101
MAVZUNING MAZMUNI
Peshob hosil qilish va ajratish organlariga 2 buyrak, 2 siydik nayi, qovuq va
siydik chiqarish kanali kiradi. Buyrak qonni filtrlaydi va uni shlaklardan tozalaydi.
Buyrakning asosiy vazifasi siydik hosil qilishdir.
Bir kecha kunduzda odam
tomonidan ajratiladigan siydikning umumiy miqdori o’rtacha 1,5 l tashkil etadi.
Siydik miqdori atrof muhitning temperaturasiga, icxilgan suv miqdoriga bog’liq
bo’ladi.
Buyrak kasalliklari ichki organlarning eng og’ir kasalliklari qatoriga kiradi
va ko’pincha og’ir asoratlarga olib keladi.Shuning
uchun tibbiyot hamshirasi
kasalliklarning asosiy belgilarini ularning asoratlarini bilishi kerak va
shifokorgacha bo’lgan yordamni ko’rsata olishi kerak.Buyrak kasalliklarinig asosiy
simptomlari shish paydo bo’lishi,
arterial bosimning oshishi, siydik rangini
o’zgarishi,peshob ajratayotgan paytda og’riq
va achishish xisini bilishi, bel
sohasidagi og’riqlar hisoblanadi.O’z vaqtida va zarur yordam ko’rsatish
hamshiraning mana shu kasalliklarni klinik belgilarini to’liq o’rganib olganligiga
bog’liq. Buyrak va siydik chiqaruv yo’llari kasalliklarining
asosiy belgilari
quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: