1-guruh - deyarli aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchilar (korxona va muassasa rahbarlari, pedagoglar, ilmiy xodimlar, ayrim turdagi tibbiy xodimlar);
2-guruh - yengil jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchilar (injener-texnik xodimlar, avtomatlashtirilgan korxona ishchilari, tikuvchilar, aloqa xodimlari, hamshiralar, sanitarkalar va b.);
3-guruh - o’rtacha og’irlikdagi jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchilar (stanoklarda ishlovchilar, slesarlar, kimyoviy korxona ishchilari, to’qimachilik korxonalari ishchilari, haydovchilar, jarrohlar, oziq-ovqat do’konlari sotuvchilari);
4-guruh – og’ir jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchilar (quruvchilar, qishloq xo’jaligidagi ishchi va xizmatchilar, mexanizatorlar, neft va gaz sanoati korxonalari ishchilari, metallurglar);
5-guruh - faqat erkaklar uchun bo’lib, o’ta og’ir jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchilarni o’z ichiga oladi (yer osti konlarida ishlovchilar, g’isht teruvchilar, yuk tashuvchilar, beton quyuvchilar, yer qazuvchilar va h.k.).
Nazorat savollari:
Oqilona ovqatlanish haqida tushuncha?
Oqilona ovqatlanishga bo’lgan gigiyenik talablar;
Ovqatlanishning fiziologik me’yorlari;
Turli aholi guruhlarining oqilona ovqatlanishining me’yorlari;
Ovqatlanishning adekvatligini o’rganish usullari;
Talabalarning ovqatlanishini adekvatligini o’rganish va baholash;
Ovqatlanishning fiziologik me’yorlari qaysi aholi guruhlari uchun ishlab chiqilgan?
Shifoxonada terapevtik bemorlarning kunlik ovqat ratsionidagi ovqat tarkibidagi moddalarni o’rtachasi qancha.
BEMORLARNING OVQATLANISHINI TASHKIL QILISH
VA UNING GIGIYENIK NAZORATI
Ovqatlanish insonning asosiy ehtiyojlaridan biri bo’lib, inson organizmida turli xil jarayonlar (qabul qilish, hazm qilish, so’rilish jarayoni, organizmda assimilyatsiya va disimiliyatsiya jarayonlari) amalga oshib, oqsillar, yog’lar, uglevodlar, minerallar, vitaminlar, suv va boshqa moddalarning so’rilishi hamda (oqsillar, yog’lar, uglevodlar,) parchalanishi natijasida energiya xosil bo’ladi. Hosil bo’lgan energiya insonlarning jismoniy, aqliy, jinsiy va fiziologik xolatlari uchun sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: |