O‘zbekiston respublikasi sog‘



Yüklə 6,73 Mb.
səhifə11/35
tarix20.11.2023
ölçüsü6,73 Mb.
#133406
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
2. gigiyena Uslibiy qo\'llanma

Nazorat savollari:

  1. Mashg’ulot mavzusi bo’yicha loyihalar ustida ishlash;

  2. Davolovchi ovqatlanish haqida tushuncha;

  3. Davolovchi ovqatlanishning asosiy prinsiplari;

  4. Oqilona ovqatlanishga bo’lgan asosiy gigiyenik talablar;

  5. Shifoxona oshxonasida ovqat tayyorlash tartibi va uni tarqatish usullari;

  6. Shifoxona oshxonasidagi jihozlarga qo’yiladigan gigiyenik talablar.


ORGANIZMNING VITAMINLAR BILAN TA’MINLANGANLIGINI
O’RGANISH VA BAHOLASH
Vitaminlar organizmdagi metabolizm jarayonlarini boshqarib turishda muhim rol o’ynaydi. Ularning oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida yetishmasligi organizm funksiyalarining chuqur va ko’p hollarda uzoq muddatlarda ishdan chiqishiga sababchi bo’ladi. Odamning ovqat ratsioni tarkibida ularning miqdor jihatdan juda kam bo’lishiga qaramasdan organizmda bir qator muhim vazifalarni bajaradi.
Vitaminlar tabiati bo’yicha ikki guruhga yog’da va suvda eruvchi guruhlarga bo’linadi.
Yog’da eruvchi vitaminlar manbalariga quydagilar kiradi: sut va sut mahsulotlari, sariyog’, o’simlik yog’lari, go’sht va go’sht mahsulotlari hisoblanib, bu mahsulotlarda vitaminlar yog’da erigan holda uchraydilar.
Suvda eruvchi vitaminlar manbalariga quydagilar kiradi: sabzavotlar va mevalar hisoblanadi (C- vitamini, provitamin A, vitamin RR va b.q.), hamda don mahsulotlari, drojjalar (B guruhidagi vitaminlar).
Ayrim vitaminlar odam organizmida yetarli sharoitlar mavjud bo’lsa sintezlanish xususiyatiga ega (mas., vit. D - badan terisiga UBN ta’sir etganda), vitamin A- organizmga karotin iste’mol qilinganda, vitamin B12- ichaklardagi floralar normal funksiya bajarganda). Organizmga vitaminlar yetarli miqdorda tushmaganda yoki sintezlanmaganda gipovitaminoz holati yuzaga keladi, vitaminlarning amalda to’liq tushmasligi oqibatida avitaminoz holati kuzatiladi. Hozirgi vaqtda aholi o’rtasida ko’pincha poligipovitaminoz holatlari qayd qilinadi, ammo gipovitaminozlar ichida eng ko’p uchraydigani C gipovitaminozidir. Bu birinchi navbatda boshqa vitaminlarga qaraganda organizmning "C" vitaminiga bo’lgan ehtiyoji yuqoriroq bo’lsa, ikkinchidan ovqat mahsulotlariga noto’g’ri termik ishlov berilishi natijasida ular parchalanib ketishi mumkin. O’rta yoshdagi odam organizmi uchun "C" vitaminiga bo’lgan kunlik ehtiyoj 60-120 mg gachani tashkil qiladi.
Hozirgi kunda butun Dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etiladigan organizm organlarining jarohatlamay aniqlanadigan tekshirish usullaridan foydalanishni ta’kidlab o’tish lozim. Bunday tekshirish usullariga oddiy biokimyoviy va fiziologik tekshirishlar bilan bir qatorida organizmning C- vitaminiga bo’lgan ehtiyojini qanday qondirilayotganligini tekshirish usullarini kiritish mumkin.

Yüklə 6,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin