O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Epidemiologik diagnozning bosqichlari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

 
Epidemiologik diagnozning bosqichlari. 
Epidemiologik diagnoz dastlab shu diagnozning mohiyatini, maqsadini va hal 
etiladigan  masalalarni  aniqlab  olishdan  boshlanadi,  keyinchalik  epidemiologik 
diagnoz qo’yish dasturi va qilinadigan ishlar hajmi aniqlanadi (9 -jadval). 
 
9-jadval 
Epidemiologik diagnozning bosqichlari 
 
Epidemiologik diagnozning mohiyatini, maqsadini, hal qilinadigan 
masalalarni aniqlab berish 
Epidemiologik diagnoz 
qo’yish dasturini va 
qilinadigan ishlar hajmini 
aniqlash 
Kerakli ma’lumotlarni 
to’plash uchun lozim 
bo’ladigan jadvallarni 
tayyorlash 
Kerakli ma’lumotlarni 
to’plash 
 


 
33 
To’plangan ma’lumotlarni guruhlarga 
ajratib o’rganish 
To’plangan ma’lumotlarni statistika 
nuqtai-nazaridan qayta ishlash 
To’plangan ma’lumotlar asosida fikr yuritish va epidemik jarayonga xos 
bo’lgan belgilarni aniqlash, kasallikning kelib chiqishi va tarqalishidagi 
asosiy sabablar haqidagi ilmiy farazni shakllantirish 
Epidemiologik diagnozni asoslash 
 
Kasallikni kelajakda qanday 
darajada uchrashi mumkinligi 
to’g’risida prognoz berish 
 
Epidemiologik  diagnozning  keyingi  bosqichi  bu  kerakli  ma’lumotlarni 
to’plash bo’lib, buning uchun maxsus jadvallar tayyorlanib, shu jadvallarga kerakli 
ma’lumotlar  yoziladi  va  bu  ma’lumotlarni  keyinchalik  guruhlarga  ajratilib 
statistika  nuqtai  nazardan  qayta  ishlanadi  va  shu  ma’lumotlar  asosida 
diagrammalar tayyorlanadi. 
Epidemiologik  diagnozning  keyingi  bosqichi  bu  to’plangan  ma’lumotlar 
asosida  fikr  yuritib,  epidemik  jarayonga  xos  bo’lgan  belgilarni  aniqlash,  ushbu 
kasallik  kelib  chiqishi  va  tarqalishidagi  asosiy  sabablar  haqidagi  ilmiy  farazni 
shakllantirish  va  shu  ma’lumotlarga  asoslanib  kasallikning  kelajakda  qanday 
darajada uchrashi mumkinligi to’g’risida prognoz berishdir. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin