O‘zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent fa
2-chizma boshqaruvlar sistemasi sifatida ham, o‘qitish haqiqiy jarayoni sifatida ham ishtirok etadi.
“Pedagogik texnologiya” tushunchasi ta’lim amaliyotida uchta tartib bilan bir-biriga bog‘liq darajalarda ishlatiladi:
Mazkur darajalarga to‘liq izoh beriladigan bo‘lsa, umumpedagogik (umumdidaktik) daraja: umumpedagogik (umumdidaktik, umum-tarbiyaviy) texnologiya ta’limning ma’lum bosqichida ushbu hudud, o‘quv yurtida yaxlit ta’lim jarayonini ifoda etadi. Bu yerda pedagogik texnologiya pedagogik tizimga o‘xshashdir: unga o‘qitishning maqsadlari, mazmuni, vosita va metodlari to‘plami, faoliyat obyekti va subyekti algoritmi kiradi.
Xususiy metodik (fan) darajasi: xususiy metodik pedagogik texnologiya «xususiy metodik» ko‘rinishida qo‘llaniladi, ya’ni bir fan, sinf, o‘qituvchi doirasida o‘qitish va tarbiyalash ma’lum mazmunini amalga oshirish uchun metodlar va vositalar to‘plami sifatida ishlatiladi.
3-chizma Lokal (modulli) darajasi: lokal texnologiya o‘quv-tarbiyaviy jarayonning alohida qismlari, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalarni hal etish texnologiyasidan iborat (alohida turdagi faoliyat, tushunchalar shakllantirish, alohida shaxsiy sifatlarni tarbiyalash, dars texnologiyasi, materiallarni takrorlash va tekshirish texnologiyasi, mustaqil ishlar texnologiyasi va boshqalar).
Pedagogik texnologiya haqidagi tushunchalardan texnologiya o‘quv jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, uning tuzilishi, vositasi, metodlari va shakllari bilan yaqin bog‘liqligini ta’kidlab o‘tilgan edi. Shu nuqtayi nazardan pedagogik texnologiya tuzilishiga quyidagilar kiradi:
1. Кonseptual asosi.
2. O‘qitishning mazmunli qismi:
o‘qitish maqsadlari – umumiy va xususiy, aniq;
o‘quv materiali mazmuni.
3. Protsessual qismi – texnologik jarayon:
o‘quv jarayonini tashkil etish;
o‘quvchilar o‘quv faoliyati metodlari va shakllari;
materiallarni o‘zlashtirish jarayonini boshqarish bo‘yicha o‘qituvchining faoliyati;
o‘quv jarayoni diagnostikasi.
Har qanday pedagogik texnologiya ba’zi bir metodologik talablarga yoki texnologik mezonlariga javob bera olishi kerak. Pedagogik texnologiyalarning asosiy sifatlari quyidagilarda ifoda etiladi:
Кonseptuallik. Har bir pedagogik texnologiyaga ta’lim maqsadlariga erishish falsafiy, psixologik, didaktik va ijtimoiy-pedagogik asoslarini ichiga oluvchi ma’lum ilmiy konsepsiyaga tayanish xos bo‘lishi kerak.
Tizimlilik. Pedagogik texnologiya sistemalilik belgilariga ega bo‘lishi kerak: jarayonning mantiqi, uning hamma qismlari bog‘liqligi, yaxlitligi.
Boshqariluvchanligi o‘qitish jarayoni diagnostik maqsadni ko‘zlash, rejalashtirish, loyihalashtirish, bosqisma-bosqich diagnostika qilish, natijalarni tuzatish maqsadida vosita va metodlarni o‘zlashtirish mumkinligini ko‘zda tutadi. Samaraliligi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar aniq sharoitlarda mavjud natijalar bo‘yicha samarali, xarajatlar bo‘yicha optimal bo‘lishi, o‘qitishning ma’lum standartiga erishishni kafolatlashi kerak (ya’ni 70% foizdan ortiq o‘quvchilar «yaxshi» bahoga va «a’lo» bahoga o‘qishlari kerak, bu esa agarda sinfda 25 ta o‘quvchi bo‘lsa – shundan 19 tasi deganidir). Qayta yangilanishi pedagogik texnologiyani boshqa bir turdagi ta’lim muassasalarida, boshqa subyektlar bilan qo‘llanilishini (takrorlanishini, qayta tiklanishini) nazarda tutadi.
4-chizma
8-MAVZU: TA’LIM (PEDAGOGIK) TEXNOLOGIYALARI VA PEDAGOGIK MAHORAT ASOSLARI (2SOAT)
Reja:
1.Pedagogik mahorat haqida tushuncha.
2.Pedagogik qobilyatlar va pedagogik texnika haqida tushuncha.