O‘zbekiston respublikasi sog‘


Ichish uchun mo’ljallangan sutning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari



Yüklə 6,73 Mb.
səhifə17/35
tarix20.11.2023
ölçüsü6,73 Mb.
#133406
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
2. gigiyena Uslibiy qo\'llanma

Ichish uchun mo’ljallangan sutning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari:

  • sut tarkibidagi yog’ning miqdori -3,2 %;

  • nordonligi-shisha idishlarga solingan sut uchun 210, flyagadagi sut uchun 220;

  • tozalik darajasi 1-guruhdan past bo’lmasligi kerak;

  • vitaminlashtirilgan sut tarkibidagi “С” vitaminning miqdori 100 g uchun 14 mg.

Sutdan namuna olish qoidalari:

  • shisha idishli yoki qogoz paketli sut partiyasi 100 tagacha bolsa, 1-3 dona; 100

tadan ortiq bo’lsa 3-5 dona;

  • agar sut bidon yoki flyagalarda bo’lsa, har 20-chi idishdan 500 mldan sut

namunasini olinadi. Namuna olishdan ilgari sut yaxshilab chayqatiladi.
Namunani laboratoriyaga yetkazish muddati muddati - 2 soat.

Sutning organoleptik xususiyatlarini tekshirish
Sutning organoleptik ko’rsatkichlariga rangi, hidi, ta’mi, konsistentsiyasi kiradi. Sifatli sut oq va biroz sarg’ish rangda, o’ziga xos yoqimli ta’mli, yoqimli "sutli" hid va suyuq konsistensiya (ammo suvga o’xshash emas) ga ega bo’ladi.
Sutning rangi oq fonda stakanga solish orqali aniqlanadi. Aralashtirilmagan sutning rangi oq, biroz sarg’ish, yog’i olingan yoki suv bilan suyultirilgan bo’lsa ko’kimtir tusga ega bo’ladi. Sutdagi qizg’ish rangning bo’lishi sutga qon izlari (molning yelini kasallangan hollarda) yoki boqish uchun berilgan ovqat mahsulotlariga bog’liq bo’ladi (qizil sabzi yoki qizil lavlagi). Ayrim hollarda sut tarkibida mo’jizali mikrob tayoqchasidan ham shunday rang hosil bo’ladi.
Fizikaviy xossalariga - uning solishtirma og’irligi yoki zichligi, yog’larning miqdori va mexanik aralashmalarning borligi kiradi.
Kimyoviy sifat ko’rsatkichlariga - uning yangiligi, sutni qalbakilashtirish maqsadida qo’shiladigan kimyoviy aralashmalarning (soda, kraxmal) borligi kiradi.
Mikrobiologik ko’rsatkichlariga, sutdagi mikrofloralar va ularning xarakterini kiritish mumkin.

Yüklə 6,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin