O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


III.  Epidemiologik  tajriba  (eksperimental)  usullari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

III.  Epidemiologik  tajriba  (eksperimental)  usullari.  Eksperimental 
epidemiologiya,  epidemiologik  tajribaning  epidemiologik  kuzatuvdan  farqi 
shundaki,  epidemiologik  tajribada,  epidemik  jarayonning  tabiiy  yoki  o’z  holicha 
rivojlanishiga  qo’shimcha  ravishda  ta’sir  qiluvchi  biron  hodisa  qo’shilishi  tufayli 
epidemik jarayonning rivojlanishida sodir bo’ladigan o’zgarishlar tushuniladi. 
Epidemiologik  tajriba  o’tkazish  maqsadida  aholi  o’rtasida  yuqumli 
kasalliklarni  sun’iy  ravishda  tarqatish  mumkin  emas,  bunday  tajribaga  ruxsat 
berilmagan, ammo epidemiologik tajribalar biron bir falokat yoki fojia tufayli yuz 
beradigan  hollarda  o’tkazilishi  mumkin.  Bunday  tajribalarga  Chernobilda 
(Belorusiya,  1993  y.)  yuz  bergan  atomelektr  stansiyasi  falokatida  nurlar  ta’sirida 
kasallangan bemorlar ustidan olib borilgan epidemiologik tajribalar yoki Xirosima 
shahrida  (Yaponiya,  1946  y.)  qo’llanilgan  yadro  quroli  ta’sirida  paydo  bo’lgan 
bemorlar ustidan olib borilgan tajribalar misol bo’la oladi. 
Epidemiologik  tajriba  o’tkazish  natijasida  epidemik  jarayonning  kelib 
chiqishi va tarqalishidagi sababiy bog’lanishlar aniqlanadi. 
Epidemiologik  tajriba  ba’zan  epidemik  jarayonga  o’xshash  jarayonni  sun’iy 
yo’l bilan paydo qilish tufayli ham sodir bo’lishi mumkin. 
Masalan, yuqumli ichak kasalliklari qo’zg’atuvchilarining odam organizmida 
va tashqi muhitda qanday tarqalishini o’rganish maqsadida sog’lom kishilarga "M-
17"  markali  bakteriya  yoki  bakteriofag  ichiriladi  va  keyinchalik  bu 
bakteriyalarning sog’lom kishilar organizmida va tashqi muhitda tarqalish yo’llari 
kuzatiladi. 
Epidemiologik  tekshiruvlar  natijasida  olingan  ma’lumotlarning  aniqligi 
tekshirish  o’tkazilayotgan  aholi  guruhlari  va  taqqoslash  uchun  olingan  aholi 


 
27 
guruhlarining  bir-biriga  tekshirilayotgan  belgidan  tashqari  hamma  belgilarning 
qanchalik o’xshashligiga bog’liq. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin