3-rasm. Sutning organoleptik xususiyatlarini tekshirish 2. Sutning zichligini aniqlashda bajariladigan bosqichlar: - Silindr idishining 3/4 qismiga sut solish - Idish devoriga tegizmay laktodensimetr asbobini silindr ichiga tushirish. - Asbobning yuqori shkaladagi ko’rsatkichi (yuqoridagi sutning haroratini bildiradi) olish - Asbobning pastki shkaladagi ko’rsatkichini (pastdagisi sutning zichligini bildiradi) olish; - Olingan raqamlar asosida sutning zichligini aniqlash (4-rasm).
4-rasm. Sutning zichligini aniqlash Sutning kislotaligini aniqlashdagi bajariladigan bosqichlar:
Kolbaga 10 ml distillangan suv qo’shish va uni yaxshilab chayqatish;
Hosil bo’lgan eritmani filtr qog’ozi yordamida filtrlash;
Olingan filtratga 5 tomchi Nessler reaktivi tomizish;
Eritmaning rangi o’zgarishiga qarab ammiak borligini aniqlash (sarg’imtir rang).
Mavzuga oid vaziyatli masalalar Tuman shifoxonasining oziq-ovqat blokiga kechqurun sog’ilgan sut flyagalarda keltirildi. Sut oq rangli, hidlab ko’rilganda undan oz-moz go’ng hidi kelardi. Ta’mi, konsistentsiyasi odatdagidek. Sut quyib qo’yilgan stakan tubida tuproq zarrachalari bo’lgan cho’kma bor. Sutning zichligi 1,024, yog’ miqdori 2,9%, kislotaligi 170T, kraxmal aralashmasi bor. Sutni bemorlar ovqatida foydalanish mumkinligi haqida xulosa bering.
Tunuka konserva bankalarini ko’zdan kechirganda tashqi yon yuzasida chuqur ezilgan joy qayd etilgan. Bankaning bir tubi oz-moz ko’tarilgan, bosilganda osonlikcha ichiga botadi va darhol asli holiga qaytmaydi. Banka germetik yopilgan, zang izlari yo’q. Konserva bankasining sifatini baholang.
Pioner lageri oziq-ovqat blokiga tuman oziq-ovqat idorasidan mol go’shti keldi. Hujjatda mol jarohatlanganligi tufayli majburan so’yilganligi ko’rsatilgan. Veterinariya nazoratining go’shtni realizatsiya qilishga ruxsat etilgan ma’lumotnomasi bor. So’yilganiga 2 kun bo’lgan. Go’shtning rangi to’q qizil, kesilgan yuzasi yaltiroq, nam, qayishqoqligi normal, yangi go’sht hidi kelib turibdi, to’qima yog’i oq, qattiq. Qaynatilganda bulyoni tiniq, yoqimli hidga ega. Bu go’sht bolalar uchun taomlar tayyorlash uchun yaroqlimi?
Tuman kasalxonasining oziq-ovqat blokiga sut flyagalarda keltirildi. Sut kechqurun sog’ilgan edi. Sut oq rangli, sutni hidlab ko’rilganda hidi o’ziga xos, biroq biroz achimtirKoq hidli. Ta’mi, konsistentsiyasi odatdagidek. Sut quyib qo’yilgan stakan tubida cho’kma bor. Sutning zichligi 1,027, yog’ miqdori 2,8%, kislotaligi 250T, kraxmal aralashmasi bor. Sutni bemorlar ovqatida foydalanish mumkinligi haqida xulosa bering?