Shifoxonada ovqatlanishni tashkil etish Shifoxonada ovqatlanish tartibinisog’liqni saqlash muassasasining bosh shifokori yoki uning o’rinbosari amalga oshiradi.
Shifokor dietolog qo’llanmalar asosida 7 kunlik ovqatlanish ratsionini tuzadi va bajarilishini nazorat qiladi shu bilan bir vaqtning o’zida dietolog-hamshirasining ishini hamda oshpazlar ishini nazorat qiladi.
Shifokor dietolog bilan hamkorlikda dietolog-hamshira menyu tuzadi va oshxonaning hamda ozuq-ovqat maxsulotlarining sanitariya holatini nazorat qiladi.
Bemorlami ovqatlantirish taomnoma asosida tashkil etilib, ular fiziologik ovqatlanish me’yorlari hamda parhezning turiga qarab tuziladi. Hozirgi kunda 16 ta parhezli ovqat turlari ishlab chiqilgan va ular davolash muassasalarida keng qo’lanmoqda. Ular quydagilar: “O” (Suyuq ovqat) - Oshqozon-ichak yo’li operatsiyasidan so’ng; №1 - Oshqozon va 12 barmoqlichak yarasi, gastritlar; №2 - Sekretor funksiyasi yetishmasligi, gastritlari; №3 - Oddiy tartibdagi qabziyatning buzilishi; №4 - Ichak kasalliklari; №5 - Jigar kasalliklari; №6 - Podagra - siydik kislotasiga oid kasallik; №7 - Buyrak kasalliklari; №8 - Semirish kasalligi; №9 - Qandli diabet kasalligi; №10 - Yurak-tomir kasalliklari; №11 - Sil kasalligi; №12 - Qon kasalligi belgilari; №13 - O’tkir yuqumli kasalliklar; №14 - Fosfaturiya kasalligi; №15 - Umumiy stol. Bemorlarning ovqatlanish sifatini gigiyenik baholash DPM lardagi shifokorlar ishining muhim bir qismi hisoblanib, bemorlarning ovqatlanishini tashkil qilish qoidalarini bilishi va bemorlarning ovqatlanish sifatini nazorat qilinganda ishtirok etishi zarur.
Tabiiy ovqatlanish – bu doimiy tartibda ovqatlanishdir. Shifoxonada ovqatlanish ratsioni kuniga to’rt maxal etib belgilanib: nonushta, tushlik, tolmachoy va kechki ovqat. Shifokor dietolog tomonidan ba’zan bemorlarning holatiga qarab kuniga 5-6 mahal oz-ozdan ovqat tanovul qilishlari buyuriladi.