Talaba mashg‘ulot mavzusiga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirgan, mavzu bo‘yicha javobi to‘liq, turli manbalardan olingan qo‘shimcha ma‘lumotlarga boy, bilim hajmi dastur doirasidan chiqadi. O‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritadi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni to‘liq o‘zlashtirgan va qo‘shimcha adabiyotlar bilan
tanish. Mashg‘ulotda berilgan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli bajaradi. Vaziyatli masalalarni yechishda ijodiy fikrlaydi, aniq javob beradi va javobini mantiqan asoslaydi. Mavzu muhokamasi, munozaralarda faol qatnashadi, o‘z fikrini himoya qila biladi. Mavzu bo‘yicha odam
anatomiyasi, gistologiya biokimyo fanlaridan olgan bilimlarini umumlashtiradi, mustaqil xulosa va qaror qabul qila oladi.
Interaktiv o‘yinlarda faol va ijodiy qatnashadi.
Amaliy ko‘nikmalarni to‘liq egallagan, mavzuga oid olgan nazariy bilimlarini qo‘llaydi, Amaliy ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich to‘g‘ri amalga oshiradi, asoslaydi va tushunadi.
71-85 “yaxshi” Mavzu bo‘yicha talabaning javobi to‘g‘ri, dastur doirasida. O‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritadi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni yaxshi o‘zlashtirgan. Mashg‘'ulotda berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajaradi. Vaziyatli masalalarga to‘g‘ri javob beradi, asoslaydi. Mavzu muhokamasi, munozaralarda faol qatnashadi, o‘z fikrini himoya qila biladi. Interaktiv o‘yinlarda faol qatnashadi.
Amaliy ko‘nikmalarni to‘liq egallagan, mavzuga oid olgan nazariy bilimlarini qo‘llaydi, Amaliy ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich to‘g‘ri amalga oshiradi, asoslaydi va tushunadi.
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o‘zlashtirish, konspekt, referat yozish, ijodiy ishlash. Konspekt yozish. Konspekt mavzuning barcha savollarini qamrab olgan, tizimli bayon qilingan, foydalanilgan asosiy adabiyotlar va axborot manbalari ko‘rsatilgan.Referat tayyorlash. Talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma‘lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig‘gan, tahlil qilgan, tizimga solgan. Mavzu mohiyati ochilgan, faqat xulosasi bor. Ijodiy ishlash. Mashg‘ulotda berilgan vaziyatli masalalar, krossvordlar, organayzerlarni to‘g‘ri yechgan, javob asoslangan. Jadvallar to‘g‘ri to‘liq to‘ldirilgan.