O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Axborot uchun ma’lumot 
 
Iksod  kanalarining  biologiyasi  va  ekologiyasi.  Taygada,  o’rmonlarda  va 
o’rmon-dasht  hududlarda  keng  tarqalgan.  Kananing  har  bir  turi  ma’lum 
landshaftga va faqat tuproqqa (nam, osoyishta joyga) tuxum qo’yadi. Metamorfoz 
tuxum,  qurtcha  (lichinka),  nimfa,  imago  tartibida  o’tib,  kananing  rivojlanishi  1 
yildan 5 yilgacha davom etishi mumkin. 
Oziqlanish  tarziga  ko’ra  kanalar  bir,  ikki  va  uch  xo’jayinli  bo’ladilar. 
Birinchilari  barcha  rivojlanish  bosqichlarini  bitta,  ikkinchilarida  lichinka  va 
nimfasi bitta, imago bo’lsa boshqa, uchinchilari har bir bosqichi har xil xo’jayinda 
oziqlanadilar. 
Lichinka  va  nimfa  kemiruvchilar  va  qushlarga,  imago  yirik  hayvonlar  va 
odamga  yopishib  oladilar.  Iksod  kanalari  bahor  va  yoz  oylarida  o’ta  faoldirlar. 
Sezdirmasdan 5-7 ba’zida 12 kunga yopishib oladilar hamda Shu davr ichida ancha 
hajmga  kattalashadilar.  Yopishib  olgan  kanalardan  birinchi  soatlarda  xoli  qilinsa 
odamga  kasallik  yuqish  ehtimoli  keskin  kamayadi.  Iksod  kanalari  2  yilgacha 
ochlikka chidaydilar. 
Epidemiologik ahamiyati. Iksod kanalari eng ko’p epidemiologik ahamiyatga 
egadirlar.  Ular:  a)  virusli  kasalliklar  (bahorgi-yozgi  kana  ensefaliti,  Omsk  va 
Janubiy  gemorragik  isitmalari),  b)  rikketsiozlar  (Ku-isitmasi  va  boshqa),  v) 
bakterial  infeksiyalar  (tulyaremiya)ni  tarqatishlari  mumkin.  Encefalit,  Marsel 


 
69 
isitmasi,  toshmali  tifning  qo’zg’atuvchilari  kana  organizmida  umr  bo’yicha 
saqlanib naslga berilishi ham mumkin. 
Gemorragik  isitmalarni  bemordan  sog’lom  odamga  berilishi  O’zbekistonda 
muhim  epidemiologik  ahamiyatga  molikdir.  Odamlardan  yuqtirilgan  infeksiya 
odatda juda og’ir kechib aksariyat hollarda o’lim bilan tugashi kuzatiladi. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin