O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Kasallanishning yillik dinamikasini tahlil qilish uslubi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Kasallanishning yillik dinamikasini tahlil qilish uslubi 
 
1.  Kasallanishning  oylik  dinamikasini  aniqlash.  Bunda  kasallanishning 
o’rtacha ko’p yillik intensiv ko’rsatkichlari ularning ishonch chegarasi ehtimollik 
miqdori bilan har xil o’zgaruvchanligida qo’llaniladi (095; 099; 099,5). 
Kasallanishning  o’rtacha  oylik  dinamikasining  ko’rsatkichlari  quyidagicha 
aniqlanadi: 


 
108 
          ∑y 
Y= 
            n     bunda: 
U- ko’p yillik kasallanish darajasining o’rtacha miqdori. 
∑y - yillar davomidagi bir oylik kasallanishlar ko’rsatkichining yig’indisi. 
n - tekshirilayotgan yillar soni.  
O’rtacha  arifmetik  ko’rsatkich  chegarasi  0,99  ehtimollik  darajasi  bilan 
quyidagi formuladan topiladi: 
U + 2,6 m , bunda 
m - o’rtacha arifmetik ko’rsatkichning o’rtacha xatoligi. 
2,6 - 0,99 ehtimollik darajasiga mos kelgan koeffitsent. 
O’rtacha xatolik quyidagi formulaga asosan hisoblanadi: 
             u 
 m =   
           √ n      bunda: 
u - o’rtacha kvadrat siljish. 
n  -  tekshirilayotgan  ko’rsatkichlar  soni.  Bunday  o’rtacha  ko’p  yillik 
kasallanish darajasining har oylik aniqlanish usuli, 7 yildan kam bo’lmagan davrni 
o’z ichiga oluvchi  kasallanishning o’sish sur’atini tahlil qilishda qo’llaniladi. 
2.  Tekshirilayotgan  yillar  soni  ko’p  bo’lganda,  ko’p  yillardagi  har  oylik 
ko’rsatkichi sifatida, berilgan sharoitda ko’proq  ma’lumotga ega bo’lgan mediana 
ko’rsatkichdan foydalaniladi. 
Mediana kasallanishning o’rtacha oylik ko’rsatkichlarini o’sib boruvchi (yoki 
kamayib boruvchi) ketma - ketlikda joylashtirish yo’li bilan aniqlanadi. 
Variant soni (n) toq  bo’lganda, mediananing tartib raqami,       
        n + 1 
    
            2         qonun bo’yicha aniqlanadi. 
Variant  soni  juft  bo’lganda,  mediananing  tartib  raqamini  qator  markazida 
joylashgan ikkita variantning o’rtacha qiymati shaklida aniqlanadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin