O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Zoonoz kasalliklar qo’zg’atuvchilarining manbai



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

 
Zoonoz kasalliklar qo’zg’atuvchilarining manbai 
 
Asosiy  xo’jayin  hisoblangan  hayvonlarda  zoonoz  infeksiyalar  ko’pincha 
yaqqolmas yoki surunkali shaklda kechadi. Infeksiyalarning o’tkir shakllari asosan 
oraliq xo’jayin hisoblangan hayvonlar organizmida namoyon bo’ladi. 
Epidemiologik  nuqtai-nazardan  zoonozlarda  inson  uchun  kasallik  manbai 
hisoblanadigan  hayvonlarni  uch  guruhga  bo’lish  maqsadga  muvo-fiqdir  (14-
jadval). 
14-jadval 
Hayvonlardan yuqadigan epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan 
yuqumli kasalliklar guruhi 
 
Qo’zg’atuvchilar manbai 
Kasalliklar 
Uy hayvonlari va parrandalar 
 
Qora   oqsoq,   manqa,   oqsim,   hayvon 
sili, Ku-isitma, ornitoz 
Sinantrop kemiruvchilar 
Toun, leptospiroz, o’lat 
Yirtqich hayvonlar 
Virusli ensefalitlar, kana rikketsiozlari 
o’lat, quturish 
Tuproq 
Psevdotuberkulyoz, melioidoz, 
legionellez, klostridiozlar 
 
 
1.  Uy  hayvonlari,  2.  sinantrop  kemiruvchilar,  3.  yovvoyi  hayvonlar. 
Zooantroponozlarda  kasallikning  asosiy  manbai  odatda  bir  guruhga  mansub 
bo’lgan  hayvonlar  hisoblanadi.  Qo’shimcha  manba  bo’lib,  (mazkur  infeksiyada) 
qayd  qilingan  boshqa  guruh  hayvonlar  vakillari  xizmat  qilishi  mumkin.  Asosiy 
infeksiya manbai vazifasini yovvoyi hayvonlar bajargan hollarda sodir bo’ladigan 
zooantroponoz  infeksiyalar  tabiiy-o’choqli  infeksiyalar  deb  ataladi.  Uy  yoki 
sinantrop hayvonlar (kemiruvchilar) asosiy manba hisoblangan kasallik o’choqlari 
antropurgik o’choqlar deb yuritiladi. 
Tabiiy va antropurgik o’choqlar o’rtasida keskin chegara bo’lmaydi. Masalan, 
yovvoyi  hayvonlar  o’rtasida  salmonellyozlar  tarqalganda  salmonellyozlarning 
antropurgik  o’choqlari  vujudga  keladi.  Zoonozlarning  qo’zg’atuvchilari  ko’p 
hollarda  hayvonlar  qonida  bo’ladi.  Qo’zg’atuvchilar  hayvonlar  ichagida,  terisida 
joylashganligi yoki urg’ochi hayvonlar homilaoldi suyuqligi va suti orqali ajralishi 
kuzatiladi.  Qo’zg’atuvchilarning  hayvonlar  nafas  a’zolarida  joylashishi  katta 
epidemiologik ahamiyatga ega emas. 
Ayrim  zoonozlar  qo’zg’atuvchilari  homila  hujayralari  (kanalar,  qushlar)da 
bo’lishi katta ahamiyatga egadir. Bu xususiyat epizootik jarayonning rivojlanishini 
va hayvonlarning odamlarga yuqumliligini ta’minlaydi. 
Hayvonlarning  kasallik  manbai  sifatida  yuqumlilik  muddatlari  har  bir 


 
60 
infeksiyaning  patogenetik  xususiyatlariga  bog’liq.  Ayrim  kasalliklarda  infeksiya 
manbai hisoblangan hayvon organizmidan qo’zg’atuvchilarning ajralishi qo’zilash 
davrida avjga chiqadi. 
Qishda  uxlovchi  hayvonlarda  infeksiyaning  xuruji  qo’zg’atuvchining  qonda 
tarqalishiga  bog’liq  holda  bedor  paytiga  to’g’ri  keladi.  Hayvonlarda  kechadigan 
ba’zi infeksiyalarning surunkali ko’rinishda bo’lganligi tufayli ularning yuqumlilik 
davrining uzoq davom etishiga sabab bo’ladi. 
Qo’zg’atuvchilarning  yuqish  mexanizmi  mazkur  ko’zg’atuvchilarning 
biologik  tur  sifatida  saqlanishini  ta’minlovchi  omil  bo’lib,  u  tarixiy-taraqqiyot 
davomida shakllangan bo’ladi hamda epizootik jarayon paytidagina uning turlarini 
aniqlash mumkin. 
Ba’zi  zoonozlarning  qo’zg’atuvchilari  asosiy  xo’jayin  qonida  joylashganligi 
tufayli  bu  kasalliklarga  asosan  transmissiv  yo’l  bilan  tarqalishi  xosdir.  Aksariyat 
hollarda tabiiy sharoitda transmissiv tarqalish yagona yo’l bo’lib qolishi mumkin 
(obligat-transmissiv  tarqalish  mexanizmi).  Insonga  ham  mazkur  qo’zgatuvchilar 
transmissiv yo’l bilan yuqadi. 
Ayrim  zoonoz  infeksiyalarning  qo’zg’atuvchilarini  transmissiv  va 
notransmissiv  tarqalish  yo’llari  tabiatda  mavjuddir  (fakultativ-transmissiv  yo’l). 
Odamlarga bu qo’zg’atuvchilar notransmissiv yo’l orqali yuqadi. 
Zoonoz 
infeksiyalarda 
qo’zg’atuvchilarning 
organizmda 
joylanishi 
xususiyatlariga ko’ra ularda notransmissiv yuqishini ikki xil yuqish deb hisoblash 
mumkin. U najas-og’iz hamda muloqot mexanizmlarida namoyon bo’ladi. Aerozol 
yo’l bilan yuqish hayvonlar o’rtasida katta ahamiyat kasb etmaydi. Odamlarga bu 
hollarda  qo’zg’atuvchilarning  epidemiologiyaga  ma’lum  bo’lgan  barcha  mavjud 
yo’llar hatto aerozol yo’l (ornitoz) orqali yuqishi mumkin. 
Infeksiyaga  moyillik  -  ma’lum  turlarga  xos  bo’lgan  xususiyat  bo’lib 
qo’zg’atuvchi va xo’jayin orasidagi o’zaro munosabatlarining evolyutsiyasi tufayli 
yuzaga  kelgan  hodisadir.  Moyillik  darajasi  nospetsifik  (chidamlilik)  va  spetsifik 
(immunitet) kabi himoya omillari bilan o’lchanadigan hodisa bo’lib, organizmning 
o’ziga  xos  ta’sirchanligi  bilan  qo’zg’atuvchining  miqdori  va  virulentlik 
xususiyatiga bog’liqdir. Ushbu omillar ta’siri tufayli infeksion jarayonning u yoki 
bu kechishi shakli namoyon bo’ladi. 
E.  N.  Pavlovskiy  ta’limoti  bo’yicha  tabiiy  o’choq  -  bu  shunday  hududki, 
aynan  shu  erda  donordan  retsipientga  qo’zg’atuvchi  yuqadi.  Populyatsiya  nuqtai-
nazaridan  tahlil  qilinganda  tabiiy  o’choq  bu  tashqi  muhitning  o’ziga  xos 
sharoitlari,  kasallik  qo’zg’atuvchisini  tarqatuvchi  hashoratlar  tufayli  mavjudligi 
saqlanayotgan qo’zg’atuvchining populyatsiyasidir. 
Parazitar  tizim  mavjud  bo’lishi  uchun  mazkur  hudud  zarur  bo’lgan  atrof-
muhit rolini o’ynaydi. Epizootik o’choqni (tabiiy o’choq) bo’lishini tashqi va ichki 
omillar ta’minlaydi (15-jadval). 
 
 
 
 


 
61 
15-jadval  

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin