O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Bemorni shifoxonadan chiqarish tartibi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Bemorni shifoxonadan chiqarish tartibi 
 
Vabo  bilan  kasallangan  bemorlar  (vibrion  tashuvchilar)  regidratatsion  va 
etiotrop  davolash  kursi  yakunlanganidan  so’ng  sog’ayib,  bakteriologik 
tekshiruvlarda manfiy natijalar olingandan keyingina shifoxonadan chiqariladi. 
1.  Shifoxonadan  chiqarishdan  oldingi  bakteriologik  tekshirish,  antibiotiklar 
bilan davolash tugallangandan so’ng 24-36 soat o’tgach amalga oshiriladi. 
Bakteriologik tekshirish tartibi: 
-  oziq-ovqat  sanoati  xodimlari  va  unga  tenglashtirilganlar  uchun  najas  3 
marta, safroning V va S porsiyalari esa bir marta tekshiriladi. 
2.  Vabo  kasalligini  (vibrion  tashuvchilikni)  boshidan  o’tkazgan  bemor 
kasallik tarixidan ko’chirmani shifoxonaning bosh vrachi bemor yashash joyidagi 
hududiy davolash muassasasi (shifoxona, poliklinika) mudiriga yuboradi. 
3. Kasallik tarixidan ko’chirmada quyidagilar ko’rsatiladi: 
-  asosiy  va  qo’shimcha  kasalliklarning  klinik  (degidratatsiya  darajasini 
ko’rsatish bilan) va bakteriologik tekshirish diagnozi; 
-  olib  borilgan  davolash  ko’rsatkichlari,  bemorni  shifoxonadan  chiqarishdan 
oldin bajarilgan barcha tekshirishlar natijalari
-  bemorning  shifoxonadan  chiqarish  vaqtidagi  klinik  xarakteristikasi  va 
dispanser nazorati zarurligi to’g’risida ko’rsatma. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin