Organoleptik ko’rsatkichlar: Tashqi ko’rinishi - quruq parda bilan qoplanib, shilimshiq izlari bo’lmasligi, kulrang, ko’kimtir dog’lar bo’lmasligi kerak. Kesilganda uning rangi qizil, hidi o’ziga xos, konsistentsiyasi - qo’l barmog’i bilan bosib ko’rilganda hosil bo’lgan chuqurcha tezda o’z holiga qaytishi kerak. Go’shtning yangiligi pichoqni qizdirib aniqlanadi. Qizdirilgan pichoq bilan go’sht suyagigacha kesiladi. Agar go’sht yangi bo’lsa, yoqimli hid keladi, eski go’sht bo’lsa, yoqimsiz hid. Go’shtda ammiakni Nessler usulida aniqlash Go’shtdan tayyorlangan suvli ekstraktda ammiak, ammoniy tuzlari bo’lsa Nessler reaktivi qo’shilganda sariq rang hosil bo’ladi. Aniqlash yo’li: Tekshiriluvchi go’shtdan 10 gramm kesib olinib, maydalanadi. Yassi tubli kolbaga go’sht solinadi va unga 10ml distillangan suv qo’shiladi, chayqatilib 10 daqiqaga qoldiriladi. Hosil bo’lgan eritma filtr qog’ozi yordamida filtrlanadi. Olingan filtrga 5 tomchi Nessler reaktivi qo’shiladi. Agar ammiak bo’lsa, rangi sarg’imtir tus oladi. Bankali konservalarning sifatligini tekshirish Bankali konservalar, konservatsiya qilinish turlariga muvofiq haqiqiy konservalar yoki zahira mahsuloti sifatida foydalanishga chiqariladi. Haqiqiy konservalar germetik berkitilgan idishlardagi sterilizatsiyadan o’tkazilgan ovqat mahsulotlaridir. Prezerv yoki zahira konservalar sterilizatsiya qilinmagan mahsulotlardir (kilka, seld). Konservalar go’shtli, baliqli, sabzavotli yoki mevali bo’lishi mumkin. Konservalarni tekshirish qanday qadoqlanganidan boshlanadi (yorliqlarning bor-yo’qligi, qopqoqlardagi maxsus belgilarni o’qish). Konservalarning tashqi ko’rinishiga e’tibor berilganda uning tublarining holati yaxshilab kuzatilishi kerak, chunki sifatsiz konserva bankalarining tublari shishib qoladi. Konserva bankalarining tublarining shishib qolishi bombaj deyiladi. Bombaj soxta va chin bo’ladi. Chin bombaj mikrobli va kimyoviy bo’ladi. Mikrobli (haqiqiy) bombaj- mikroorganizmlarninghayotfaoliyatlarinatijasidahosilbo’ladigangazlar (vodorodsulfid, ammiak, metan, CO2) hisobigabo’lishimumkin.