rasm:Nesterov apparati yordamida aniqlash



Yüklə 6,73 Mb.
səhifə13/35
tarix20.11.2023
ölçüsü6,73 Mb.
#133406
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
2. gigiyena Uslibiy qo\'llanma

1-rasm:Nesterov apparati yordamida aniqlash
Bajarilgan ishlar risoladagidek bolganiga qanoat hosil qilgandan song, pastki (V) togri yolli kranni uning teshigi (A) idishni tenglashtiruvchi idish bilan tutashtirguncha buraladi va vakuum korsatkichi kapillyarlarning mustahkamligini sinash uchun moljallangan 0,4 ni korsatguncha ushlanadi. Keyin (B) kranni darrov berkitib, simobni chiqarib tashlovchi idishdan tenglashtiruvchi idishga o’tuvchi to’xtatiladi. Sistemada keraqli vakuum hosil qilinganligiga qanoat hosil qilingandan so’ng (0,4), kyuvetalar oldindan ishlov berilgan (vazelin bilan) bilaqlar terisiga qo’yilib, o’ngdagi ikki yo’li kranni (T), uning teshigi vakkum bilan kyuveta qo’yilgan bilak terisiga qadar buraladi, bunda kyuveta ostida ham vakkum hosil bo’lib, bilak terisi kyuvetalarga suriladi. Kyuvetalarni usulda aytiladigandek 2 min davomida ushlab turiladi. So’nga pastdagi ikki yo’lli (T) kranni uning qiyshiq teshigi kyuvetalarni tashqi havo bilan ta’minlanguncha buraladi. Endi kyuvetalar teridan engil, hech qanday og’riqsiz ko’chib chiqadi.
Organizmni C vitamin bilan ta’minlanganligini baho berish uchun kyuvetkalar ostida hosil bo’lgan nuqta holidagi qon quyilish nuqtalari soni aniqlanadi-sanaladi.
Bunda C gipovitaminozning 0-10 petexiya – norma;
10-30 petexiya - 1 darajali gipovitaminoz;
30-60 petexiya - 2 darajali gopovitaminoz;
60 dan ko’p - 3 darajali gipovitaminoz va avitaminozga o’tish chegarasi.
Vitaminlar- past molekulali organik birikmalar bo’lib, biologik xususiyatga egadir va ular juda kam miqdorda bo’lishga qaramasdan bir qator bioximik va fiziologik jarayonlarda, homiladorlikning normal kechishini ta’minlaydi.
Odam organizmida vitaminlar qisman sintezlanishi mumkin, ammo D, K, B12 vitaminlarining endogen sintezlanishi organizmning shu vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondira oladimi yoki yo’qmi degan savolga aniqlik kiritish talab etiladi. Bu vitaminlarning asosiy qismi ovqat mahsulotlari tarkibida bo’lib, ovqat orqali organizmga qabul qilinadi. Ovqat mahsulotlari tarkibidagi vitaminlaming miqdori va ularning harakteri turlichadir. Mas., yog’da eruvchi A vitamini organizm uchun tayyor holda sut, sut mahsulotlari, tuxum, sariyog’, jigar orqali iste’mol qilinadi. Organizmning A vitaminiga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun (1000 mg) suvda eruvchi provitamin A ya’ni karotinning ahamiyati katta. Karotin qizil sabzi, bulg’or qalampiri, qovoq mahsulotlarida ko’p miqdorlarda bor. Ichak va jigarda karotindan A vitamini sintezlanadi.
D vitamini badan terisining epidermisida 7-degidroxolestirindan ultrabinafsha nur ta’sirida sintezlanadi. D vitamini oddiy sharoitda organizmdagi fosfor va kalsiy almashinuvini boshqarishi uchun yetarli deb hisoblanadi, ammo o’suvchi organizm uchun va quyosh nuri yetarli bo’lmagan sharoitlarda ishlaganda organizmda sintezlanayotgan D vitamini yetarlicha bo’lmaydi, shuning uchun bunday sharoitda organizmga D vitamini tashqaridan, ya’ni ovqat mahsulotlari orqali iste’mol qilinishi lozim. O’z tarkibida D vitaminini ko’p tutuvchi mahsulotlar qatoriga baliq moyi, tuxum, sut va sut mahsulotlarini kiritish mumkin. Bolalar organizmi uchun kunlik iste’mol me’yori (3 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun) 400 xalqaro birlik (XB) yoki 0,25 mkg, o’rta yoshli odamlar uchun - 100 XB, homilador va emizikli ayollar organizmi uchun 500 XB ga tengdir.
"E" vitamini yog’da eruvchi vitaminlar qatoriga kirib, o’rta yoshli odam organizmi uchun kunlik iste’mol me’yori 12-15 mg ni tashkil qiladi. "E" vitaminini o’zida ko’p tutuvchi ovqat mahsulotlari qatoriga o’simlik yog’lari, ko’katlar, mevalar, yorma mahsulotlari, tuxumni kiritish mumkin.
K vitamini ham yog’da eruvchi vitaminlar qatoriga kirib, uning kunlik ehtiyoj me’yori 0,2-0,3 mg ga tengdir. K vitamini ichak florasi ishtirokida qisman sintezlanadi, shuning uchun birlamchi gipovitaminoz yoki avitaminoz holatlari kuzatilmaydi. Ikkilamchi K avitaminozi jigar kasalliklari va ichak kasalliklariga uchragan odamlar uchrashi mumkin, shuning uchun bunday vaziyatlarda shunday kishilarga organizmning ehtiyojini qondirish maqsadida o’zida K vitaminini ko’proq tutuvchi mahsulotlardan sabzi, tomatlar, ko’k no’xat, jigar, na’matak, qorag’at donlari yoki ularning damlamalarini berish tavsiya etiladi.
Suvda eruvchi vitaminlar o’z tarkibiga ko’p vitaminlarni oladi va ularning asosiylari B guruhiga kiruvchi vitaminlardir, bundan tashqari C vitamini va boshqa bioflavinoidlardir.
B guruhiga kiruvchi vitaminlarga nisbatan organizmning kunlik iste’mol me’yori, etishmaganda kelib chiqishi mumkin bo’lgan kasalliklar va o’zida vitaminlarni ko’p tutuvchi mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar quyida keltiriladi.
B1 yoki tiamin vitamini organizmda etishmaganda "beri - beri" gipovitaminozi yuzaga keladi. Organizmning kunlik ehtiyoji 1,1-2,1mg ga tengdir. B1 vitaminini o’zida tutuvchi mahsulotlar qatoriga don mahsulotlari (ularning qobiqlari), achitqi (droja), jigar hisoblanadi.
B2 yoki Riboflavin - organizmda etishmaganda xeyloz, stomatit, glossit, anemiya kelib chiqadi. Organizmning kunlik ehtiyoji 1,5-2,4 mg. Manbai - sut, non, achitqi, no’xat.
PP yoki nikotin kislotasi - organizmda etishmaganda pellagra kasalligi shakllanadi, organizmning bu vitaminga bo’lgan kunlik ehtiyoji 14-28 mg ga teng. Yormalar, non mahsulotlari, achitqi, no’xat tarkibida ko’plab uchraydi.
B3 yoki Pantoten kislotasi - kunlik ovqat tarkibida uning miqdori kamayib yoki bo’lmay qolgan sharoitlarda insonlar organizmida hech qanday kasallik belgilarini namoyon etmaydi. Ammo hayvonlar organizmida kasallik belgilari yuzaga kelishi mumkin. Bu vitamin deyarli har qanday ovqat mahsulotlari tarkibida borligi bilan ahamiyatlidir.
B6 yoki Piridoksin vitamini organizmga etishmay qolganda juda ko’p ko’rinishdagi kasallik belgilarini namoyon qiladi. Organizmning kunlik ehtiyoj me’yori 1,8-2,0 mg atrofida. B6 vitaminini o’zida tutuvchi mahsulotlar qatoriga jigar, no’xat, baliq, bulg’or qalampiri, durajalarni kiritish mumkin.

Yüklə 6,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin