O‘zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi pedagogika


Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə16/54
tarix12.01.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#122174
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
O‘zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent fa

Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni. Masjid va xonaqohlar qoshida ochilgan maktablarda faqat o‘g’il bolalar o‘qitlgan. Qiz bolalar o‘z davrining o‘qimishli ayollari tomonidan uylarida ochilgan maktablarda o‘qitlgan. Ayol muallimani o‘lkaning turli hududlarida “otnoyi”, “otnbibi”, “bibiotn”, “bibixalifa” deb ataganlar. Qizlar maktabi o‘g’il bolalar maktablariga nisbatan ancha kam bo‘lgan, ko‘p hollarda maktabdorlarning, imomlarning xotnlari maktabdorlik qilgan. Qizlar maktabi haqida K.E.Bendrikov “Turkistonda xalq maorifi tarixidan ocherklar” asarida quyidagilarni yozadi: “Qizlar ishqiy maktublarga berilmasinlar deb, qizlar maktabida yozuvga o‘rgatlmagan”. Professor U.Dolimovning fikricha, bu so‘zlar haqiqatdan ancha yiroq. O‘zbek xalqi – o‘tmishda eng ko‘p shoiralar etshtrgan xalq, agar yozuvga o‘rgatlmaganida edi, podshohlar saroyiga mansub bo‘lgan Gulbadanbegim, Zebunisobegim, Nodirabegimlarni qo‘ya bering, XIX asrning o‘zida Uvaysiy, Mahzuna, Dilshodi Barno, Muazzamxon, Muattarxon, Anbar otn, Qamarniso, Nozimaxon kabi o‘nlab mashhur shoiralar qaerdan etshib chiqqan?!
O‘rta Osiyoda faoliyat yuritgan qizlar maktabining yirik namoyondalaridan biri – Jahon Otn Uvaysiydir. O‘zining butun faoliyat davomida xalqimiz orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishga harakat qilgan Jahon otn xalqimizning oqila qizlarini tarbiyalash, go‘zal hayotga erishishning birdan-bir yo‘li deb o‘ylab, o‘zining butun umrini yosh qizlarga talim-tarbiya berish bag’ishladi.
O‘z maktabida qizlarga boshlang’ich talim berar ekan, Jahon Otn ularning zehnini o‘strishga katta ahamiyat beradi. Otn o‘z shogirdlariga savod o‘rgatbgina qolmay, ular orasidan iqtdorli qizlarni tanlab sharq sheriyat bilan tanishtradi. Qizlarni nazm bo‘stoniga etaklaydi.
Atoqli zullisonayn shoira Dilshodi Barno 50 yildan ortq muallimalik qilib, qizlarga xat-savod o‘rgatdi, tabi nazm qizlarga sheriyat ilmidan dars berdi.
Dilshod o‘z maktabida yosh qizlarni tarbiyalar, ularga xat-savod o‘rgatar va ularni chuqur bilim egasi qilib chiqarishga intlar edi. Shu bilan birga, yosh istedodli qizlarga o‘zbek, tojik mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarini ham o‘rgatar va ularni nafosat ruhida tarbiyalab, o‘z zamonasining ilg’or kishilari qilib etshtrishga harakat qilgan.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin