Sun’iy oziqlantirish - tabiiy ravishda ovqatlanish mumkin bo’lmaganda xolatlarda yoki ovqatlanish etarli bo’lmaganda, og’iz bo’shlig’ini chetlab o’tib tanaga kiritishga aytiladi.
Sun’iy oziqlantirishshifokor tomonidan quyidagi hollarda buyuriladi: • yutinish harakatining buzilishida (insult);
• bemor uzoq vaqt davomida hushsiz yotganda;
• oshqozonda o’tkazilgan jarrohlik amaliyoti o’tkazilganda;
• jag’ning sinishida, qizilo’ngachning kuyishida yoki jarrohlik amaliyoti
o’tkazilganda;
Bemorlarning ovqatlanishi faqat organizmini zaruriy energiya bilan ta’minlash bo’libgina qolmay, balki muhim davolovchi parhezli ovqat sifatida qaralib, jarohatlangan organlar va sistemalarga ta’sir etib, ularning funksiyasi hamda strukturasini tiklanishiga yordam beradi. Shuning uchun davolovchi ovqatlanishning asosiy prinsiplari quyidalardan iborat:
-ovqat fiziologik to’la qiymatli bo’lishi;
-o’ziga xos terapevtik xususiyatga ega bo’lishi kerak.
Bu prinsiplarni ta’minlash uchun har qanday DPM da bemorlarning parhezli ovqatlantirish bo’yicha ishlar aniq yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak. Ovqatlanishni bunday tashkil qilishning prinsipial sxemasi quyidagilardan tashkil topgan bo’ladi: 1. Davolovchi shifokor bemorga tashhisga muvofiq diyeta tayinlaydi;
Bo’limning katta bekasi DPM ning oshxonasi uchun bo’lim bo’yicha belgilangan parhezlar ma’lumotlarini to’plab, oshxonaga jo’natadi;
Oshxonadagi diyetolog shifokor (yoki diyetolog yordamchi hamshirasi) diyeta stollarga muvofiq taomnomalarning tayyorlanishini nazorat qiladi;
Oshxona xodimlari esa, buyurilgan diyeta stollari bo’yicha talab etilgan miqdorda parhezli ovqatlarni tayyorlaydi va bo’limlarga tarqatadi;
Bo’limlarda bemorlarni ovqatlanishini bemorning holatiga muvofiq palatada
yoki bo’limdagi oshxonada tashkil etiladi.
Ko’rsatilgan sxemaga muvofiq shifokor bajaraolishikerak: 1. Patologiya turi va bemorning umumiy holatiga qarab parhez stolni to’g’ri tanlashni;
2. Ovqatlanishning asosiy prinsiplarini hisobga olib taomnomani tuzishda fiziologik to’la qiymat va terapevtik xususiyatlarni;
3. Ovqatxonaning sanitar holatini (ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoitlari va to’la qiymatliligini);
4. Taomlarning tayyorlanishi va tarqatilishini hamda bevosita shifoxona bo’limlarida bemorlarni ovqatlantirishni tashkil etilganligini nazorat qilishni.
Ko’rsatilgan holatlarni hisobga olib talabalarga "DPM larda bemorlarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning sifatini nazorat qilish" mavzusida mustaqil ishlarini bajarish tavsiya etiladi. Bunda har bir talaba yozma hisobot tayyorlaydi, hisobotga ma’lumotlar kiritilishi kerak.