O‘zbekiston respublikasi sog‘


Kimiyoviy moddalar orqali kelib chiqadigan ovqatdan zaharlanish



Yüklə 6,73 Mb.
səhifə28/35
tarix20.11.2023
ölçüsü6,73 Mb.
#133406
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
2. gigiyena Uslibiy qo\'llanma

Kimiyoviy moddalar orqali kelib chiqadigan ovqatdan zaharlanish
Qo’rg’oshin birikmalari surunkali zaharlanishlarni keltirib chiqaradi, bunday holat sifati yomon idishlarda murabbo, tuzlangan, marinadlangan mahsulotlarni saqlash, zaharli ximikatlar solingan idishlardan foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida kimyoviy moddalar konsentratsiyasining ko’pligi yoki qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishda kimyoviy va mineral o’g’itlardan me’yoridan ortiq foydalanish natijasida kelib chiqishi mumkin. Kasallangan odamda umumiy holsizlanish, bosh og’rishi, bosh aylanishi, og’izda bemaza ta’m, keyinchalik oyoq-qo’llarda qaltirash, ishtaxaning yo’qolishi, ozib ketish, ich ketish, anemiya, qo’rg’oshinli kolikalar kuzatiladi.
Mis birikmalari odatda o’tkir zaharlanishlarni keltirib chiqarib oshqozonning shilliq qavatini shikastlaydi. Bemorda 2-3 soatdan so’ng (ovqat iste’molidan keyin), agar mis birikmalari ko’proq bo’lsa, bir necha daqiqadan keyin qorinda og’riq, qusish, ich ketish belgilari bo’ladi. Og’izda metall ta’mi paydo bo’ladi. Buni oldini olish uchun idish zirxlarida mis, qo’rg’oshin, rux birikmalari bor bo’lganida bu idishlarda ovqat mahsulotlarini saqlash qat’iyan man etiladi.
Pestitsidlardan zaharlanish – olib borilgan tekshirishlarning ko’rsatishicha organizmga pestitsidlarning tushishi asosan ovqat mahsulotlari orqali sodir bo’ladi. Ko’pincha surunkali zaharlanishlar qayd qilinadi. Xlor organik birikmalarining (XOB) organizmga ta’siri birinchi navbatda MNSning jarohatlanishi bilan kuzatiladi, keyinchalik parenximatoz organlar, endokrin sistema, yurak-tomir sistemasi jarohatlanadi. O’tkir zaharlanishlarda nerv sistemasining jarohatlanish belgilari, surunkali zaharlanishlarda esa parenximatoz organlar (jigar, buyrak) jarohatlanadi.
Fosfor organik birikmalarning (FOB) ta’siri mexanizmi asosida esteraza fermentlarining aktivligining pasayishi kuzatiladi, ayniqsa xolinesteraza fermenti. FOBlar bilan zaharlanganlarda qusish, qorin sohasida og’riq, ich ketish, ko’zdan yosh oqish, keyinchalik esa MNS jarohatlanish belgilari yuzaga keladi: bezovtalanish, qo’rquv, bosh aylanish, qo’l va butun badanning qaltirashi. Ayrim karbamin kislota guruhiga kiruvchi (baygon, sevin, betanol) pestitsidlar oksidlanish jarayonida ishtirok etadigan nuklein kislotasi almashuvini izdan chiqaradi.
Simob organik birikmalar (SOB) SN-guruhi fermentlarini bog’laydi, kapillyarotoksik va allergenlik xususiyatlarini namoyon qiladi. Oldini olish choralariga kumulyativlik xususiyatiga ega bo’lgan hamma turdagi pestitsidlarning atrof muhitda umuman bo’lmasligiga erishishni talab etadi.

Yüklə 6,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin