O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Axborot uchun ma’lumot 
Yuqumli  kasalliklarning oldini olish  va  epidemiyaga  qarshi kurashish chora-
tadbirlar usuli. 
Epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlar  bu  hozirgi  zamon  ilm-fanining 
rivojlanishiga  asoslanib  tuzilgan  va  yuqumli  kasalliklarning  oldini  olishga 
qaratilgan  chora-tadbirlar  yig’indisidir.  Yuqumli  kasalliklarning  oldini  olishga 
qaratilgan  chora-tadbirlarni  profilaktik  tadbirlar  deyiladi,  epidemik  o’choqni 
yo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlar esa epidemiyaga qarshi qaratilgan tadbirlar 
deyiladi. 
Bunday  aniqlash  nisbiy  bo’lib,  haqiqatda  esa  barcha  guruhdagi  tadbirlar 
kasalliklarning  oldini  olishga  qaratilgan  bo’ladi.  Profilaktik  chora-tadbirlar  bu 
kelajakda  yuqumli  kasalliklarning  faqatgina  oldini  olish  bo’lmay,  balki 


 
36 
kasalliklarning 
kamayishini 
ham  taqozo  qiladi.  Epidemiya  o’chog’ida 
qo’llaniladigan chora-tadbirlar o’z ichiga profilaktik tadbirlarni ham oladi, chunki 
u  yuqumli  kasallik  tarqalgan  joyda  yangi  kasalliklarning  oldini  olishga 
qaratilgandir. 
Turli  mualliflar  epidemiyaga  qarshi  qaratilgan  chora-tadbirlar  ro’yxatini, 
uning  tarkibiga,  har  bir  qo’llaniladigan  tadbirlarning  yo’nalishiga  va  bo’lingan 
guruhlarga asosan qo’llaydilar. 
Epidemiyaga  qarshi  kurashish  xizmatining  tarkibiga,  ba’zida  turli 
epidemiyaga 
qarshi 
qaratilgan  chora-tadbirlar  tavsiya 
qilingani  tufayli 
epidemiologik  diagnostika  yoki  epidemiyaga  qarshi  kurashishni  boshqarish  ham 
epidemiyaga  qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatiga kiradi. 
Shunday  qilib,  epidemiyaga  qarshi  qaratilgan  diagnostik  yo’nalishlar 
quyidagicha: 
sanitariya-epidemiologik 
kuzatishlar, 
epidemiologik 
tahlil 
(retrospektiv  va  operativ),  epidemiya  o’chog’ida  olib  boriladigan  epidemiologik 
tekshirish, ularni boshqarish, epidemiyaga qarshi kurashishni tashkil qilish, chora-
tadbirlarni 
rejalash, 
sanitariya 
va 
epidemiologiya 
muassasalari 
va 
mutaxassislarining ish sifatini aniqlash. 
Epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlarning  mazmuni,  guruhi  asosiy  ahamiyatga 
ega.  Epidemiyaga  qarshi  qo’llaniladigan  chora-tadbirlar  epidemik  jarayonning 
rivojlanishi uchun shart bo’lgan uchta omilga qaratilgan bo’lishi lozim (10-jadval). 
10-jadval  

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin