O‘zbekiston respublikasi sog‘


OVQATDAN ZAHARLANISHLAR VA ULARNI OLDINI



Yüklə 6,73 Mb.
səhifə25/35
tarix20.11.2023
ölçüsü6,73 Mb.
#133406
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
2. gigiyena Uslibiy qo\'llanma

OVQATDAN ZAHARLANISHLAR VA ULARNI OLDINI
OLISH CHORALARI
Оvqatdan zaharlanishlar deb, ko’pincha o’tkir va ayrim hollarda surunkali tarzda kelib chiqadigan va sifatsiz ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish orqali kuzatiladigan kasalliklarga aytiladi. Etiologik sabablariga ko’ra ular quyidagi guruhlarga bo’linadilar:

  1. Bakteriyalar ishtirokida kelib chiqadigan ovqatdan zaharlanishlar.

Toksikozlarbotulizm. Hayvon va baliq chiqindilari tarkibida botulizm tayoqchasi tuproq va suv muhitiga tushadi. Botulizm toksinini hosil bo’lishi uchun uchun eng muvofiq sharoit – anaerobli muhitdir. Shuning uchun botulizmning kelib chiqishida go’sht mahsulotlari (kolbasa, konservalar), baliq mahsulotlari (sursitilgan va dudlangan baliq), uy sharoitida tayyorlangan mevali va sabzavotli konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilish bilan bog’liqdir.
Kasallikning inkubatsion davri: Ikki soatdan 10 kungacha, ko’pincha 12-36 soat kasallik klinikasida asosan nervparalitik holatlar ko’proq kuzatiladi.
Ko’rish funksiyasining buzilishi: Ko’z oldi qorong’ilashishi, ko’zda to’r parda hosil bo’lishi sezgisi, buyumning ikkita bo’lib ko’rinishi, yorug’likka bo’lgan refleksining yo’qolishi, ko’z qorachig’ining kattalashishi va har xilligi, yumshoq tanglayning falajlanishi, til, yutqun, xiqildoqlarning falajlanishi, so’zlarning, chaynash, yutish jarayonlarining izdan chiqishi, oshqozon-ichak yo’li mushaklarining parezi (ichqotish, meteorizm) kuzatiladi. Tana harorati me’yorida yoki me’yoridan past bo’lib, puls tezligi oshib ketadi.
Davolanishning maxsus usuli bo’lib, bemorga yarimvalentli zardob yuboriladi. Botulizm zaharining borligini aniqlash uchun biologik namuna qo’yiladi. Bu maqsadda dengiz cho’chqasi yoki sichqonlardan foydalaniladi.
Stafilokokkli toksikozlar – kasallik manbai – odam (angina, yuqori nafas yo’llarining yallig’lanishi, yiringli kasalliklar, teri yarasi, sigirlarda mastit kasalligi) hisoblanadi. Stafilokokk toksinining hosil bo’lishi uchun qulay sharoitlar quyidagilardan iborat: sut, sut mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, ayniqsa yog’li baliq konservalar. Kasallikning yashirin davri 1-6 soat. Tana harorati subfebril bo’lib, ko’ngil aynish, qusish, oshqozon sohasida og’riq, ich ketish hollari kuzatiladi. Kasallikka tashhis qo’yish uchun shubhali ovqat mahsuloti muhitiga o’xshaganda ko’p miqdorda enterotoksin ishlab chiqarilishiga va uning gemolitik xususiyatiga ko’ra qo’yiladi. Enterotoksin xususiyatini aniqlash uchun biologik namuna qo’yiladi.

Yüklə 6,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin